O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/25
tarix09.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#127914
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Kartoshkaning Y-virusi (KYV) [R/1:3,1/6:E/E:S/Ap] kartoshka etishtiriladigan 
ko‗pgina mintaqalarda keng tarqalgan bo‗lib [9], o‗simlikda chiziqli 
(poloschataya) mozaika va mozaikali burishish (morщinistaya) kabi kasallik 
alomatlarini keltirib chiqaradi (1-rasm) [13]. 
Bu virus potiviruslar oilasiga mansub bo‗lib, ipsimon ko‗rinishga ega, 
o‗lchami 760×13 nm ni tashkil etadi [10]. Virionning 6% ni RNK, 94% ni esa oqsil 
tashkil etadi. RNKning m.m. 3,1×10
6
D, oqsilining m.m.
esa 34×10
3
D. 
Sedimentatsiya koeffitsenti 0,1 M li tris-HCl (pH 9,0) da 145 S, CsCl da
Y
o
shtamminiki 1,323 g/sm
3
, Y
N
shtamminiki esa 1,326 g/sm
3
ni tashkil etadi. 
E
260
0,1%,
1sm≈2,3 da 2,9 ni namoyon qiladi [9].
1-rasm. A-sog`lom kartoshka o`simligi; B- KYV bilan kasallangan o`simlik 
Virusning OSD 10
-2
- 10
-3 
ni, HTFY darajasi esa 50-70°C ni tashkil etadi. 
Virus xona haroratida o‗simlikdan ajratilgan shirada 1-2 kun [13], ayrim hollarda 
20 kungacha, yashil bargda esa (eksikatorda, seziy xlorda, 4°C) virus 6 oy, 
muzlatilgan holatda 1 yilgacha, quritilgan holatda 11 oygacha saqlanishi mumkin 
[17]. 


1 2
Bu virusning bir qator shtammlarining oqsil qobig‗i va genomining 
nukleotidlar ketma-ketligi o‗rganilgan [9,10]. Y
N
shtammining oqsil qobig‗i 
polipeptid zanjirining aminokislota tarkibi o‗rganilgan bo‗lib, uning 198-208 
qismi: Tir-Ala-Fen-Asp-Fen-Tir-Glu-Val-Tre-Ser-Arg kabi aminokislotalardan 
iborat ekanligi aniqlangan.
Umumiy xususiyatlari aniqlangan bu viruslarning barchasi potiviruslar 
oilasiga mansub bo‗lib, kartoshka Y-virusi KYV

va 
KYV
o
shtammlari oqsil 
qobig‗i solishtirilgan qismining dastlabki ikkita, G, S va V, G shaklida kelgan 
aminokislotalardan tashqari qolgan aminokislotalar bir xilligi aniqlangan. Qolgan 
ikkala QXXV va SHMV larda esa faqatgina birinchi aminokislota farqlangan, 
qolgan aminokislotalar esa bir xil ketma-ketlikda joylashgan [17,24]. 
KYB mexanik usulda yuqib kartoshka tuganagida saqlanadi [9,17], tabiiy 
sharoitda esa o‗simlik organlarining bir-biriga tegishi natijasida va bir qator 
o‗simlik bitlari, jumladan: Aujacortume ciroumflexum Buckt.,Masrosiphum 
cuphorbiae Thomas., Myzus persicae Sulz., Myzus ornafus Laing., Aulacorthum 
pseudosolani Theob., Masrosiphum solanifolii Ashm., Aphis nastirtii yordamida 
tarqaladi [10]. Ularning ichida KYBni aktiv tashuvchisi Myzus persicae Sulz. 
ekanligi bir qator mualliflar [13] tomonidan ta‘kidlab o‗tilgan. 
Virus Nicotiana tabacum L. o‗simligi bargida sistemali mozaika, Nicotiana 
glutinosa L. o‗simligida esa barg eti mozaikasi va plastinka chetlarining buralishi 
[17], Chenopodium amaranticolor o‗simligi bargida och-yashil dog‗larni,
Nicandra physaloides Caerthn bargida esa 7 kundan so‗ng kichkina doirasimon 
nekrozlarni keltirib chiqaradi [9,24]. Virusning Y
1
, Y
2
, Y
3
, Y
4
, Y
5
, Y
7
kabi 
shtammlari ajratilgan bo‗lib, ular har xil virulentlikga ega. Ularning ichida
Y
7
shtammi kuchsiz, Y
3
va Y
5
-shtammlari esa juda kuchli yuqumlilik xususiyatiga 
ega. Keyingi paytlarda ko‗pgina mualliflar ishlarida virusning juda kuchli 
yuqumlilikka ega bo‗lgan, kartoshkada nekrotik dog‗larni keltirib chiqaradigan 
Y
N
-shtammi ajratib olinganligi haqida ma‘lumotlar mavjud [17]. 
Bu virus kartoshkadan tashqari tamaki va pomidor, Nicotiana fragrans 
Bernh., N. glutinosaSolanum vilosumS. nodiflorum Jack., Hyossyamus niger L.


1 3
Dahlia sp., Petunia sp., Nicandra physaloides Caerthn., Physalis floridana Rubd. 
kabi o‗simliklar tanasidan aniqlangan, bu o‗simliklar mazkur virusning 
rezervatorlari hisoblanadi . 
KYB kartoshka hosildorligini 3,8-80% gacha pasaytiradi, A.L. Ambrosov 
esa o‗z tajribalarida bu virus hosildorlikni 60,4%, kartoshka tuganagi tarkibidagi 
kraxmalni 1,8% pasaytirishini isbotlab berdi [13]. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin