1 2
Bu virusning bir qator shtammlarining oqsil qobig‗i va genomining
nukleotidlar ketma-ketligi o‗rganilgan [9,10]. Y
N
shtammining oqsil qobig‗i
polipeptid zanjirining aminokislota tarkibi o‗rganilgan bo‗lib, uning 198-208
qismi: Tir-Ala-Fen-Asp-Fen-Tir-Glu-Val-Tre-Ser-Arg
kabi aminokislotalardan
iborat ekanligi aniqlangan.
Umumiy xususiyatlari aniqlangan bu viruslarning barchasi potiviruslar
oilasiga mansub bo‗lib, kartoshka Y-virusi KYV
N
va
KYV
o
shtammlari oqsil
qobig‗i solishtirilgan qismining dastlabki ikkita, G, S va V,
G shaklida kelgan
aminokislotalardan tashqari qolgan aminokislotalar bir xilligi aniqlangan. Qolgan
ikkala QXXV va SHMV larda esa faqatgina birinchi aminokislota farqlangan,
qolgan aminokislotalar esa bir xil ketma-ketlikda joylashgan [17,24].
KYB mexanik usulda yuqib kartoshka tuganagida saqlanadi [9,17], tabiiy
sharoitda esa o‗simlik organlarining bir-biriga tegishi natijasida va bir qator
o‗simlik bitlari, jumladan:
Aujacortume ciroumflexum Buckt.,
Masrosiphum
cuphorbiae Thomas.,
Myzus persicae Sulz.,
Myzus ornafus Laing.,
Aulacorthum
pseudosolani Theob.,
Masrosiphum solanifolii Ashm.,
Aphis nastirtii yordamida
tarqaladi [10]. Ularning ichida KYBni aktiv tashuvchisi
Myzus persicae Sulz.
ekanligi bir qator mualliflar [13]
tomonidan ta‘kidlab o‗tilgan.
Virus
Nicotiana tabacum L
. o‗simligi bargida sistemali mozaika,
Nicotiana
glutinosa L. o‗simligida esa barg eti mozaikasi va plastinka chetlarining buralishi
[17],
Chenopodium amaranticolor o‗simligi bargida och-yashil dog‗larni,
Nicandra physaloides Caerthn bargida esa 7 kundan so‗ng
kichkina doirasimon
nekrozlarni keltirib chiqaradi [9,24]. Virusning Y
1
, Y
2
, Y
3
, Y
4
, Y
5
, Y
7
kabi
shtammlari ajratilgan bo‗lib, ular har xil virulentlikga ega. Ularning ichida
Y
7
shtammi kuchsiz, Y
3
va Y
5
-shtammlari esa juda kuchli yuqumlilik xususiyatiga
ega. Keyingi paytlarda ko‗pgina mualliflar ishlarida virusning juda kuchli
yuqumlilikka ega bo‗lgan, kartoshkada nekrotik dog‗larni keltirib chiqaradigan
Y
N
-shtammi ajratib olinganligi haqida ma‘lumotlar mavjud [17].
Bu virus kartoshkadan
tashqari tamaki va pomidor,
Nicotiana fragrans
Bernh.,
N. glutinosa,
Solanum vilosum,
S. nodiflorum Jack.,
Hyossyamus niger L
.,
1 3
Dahlia sp.,
Petunia sp.,
Nicandra physaloides Caerthn.,
Physalis floridana Rubd.
kabi o‗simliklar tanasidan aniqlangan, bu o‗simliklar mazkur virusning
rezervatorlari hisoblanadi .
KYB kartoshka hosildorligini 3,8-80%
gacha pasaytiradi, A.L. Ambrosov
esa o‗z tajribalarida bu virus hosildorlikni 60,4%, kartoshka tuganagi tarkibidagi
kraxmalni 1,8% pasaytirishini isbotlab berdi [13].
Dostları ilə paylaş: