14
Muhtojlarga yordam berish majburiy emas va qatiy talablar bilan tartibga
solinmagan, bu ixtiyoriy yordamdir.
Muhtojlarga yordam berish ijtimoiy xizmat shakli
sifatida turli xayriya
tashkilotlari orqali muhtojlarga bevosita ijtimoiy va moddiy yordam ko‗rsatishga
yo‗naltirilgan bo‗ladi. Xayriya ijtimoiy ish amalga oshiradigan turli ijtimoiy
dasturlarni moliyalashtirishning qo‗shimcha manbasi bo‗ladi. Muhtojlarga yorjam
berish madaniyatini tarbiyalashga yo‗naltirilgan
ijtimoiy-pedagogik faoliyat
bo‗ladi.
Ijtimoiy ko‗mak – turli hayotiy qiyinchiliklarni bartaraf etishga insonning
yordami bo‗ladi. U ma'lum haq evaziga yoki tekinga ko‗rsatilishi mumkin. Bundan
tashqari ijtimoiy ko‗mak zarurligiga olib keluvchi hayotiy qiyinchiliklar ko‗lami
xayriyaga nisbatan ancha kengdir. Ijtimoiy ko‗mak faqatgina moddiy emas, balki,
jismoniy, ijtimoiy-maishiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqacha bo‗lishi
mumkin. Shunday qilib xayriya faoliyati ijtimoiy ko‗makka kirib,
ammo barcha
ijtimoiy ko‗mak ham xayriya bo‗lmaydi. Xayriya ijtimoiy yordamning o‗ziga xos
shakli bo‗lib, muhtojlarga moddiy yordam ko‗rsatishni o‗z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: