O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


III BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNIG TAHLILI



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/25
tarix09.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#127914
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
III BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNIG TAHLILI 
 
3.1. Kartoshka X-virusini ajratish va aralash infeksiyadan
biologik tozalash
Olib borilgan tajribalar va kuzatishlar natijasida, juda ko‗p hollarda 
kartoshkaning X, S, M, A va Y-viruslarining aralash holda kelib o‘simlikdagi 
kasallikni yanada kuchaytirishi kuzatilgan (3-rasm) [13].
 
Izoh: rasmning chap tomonida kasallangan, o`ng tomonida esa sog`lom o`simlik bargi berilgan 
3-rasm. Kartoshka navlaridagi virus kasalliklari va ularning alomatlari 
(Fayziyev, 2011) 
А – X va S viruslar bilan kasallangan Diyora navi; Б, Д – L va Х- viruslari bilan kasallangan To`yimli 
navi; В – kartoshkaning L-virusi bilan kasallangan Sante navi; Г, Е –Kartoshkaning Х, S vaY –viruslari 
bilan kasallangan Aqrab navi. 
 
Bu esa virusli kasallikning kuchayishiga sabab bo‗lishi mumkin. 
Viruslarning bunday aralash kelishi aynan bir virusga ajratib olish unga qarshi 
kurash choralarini ishlab chiqish jarayonida bir qator qiyinchiliklarni keltirib 
chiqaradi. Chunki bu viruslarning xo‗jayin o‗simliklari aksariyat hollarda bir xil 


3 5
bo‗ladi. Shuning uchun virusni ajratish uchun zarur bo‗lgan qulay xo‗jayin 
o‗simlikni aniqlash va aralash viruslardan tozalash yo‗llarni ishlab chiqish muhim 
ahamiyatga ega. 
Kartoshkaning ,,Diyora‘‘ navida xol-xol mozaika va bargning buralishi va 
barg plastinkasining kichrayishi kabi kasallik alomatlarini namoyon qilgan 
o‗simliklar kartoshkaning X va S-viruslari bilan, ,,To‗yimli ‘‘navida esa mozaika 
va bargning qayiqsimon buralishi kasallik alomati mavjud bo‗lgan o‗simliklar
kartoshkaning L, X va M-viruslari bilan, kasallik alomati bargning buralishi 
bo‗lgan ,,Sante ‘‘navi faqat kartoshkaning L-virusi bilan ,,Aqrab‘‘ navi esa
kasallik alomati bargning dag‗allashishi va mozaika sifatida paydo bo‗lgan 
o‗simliklar kartoshkaning X, S va Y-viruslari bilan kasallanganligi IFA 
yordamidagina tekshirishlar natijasida aniqlandi [13]. Mamlakatimizda o‗rganilgan
kartoshka viruslaridan mexanik usulda va hasharotlar yordamida juda oson tarqala 
oladigan va o‗simlikda bir necha yil davomida kasallik alomatini namoyon 
qilmasdan saqlanib, hosildorlikka katta zarar keltiruvchi viruslardan biri bo‗lgan 
Kartoshka X-virusini o‗rganish maqsad qilindi va buning uchun dastlab virusni 
ajratib olish, aniqlash va biologik tozalab, bir qator xususiyatlarini o‗rganish zarur 
edi. Viruslarni ajratish va biologik tozalashda mazkur virusni spetsifik nekroz 
hosil qiluvchi va tizimli kasallantiruvchi o‗simliklardan o‗tkazib boshqa virusdan 
tozalash ko‗zda tutiladi. Bu jarayonda virusning yuqish yo‗llarini ham hisobga 
olish yaxshi samara beradi. KXV va KSB larini ajratish va biologik tozalash 
sxemasi 4-rasmda keltirilgan.
KXV ni ajratishda asosiy tabiiy manba sifatida kartoshkaning ―Diyora‖ 
navidan va dastlabki differensiator o‗simlik sifatida Datura stramonium L. 
o‗simligidan foydalanildi, chunki bu o‗simlik kartoshkani kasallantiruvchi 
viruslar ichida KXV dan tashqari faqatgina kartoshkaning L-virusi bilan 
kasallanadi, ammo bu virus mexanik usulda yuqmasligi, faqat payvand yoki 
hasharotlar yordamida yuqishi [11] sababli bizning tajribalarimizda o‗simlikning 
bu virus bilan kasallanish xavfi bo‗lmadi.


3 6

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin