O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/25
tarix09.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#127914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Kartoshkaning 
S-virusi 
(KSV) 
[R/*:*/6:E/E:S/Ap] 
kartoshka 
etishtiriladigan barcha mamlakatlarda tarqalgan bo‗lib, ilk bor virusni
Gollandiyada 1948-yili KAVga antizardob tayyorlash vaqtida Van Slogteren 
tomonidan aniqlangan [13,17]. Keyinchalik virusni shu mamlakatda Mare de 
Braun Ouboter (1951) va A. Rozendal hamda D. Brustomlar (1954) toza holda 
ajratib olgan va golland olimi Slogteren (Slogteren) nomiga S harfi bilan 
belgilangan [2,3]. Virus ko‗pgina kartoshka navlarida kuchsiz kasallik alomatlarini 
namoyon qiladi, ayrim hollarda bargning rangsizlanishi va mozaika, kuchsiz 
burishish, bargning kichrayishi kabi alomatlarini namoyon qiladi. Ko‗pgina 
hollarda boshqa viruslar bilan aralashib kelib kasallikni kuchaytiradi va 
kartoshkachilikka katta zarar keltiradi [17]. 
KSV ni fizik-kimyoviy xususiyatlarini barchasi kriptogrammasida 
keltirilgan, chunki bu virus boshqa kartoshka viruslarigan qaraganda kamroq
ayniqsa RNK sining xususiyatlari kam o`rganilgan. Uni sistematik o`rniga 
keladigan bo`lsak, KSV karlaviruslar oilasiga mansub bo‗lib [20], ipsimon 
ko‗rinishda, o‗lchami 650×12 nm ni [22], virionning 6% ni RNK, 94% ni esa oqsil 
tashkil etadi. HTFY darajasi 50-60°C, OSD 10
-3 
, xona haroratida o‗simlikdan 
ajratilagan shirada 2-6 kungacha saqlanadi [55]. 
Bu virus kartoshka tuganagida saqlanadi [4]. Tabiiy sharoitda o‗simlik 
a‘zolarining bir-biriga tegishi va ishqalanishi hamda bir qator o‗simlik shiralari 
yordamida tarqaladi[13]. Mexanik usulda yuqtirilganda Chenopodium album,
Nicotiana debney kabi o‗simliklarda 20 kundan so‗ng barg yuzasida sariq 
dog‗larni, Caymopsis tetrogonoloba da 5-6 kunda, Solanum demissum va 
Gomphrena globosa o‗simligida esa sariq nuqtali mozaika kabi kasalliklarni 
keltirib chiqaradi [17].
Bu virus kartoshkadan tashqari bir qator o‗simliklarni, jumladan: qora 
kurmak (Echinochloa crus-gallii), yalpiz (Mentha austriaca), shovul (Rumex 
acetosa), qoqio‗t (Taraxacum officinalis), o‗rtacha zubturum (Plantago media), 
g‗ozpanja (Polygonum nodosum) kabi o‗simliklarni kasallantiradi [13] va ularni 
ko`plari mazkur virus uchun rezervatorlik vazifasini bajarishi mumkin.


9
Adabiyotlarda bu virus hosildorlikni 10-20% pasaytirishi haqida ma‘lumotlar 
keltirilgan [17,23]. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin