O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/105
tarix24.10.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#160595
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi m

1.
 
Insonparvarlikka va axloqqa asoslanib ijtimoiy xizmat o‗zining butun 
tarixi davomida o‗zgina o‗zgarishlar bilan saqlanuvchi inson xotirjamligi, ijtimoiy 
adolatlilik, o‗z qadrini bilish kabi muhim elementlariga yo‗naltirilgan bo‗ladi. 
Ijtiomiy xodimning kundalik bunday axloqiy muammolari katta o‗zgarishlarga 
uchragan. (masalan kompyuterlashtirish sharoitida maxfiylik axloqiy muammosi). 
Bunday muammolarni bir necha darajalarga bo‗lish mumkin a) missiya , maqsad 
va vazifalaridan kelib chiquvchi ijtimoiy xizmatning qadr bazasiga bog‗liq; b) 
kasbning axloq standartlarini ishlab chiqish; v) ijtimoiy xodimning kasbiy 
majburiyat axloqiy dilemmalari. 
Ijtimoiy xizmatning ahamiyatlilik muammosi bevosita uning insonparvar 
mohiyati bilan bog‗liq bo‗lib, ijtimoiy ishda har bir shaxs muhim qadriyat sifatida 
ko‗riladi. Bu shuni anglatadiki, har bir individ hayotiga oliy qadriyat sifatida 
yondashish bu holat tushunchasini to‗ldiradi, insonning o‗z hayoti o‗ziga munosib 
bo‗lishi kerak. Ijtimoiy xizmat sub'ekti tomonidan yordamga huquq kim unga 
murojaat qilsa qandaydir asosga ko‗ra ajratmasdan amalga oshadi. Insonparvar 
yo‗naltirilganlik ijtimoiy xizmat sub'ektini mijoz bilan o‗zaro munosabatiga ta'sir 
qilib, ularning hamkorligini kengaytiradi.
Kasbning axloqiy standarti axloqiy qoidalar tamoyillari va standartlarini 
birlashtirib, unda dasturiy maqsadlar va ijtimoiy xizmatning uzoq vaqtdagi 
qadriyatlari, ruhsat beruvchi va ta'qiqlovchi tamoyillar, muhim qoidalar, ijtimoiy 
xodim javobgarligini va majburiyatlarini belgilovchi qoilalarni birlashtiradi.
Kasbiy etikani ko‗rsatuvchi axloq va faoliyat tarzi ijtimoiy xodimning shaxsiy 
manfaatlari va uning majburiyatlari balansida asoslanadi. Mazkur muvozanat 
asosida- javobgarliking umum falsafiy konsepsiyasi yotadi. Axloq standartida 
javobgarlik ijtimoiy xizmatning tamoyili sifatida mijoz oldidagi (uning manfaatlari 
ustuvor), jamoa oldidagi (hamkorlik, to‗g‗rilik), ish beruvchi oldidagi (ijtimoiy 
himoya organlari oldidagi majburiyatlarni bajarish), kasb oldidagi (ijtimoiy 


216 
xizmatning asosiy qadriyatlari va yo‗nalishini saqlash) davobgarlik darajasida 
amalga oshiriladi.
Ijtimoiy xodim amaliyotida mijoz, jamoa. Kasb, jamiyat oldidagi 
majburiyatlar natijasida turli axloqiy muammolar va dilemmalar bilan to‗qnashadi. 
Mazkur muammoli soha va axloqiy dilemmalar turli mamlakatlar uchun umumiy 
emas, ammo bir guruh dilemmalar ijtimoiy yordamning har qanday modeli uchun 
xosdir.: 
Mustaqillik va manipulyasiya; 
paternalizm va o‗zini aniqlash; 
rozilikni xabar qilish tamoyili; 
haqiqatni gapirish zaruriyati; 
maxfiylik va xabarlarning xususiyligi; 
chaqimchilik; 
qonunlar va mijoz xotirjamligi; 
shaxsiy va kasbiy qadriyatlar. 
Ijtimoiy xodimlar axloq kodeksidan doimo o‗zlarining so‗rovi bo‗yicha 
qoniqarli javob olmasliklari mumkin, bu birinchidan kodeks umumiy atamalarda 
va yuqori darajadagi mavhumlik bilan tuziladi, ikkinchidan tamoyillar bir qator 
holatlarda ziddiyatli bo‗ladi va o‗zida axloqiy dilemmalarni aks ettiradi.
Shunday qilib, ijtimoiy xizmatning kasbiy tamoyillari asosida insonparvar 
asos yotib, bu barcha kasbiy faoliyat, ilmiy tadqiqot sohasi, ijtimoiy xizmatning 
umumiy hodisalari uchun asos bo‗ladi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin