O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/25
tarix09.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#127914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Kartoshkaning M-virusi (KMV) [R/1:*/6:E/E:S/Ap] ham karloviruslar 
oilasiga mansub bo‗lib,butun dunyoda tarqalgan. Virusni birinchi marta B.X. 
Nurmiste (1956) aniqlangan [11].Buvirus o‗simlikda bargning mozaikali buralishi 
kabi kasallik belgilarini keltirib chiqaradi va uchki yosh barglarda vegetatsiyaning 
birinchi yarmida yaxshi namoyon bo‗ladi [9,17]. KMV kartoshkaning L-virusidan 
farqi, o‗simlikda umumiy xloroz alomatlarini keltirib chiqarmaydi hamda barg 
elastikligi yo‗qolmaydi [17]. 
Virus ipsimon ko‗rinishda bo‗lib, o‗lchami 660
×
13 nm ni tashkil etadi. 
Virionini 6% RNK, qolgan 94% ni esa oqsil tashkil etadi. Uning HTFY darajasi 
«paraktinkl» shtammida 60°C, tomirlar orasi mozaikasi 65-70°C va mozaikali 
buralish shtammi esa 70-75°C da o‗z aktivligini yo‗qotadi. Virusning OSD 10
-4 
bo‗lib, xona haroratida 2-4 kungacha saqlanadi [9,10]. 
KMV mexanik usulda oson yuqadi, tabiiy sharoitda esa o‗simlik 
shiralarining Myzus persicae Sulz. va Myzus pelargonii (38%), Masrosiphum 
solanifolii Ashm. kabi turlari yordamida tarqaladi, ammo o‗simlikning bir-biriga 
tegishi orqali yuqmasligi aniqlangan [9]. 
Virus D. metel o‗simligida 8-14 kunda, D. tatula o‗simligida esa3 kundan 
so‗ng bargda xloritik dog‗larni [12,17], Vigna siensis va Nicotiana debneyi 
Domin.kabi o‗simliklarda10-14 kunda qoramtir doirasimon dog‗larni, Gomphrena 
globosa o‗simligida esa qizil halqali nekrozlarni keltirib chiqaradi [13]. 
 
Gollandiyada virusning uchta shtammi [22] aniqlagan bo‗lib, ular bir-biridan 
yuqumliligi bilan farqlanadi. Tabiiy sharoitda KMV botqoq quddusi (Stachus 
palustris L.), gultojixo‗roz (Amaranthus sp.), pechak (Convolvulus arvensis), 
bo‗ztikan (Sonchus sp.) kabi o‗simliklarni kasallantiradi va ular tanasida saqlanadi. 
Virus hosildorlikni 19,5%, tuganak tarkibidagi kraxmalni esa 0,9% gacha 
pasaytiradi [9,13,17]. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin