2 9
O`zbekistonda tarqalgan virus kasalliklari, ularning simtomplari va ba`zi
xususiyatlarinni o`simliklar misolida ko`rib chiqamiz [1].
1.G‘o‘za virus kasalliklari g‘o‘zaning ingichka va o‘rta
tolali navlarida
tarqalgandir. Ular dunyo bo‘yicha 18 dan ortiq b‘lib, ulardan eng asosiylari:
,,g‘o‘zaning jingalak barglilik‖ (курчавоть листьев) kasalligida g‘o‘za bargaining
asosiy tomirining rivojlanmay qolishi sababli barglar jingalaklashadi va ba`zan
mozaika alomatlari (chiporlanish) kuzatiladi. Barglar soni ham kasal o‘simliklarda
kamroq, barglarda hol-hol dog‘lar paydo bo‘ladi, barg qavariq shaklga
kiradi.Ba`zan bargda oqish, to‘q-yashil mozaika kuzatiladi, barg plastinkasi
dag‘allashadi, bo‘g‘inlar orasi qisqaradi, barg yuqoriga qarab buraladi.
―O‘simlik o‘sish nuqtalarini dastalashishi‖ (пучковидная верхушка) virus
kaslligida o‘simlikning o‘sish nuqtasidagi barglar, gullar orasi qisqaradi, tomirlari
yo‘g‘onlashadi, o‘simlikning uchida shohlar dastalashadi.
G‘o‘zada yana , ―tomirlararo sariq mozaika‖, ―xol-xol (chipor) barglilik‖
(крапчатость), ―psilloz‖ (barg va poyaning jigarrang tusga kirishi), ―barglarning
maydalashishi‖ (измелченностьлистьев), ―antosiannoz‖, ―tomirlararo mozaika‖,
―bo‘g‘inlar orasining qisqarishi‖ (укорочение междоузлий) kabi kasalliklar
mavjud [7].
2. Kartoshkaning virus kasalliklari ham juda keng tarqalgan bo‘lib, dunyo
bo‘yicha 20 dan ortiq virus kasalliklari topilgan. Ularning 10
tasi MDH
davlatlarida va 4 tasi (X, Y, A, K) O‘zbekistonda uchraydi. Virus bilan kasallangan
o‘simlik bargining tomirlari och tusga kiradi, bargida ,,xol-xollik‖ yoki ajinlar
paydo bo‘ladi. ,,A‖ virus bilan kasallangan kartoshka bargida katta-katta dog‘li
mozaika hosil bo‘ladi, keyinchalik barg to‘lqinsimon egilib jingalak bo‘ladi.
Virusning virulent shtammlari keskin mozaika hosil qiladi. Agarda kartoshkaning
―A‖ virusi ―X‖ virusi bilan birga uchrasa kartoshka bargida burmalar, g‘ijimlar
paydo bo‘lib, barg buraladi, tomirlararo shishlar paydo bo‘ladi,barglar mo‘rtlashib,
oson sinadi. Kartoshka ―K‖ virusi bilan kasallangan bo‘lsa o‘simlikning yuqori
yarusidagi yosh barglarda kuchsiz dog‘lar paydo bo‘ladi. Kartoshka ―Y‘‘
virusi
bilan kasallansa yaqqol ko‘zga tashlanadigan aniq simtomlar ko‘zga tashlanmasligi
3 0
mumkin. Agarda ―Y‖ virusi boshqa viruslar bilan birgalikda uchrasa mozaika,
yo‘l-yo‘l shtrixlardan iborat (―strik‘‘) mozaika hosil bo‘ladi.Ba`zan boshqa
kartoshka viruslari bilan birgalikda uchraganda o‘simlikda pakanalik
(карликовость) alomatlari kuzatiladi (Эргашев И.Т., 2005).
3.Butgulli o‘simliklarda (sholg‘om, rediska, turp, karam, raps) ,,sholg‘om
mozaikasi virusi‘‘, redis mozaikasi virusi‘‘, ,,gulkaram mozaikasi virusi‘‘ kabilar
uchraydi. Kasal o‘simliklarda aniq mozaika, bargning bujmayishi va rivojlanishdan
to‘xtashi kuzatiladi.
4.Dukkakli o‘simliklarda 6 xil virus kasalligi uchraydi. Ulardan no‘xat
mozaikasi virusi‘‘ bilan kasallangan no‘xatda barg tomirlarining oqarishi va
mozaika hosil bo‘ladi. No‘xatda yana boshqa simtomga
ega kasallik ,,no‘xatning
yuqori yaruslarining sarg‘ayishi‘‘ kasalligi uchraydi, yuqori yarus bargalarida
kuchli xloroz (barg rangini yo‘qolishi) kuzatiladi, barg mo‘rt bo‘lib qoladi. Mosh
o‘simligida esa ,,mosh mozaikasi virusi‘‘ uchraydi, barg tomirlari oqaradi va barg
pastki tomonga qarab buraladi, shishlar hosil bo‘ladi, barg plastinkasi shakli
o‘zgaradi, o‘simlik o‘sishdan orqada qoladi, urug‘i maydalashib ketadi. Bu virus
loviya o‘simligini kasallantiradi.
Moshda yana ,,moshning sariq mozaikasi virusi‘‘ uchraydi.
Kasallangan
o‘simlik bargida dog‘lar jadallik bilan ko‘payadi, o‘simlik o‘sishdan orqada
qoladi. Bu kasallik loviya, soya va boshqa dukkakli o‘simliklarda ham uchraydi.
5. Qovun va bodring o‘simliklarida bodring mozaikasi‘‘ uchraydi. Ikkala
o‘simlikda ham mozaika simtomplari kuzatiladi. Bu virus qovoqsimonlar,
murakkab gulli o‘simliklar va dukkaklilarda uchraydi.
6. Beda o‘simligida ,,beda mozaikasi virusi‘‘ uchraydi, kasallangan
o‘simlik bargida doira shakldagi dog‘lar hamda mozaikali barglarning
jingalaklanishi kuzatiladi.
7. Jo‘xorini ―jo‘xori pakana mozaikasi virusi‖ kasallantiradi.
Barglarida
chiziq–chiziq shaklli mozaika kuzatiladi, o‘simlik o‘sishdan qoladi, jo‘xori
so‘talarida don miqdori juda kamayib ketadi, 20-30% gina qoladi. Ayniqsa
o‘simlikning virus bilan juda erta kasallanish natijasida virusning zarari juda katta
3 1
bo‘ladi, jo‘xori doni maydalashadi, olingan urug‘ning unuvchanligi juda pasayib
ketadi (Власов Ю.И., 1992; Семенкова И.Г., 2003).
Dostları ilə paylaş: