O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/25
tarix09.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#127914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
BMI ning maqsadi: Kartoshka X-virusini aniqlash, ajratish va aralash 
infeksiyadan biologik usulda tozalash asosiy maqsad qilib belgilandi. Ushbu 
maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: 
BMI ning vazifalari: 
1. Kartoshka X-virusini ajratish va aralash infeksiyadan biologik tozalash 
usullarini ishlab chiqish. 
2.Kartoshka X-virusining qulay to‘plovchi xo‘jayin o‘simligini aniqlash. 
3. Kartoshka X-virusining ba‘zi fizik xususiyatlarini aniqlash. 
Bitiruv malakaviy ishi kirish, adabiyotlar sharhi (1-bob), tadqiqot 
materiallari va uslublari (2-bob), tadqiqot natijalari va ularning tahlili (3-bob) kabi 
bob va uning tarkibiga kiruvchi bir qator bo‘limlar, xulosalar va 28 nomdagi 
foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tashkil topgan. Mazkur bitiruv malakaviy 
ishining hajmi 48 sahifadan iborat bo‘lib, 4 ta jadval, 9 ta rasm va 28 ta 
adabiyotlardan foydalanilgan.


5
I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI 
1.1. Kartoshka o„simligi viruslari va virusli kasalliklari
Butun dunyoda kartoshka o‗simligini 20 dan ortiq viruslar kasallantirishi 
aniqlangan bo‗lib, ularning nomlanishi turli lotin harflari bilan belgilangan: X, S, 
M (K), A, Y, F (G), L va boshqalar [17]. Bu viruslarning har biri yoki bir nechtasi 
birgalikda kartoshka o‗simligini kasallantirib, unda turli xarakterli kasallik 
alomatlarining kelib chiqishiga sabab bo‗ladi. Ularga xol-xol (krapchatost) 
mozaika (X va S- viruslari), chiziqli (poloschataya) mozaika (Y-virusi), mozaikali 
burishish (morщinistaya) (Y, X va A-viruslari), bargning jingalaklanishi 
(kurchavost) (A-virusi), mozaikali buralish (mozaichnoe zakruchivanie) (M-
virusi), bargning buralishi (skruchivanie) (L-virusi), aukuba-mozaika (F (G)-virusi) 
kabilar kiradi. Ayrim hollarda o‗simlikda kasallik alomatlari namoyon bo‗lmasdan 
yashirin holatda ham o‗tishi mumkin [6].
O‗zbekistonda kartoshka viruslari bir qator mualliflar [12] tomonidan 
o‗rganilgan bo‗lib, o‗simlikda kartoshkaning A,S,M,L,X kabi viruslari keng 
tarqalganligi aniqlangan [13] Quyida kartoshka hosildorligiga katta zarar 
keltiradigan bir qator viruslar haqida to‗xtalib o‗tamiz. 
O‗simlik viruslarini nuklein kislotalari, ularning tiplari, virion tuzilishi va 
uning murakkabligi, virus yuqtiradigan xo‗jayinlari, tarqatuvchi hasharotlari va 
boshqa xususiyatlari kriptogramma ko‗rinishida beriladi. Kriptogrammada
4 juftli va 8 ta simvollar mavjud bo‗lib ular virusga aloqador ko‗pgina 
xususiyatlarni aks etdiradi. Hali aniqlanmagan viruslarning xususiyatlari
yulduzcha (*) ko‗rinishdagi belgi bilan nishonlangan. 
Kriptogrammada quyidagi elementlar bo‗lib, virus xususiyatlari harflar - 
simvollar orqali belgilanadi. Har bir kriptogramma 4 juft simvollardan iborat: 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin