O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/25
tarix09.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#127914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Kartoshkaning A-virusi (KAV) [R/1:3,5/6:E/E:S/O] barcha kartoshka 
yetishtiriladigan mintaqalarda tarqalgan bo‗lib, birinchi marta Myorfi va Mak-Key 
tomonidan simtomsiz «Ayrish Chifteyn» navidan ajratib olingan [28]. Virus 
kartoshka o‗simligida mozaika hamda barg plastinkasining to‗lqinsimon 
jingalaklanishi va kichrayishi kabi kasallik alomatlarini keltirib chiqaradi [9]. 
KAV potiviruslar oilasiga mansub bo‗lib, virioni ipsimon ko‗rinishda, 
o‗lchami 730
×
15nm [4], virionning 6% ni RNK, 94% ni esa oqsil tashkil etadi. 
Virusning sedimentatsiya koeffitsenti 114S ni, HTFY kuchli shtammlarida 52°C, 
kuchsiz shtammlarida 40°C, OSD esa 10
-1 
- 10
-2
ni tashkil etadi, virus xona 
haroratida 18-24 soatgacha saqlanadi[11]. 
KAV tabiiy holda bir qator o‗simlik bitlari, jumladan Aphis rhamni Fonse., 
Aulacorthum circumfletus Buckt., Masrosiphum cuphorbiae Thomas., Myzus 
persicae Sulz kabi turlari yordamida tarqaladi , ammo mexanik usulda yuqmaydi 
[12]. 
 
Virus Solanum demissum Lindl., Solanum demissum A-6, Lycopersicum 
pempinellifolium Mill.o‗simliklari bargida 6-8 kunda , Petunia hybrida o‗simligida 
esa 20-23 kunda o‗simlikning barcha qismida qoramtir dog‗larni keltirib chiqaradi 
[10]. Bu virusning «kuchsiz», «o‗rtacha kuchli» va «o‗ta kuchli» kabi bir qator 
shtammlari ajratilgan [4]. 
A.V. Krilov ma‘lumotiga qaraganda KAV ituzumdoshlar oilasi vakillaridan 
kartoshka, tamaki, do‗rmon, fizalis kabi o‗simliklarni, dukkakdoshlar oilasi 
vakillaridan ayrimlarini, jumladan, Cassiatora L., Melilotus italicus Lam. kabi 
o‗simliklarni kasallantiradi va ularda tanasida saqlanadi [9]. 
Virusning alohida o‗zi hosildorlikni qancha pasaytirishi haqida aniq 
ma‘lumotlar uchramaydi, ammo KXV bilan birgalikda kelganda hosildorlikni
60-80% gacha pasaytirishi keltirilgan [21]. 


8

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin