O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


( salbiy ijtimoiy hodisalarning oldini olish mexanizmini  harakatga keltirish)



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/105
tarix24.10.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#160595
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi m

(
salbiy ijtimoiy hodisalarning oldini olish mexanizmini 
harakatga keltirish),
 

Sog‗lomlashtirish vazifasi
(
ijtimoiy moslashtirish va sog‗lomlashtirish 
bo‗yicha ishlarni tashkil qilish 

4-jadval 
Ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassisning kasbiy faoliyati tarkibi
Nomi 
Mazmuni 
Kasbiy majburiyatlar
Yordamga 
muhtoj 
shaxsni 
aniqlash, qiyinchiliklarni bartaraf qilishda 
mijozga yordam berish, ijtimoiy ish 
faoliyatini 
tashkil 
qilish, 
ijtimoiy 
muammolar 
to‗g‗risida 
boshqaruv 
organlariga xabar berish
Kasbiy ahamiyat
Ijtimoiy 
advokat, 
vositachi, 
ijtimoiy pedagog, maslahatchi, ekspert, 
ma'mur
Kasbiy vazifa
a) 
texnologiyalardan 
foydalanishiga 
ko‗ra: 
tashxislovchi, 
profilaktik, bashorat ,.,
b) faoliyat mazmuniga ko‗ra: 
huquqni muhofaza qilish, tashkiliy, 
axborot
Kasbiy yo‗naltirilgan shaxsiy 
sifatlar
a) intellektual: ijtimoiy intellekt, 
eruditsiya, 
intellektual 
moslashuvchanlik.;


208 
b) axloqiy: ziyraklik, xayriya, 
hurmatga sazovorlik
v) ruhiy: vazminlik, tirishqoqlik, 
stressga chidamlilik.
 
3.
Ijtimoiy xodimning majburiyatlari va huquqlari. 
Ijtimoiy xodim maxsus oliy ma'lumotli mutaxassis bo‗lib. uning faoliyati 
alohida shaxs. oila, guruhlarning hayot faoliyatini saqlab turishga, shuningdek 
jamoa va jamiyatda uning a'zolarining ehtiyojlariga mos keltirishga yo‗naltirilgan. 
Uning mijozlariayotda qiyinchilikka uchragan shaxslar bo‗lib, ularning 
muammolari ishsizlik, turar-joyning yo‗qligi, iqtisodiy qiyinchiliklar, jiddiy 
kasalliklar, jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar, saldbiy munosabat, xavfli axloq va 
boshqa ijtimoiy xatarlar bo‗ladi. Ijtimoiy xodim maslahat beradi, shuningdek 
ma'lum yordamni ko‗rsatadi. Maslahat berish orqali u mijozga o‗z holatini 
tushunish, qaror qabul qilish va muhim resurs topishga yordam beradi. U mijozga 
jamiyatdagi uning huquq va imkoniyatlari to‗g‗risida axborot beradi. Ijtimoiy 
nafaqalar, xizmatlar, yordam olishda vositachilik qiladi va ularni olishni tashkil 
etadi. Ijtimoiy xodimning vazifalari shuningdek mijozga yordam qilish uchun 
uning yaqinlarini jalyu qilish va ular o‗rtasida muloqtni ta'minlashdir.
Ijtimoiy xodimning vazifasiga loyihaga rahbarlik qilish, qaydni qiritish, 
idoralararo axborotni almashish, ijtimoiy ishni taklif qilish va ijtimoiy nafaqalarni 
rasmiylashtirish kiradi.
Ijtimoiy xodim o‗z ishida inson huquqlari va kasb etikasidan kelib chiqib ish 
yuritadi. Uning maqsadi jamiyatning barcha a'zolarini ularning xususiyatidan qat'iy 
nazar teng munosabatda bo‗lishni ta'minlashdir. Agar mijozning huquqi 
himoyalanmagan yoki jamiyatda uning ehtiyojlari hisobga olinmagan bo‗lsa, 
ijtimoiy xodim mijoz vakili sifatida harakat qiladi.
Har kuni vasiysiz qolgan bolalar. Ishsizlar, qariyalar, muammoli oilalar 
(alkogolizm, zo‗ravonlik) qiyinchiliklarini hal qiladi. Ijtimoiy xodim matkb 
vazifalarini bajarishda muammoga ega bolalar xonadonlariga tashrif buyuradi, 


209 
yosh jinoyatchilar uchun mo‗ljallangan qamoqxona va maxsus internatlarda 
bo‗ladi. Ishsizlar muammosi bilan shug‗ullanuvchi ijtimoiy xodimlar qo‗shimcha 
o‗qitishni tashkil qilish va ish joylari topishga yordam beradilar.
Ijtimoiy xodimlar
66


Ijtimoiy muammolarni oldini olish maqsadida qonunchilikni o‗zgartirish 
va ijtimoiy resurslarni qayta taqsimlash bo‗yicha takliflar kiritadilar; 

Alohida shaxs yoki oilalarga shaxsiy va ijtimoiy muammolarni hal 
qilishda yordam beradilar.; 

Mijozlarning ehtiyojlari to‗g‗risida axborotlarni to‗plash bilan 
shug‗ullanadilar va ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradilar; 

Mijoz holatini tahlil qiladilar va muammoni yechish uchun muqobil 
yo‗llarni taklif qiladilar; 

Sud yoki boshqa yuridik jarayonlar uchun zarur bo‗lgan materiallar va 
xabarnomalar tayyorlaydilar; 

Vasiylik xizmatlarini baholaydilar, rejalashtiradilar, ishlab chiqadilar va 
rivojlantiradilar; 

Jismoniy va ruhiy kamchilikka ega insonlarga ularning jamiyat hayotiga 
qatnashish qobiliyatini yaxshilash uchun zarur tibbiy yordam va vasiylikni 
topishga yordam beradilar.
Mutaxassislarni kasbiy tayyorlash turli darajadagi ma'lumot beruvchi uch 
turdagi muassasalarda amalga oshiriladi: 

Boshlang‗ich kasbiy ta'lim muassasalari (litsey, maktab va boshqalar);

O‗rta kasbiy ta'lim (o‗quv yurti, kollej );

Oliy kasbiy ta'lim (institut, universitet ). 
Bugungi kunda oliy kasbiy ta'lim bo‗yicha davlat ta'lim standartlari qabul 
qilinib, alohida kurslarning o‗quv rejalari, o‗quv dasturlari ishlab chiqilgan. Ammo 
bu kasb bo‗yicha adabiyotlar hajmi va maxsus tayyorlangan o‗qituvchi kadrlar 
miqdori yetarli emas.
66
Ижтимоий ходимнинг касбий стандарти– www.kutsekoda.ee 


210 
Ijtimoiy xizmat mutaxassisining kasbiy bilimlari o‗z ichiga eng avvalo 
qonunchilikni va ijtimoiy pedagogik faoliyat asoslarini bilish zaruriyatini oladi.
Ammo oliy kasbiy ta'lim yakuni bo‗yicha Lyaщenko A.I.
67
, fikricha bu soha 
mutaxassisi quyidagi muhim shaxsiy xususiyatlarga ega bo‗lishi kerak: 
E'tibor berish, boshqalarning holatini tushunish; 
Xayrixoxlik, kirishimlilik; 
yetakchi bo‗la olish qobiliyati; 
Xushmuomalalilik, samimiylik; 
Maqsadlarni boshqarish, ko‗rsatmalar berish; 
Hayotni sevish; 
Bag‗rikenglik, tirishqoqlik; 
Javobgarlikni his qilish; 
To‗liq turli shakldagi ishni bajarishga qodirlik; 
Mehnat faoliyatija entuanizm, altruizm; 
Mutaxassislar bilan o‗zaro munosabatlarga qodirlik; 
Harakatlarni sinyaiklab o‗rganish; 
Ishda tartiblilik va izchillik
O‗z kelajagini rejalashtirishga qodirlik; 
Og‗zaki tushuntirishga qobiliyat; 
Yaxshi xotira, boshqa narsalarni o‗rganish qobiliyati; 
Boshqalar to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilish; 
Yangi g‗oyalarni amalga oshirish, mustaqil muhokama qilish. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin