O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Kartoshka bargining buralishi virusi (KLV)



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/25
tarix09.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#127914
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Kartoshka bargining buralishi virusi (KLV) [R/1:2/28:S/S:S/Ap] birinchi 
marta 1967 yilda D. Peters shaftoli shirasi gemolimfasida aniqlagan, 1968 yilda esa 


1 0
M. Koxime Physalis floridana o‗simligidan toza holda ajratib olishga muvaffaq 
bo‗ldi. Virus o‗simlikda barg rangining ochlashishi va dag‗allashishi, hamda barg 
plastinkasining yuqoriga qayiqsimon buralishi kabi kasallik alomatlarini keltirib 
chiqaradi [12,17]. 
 
Bu virus lyuteoviruslar oilasiga mansub bo‗lib, virioni sharsimon shaklda, 
o‗lchami 23-25 nm ni tashkil etadi . Virusning m.m. 28,3
×
10

D, virionning 28% ni 
RNK, 72% ni oqsil tashkil etadi. RNK ning m.m. 2,0
×
10

D, oqsilining m.m. 
26,3
×
10
3
D [24], sedimentatsiyakoeffitsenti 127 S, E
260 
0,1%, 
1sm≈5 ekanligi 
keltirilgan. Virusning HTFY darajasi 80°S ni tashkil etadi, virus 42-43°C da 1-5 
kun, 20°C da esa bir oydan ortiq saqlanadi [24,9]. 
KLB mexanik usulda yuqmaydi, ammo payvandlash orqali juda oson yuqadi 
[19]. Tabiiy sharoitda esa bir qator o‗simlik bitlari, ya‘ni Myzus persicae Sulz., 
Myzus ascaloniumMyzus circum flexus Buckt., Myzus ornofusMyzus convolvuli 
Kalt., Macrosiphum solanifolii Ashm. kabi turlari yordamida tarqaladi. Ularning 
ichida virusning eng yaxshi tashuvchisi Myzus persicae Sulz. ekanligi bir qator 
mualliflar tomonidan isbotlangan [13]. 
Virus Datura stramonium L. o‗simligida 20-30 kun o‗tgandan so‗ng barg 
tomirlari orasida xloritik dog‗larni Phisalis angulata L. o‗simligida ham xuddi 
shuncha muddatda o‗simlik o‗sishining sekinlashishi, barg buralishi va atrofida 
qizg‗ish dog‗larni [19], Ph. floridana Rubd. o‗simligida esa 8-15 kundan so‗ng 
o‗simlik o‗sishining sekinlashishi, bargning sarg‗ayishi va xloroz kabi kasallik 
alomatlarini keltirib chiqaradi [17]. Bu virus tabiiy sharoitda Solanaceae oilasi 
vakillaridan 
pomidor 
(Lycopersicon 
esculentum), 
bangidevona 
(Datura 
stramonium), tik o‗suvchi bangidevona (D. tatula), ituzum (Solanium dulcamara), 
bolg‗or qalampiri (Capsicum annium), baqlajon (S. melongena), Physalis 
floridana, Ph. angulata kabi o‗simliklarni kasallantiradi [8,17]. Kartoshka 
hosildorligini 38-74%, kasallik kuchli tarqalgan hollarda esa 80% gacha 
pasaytiradi [17]. 


1 1

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin