O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/105
tarix24.10.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#160595
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi m

 Vazirlar 
Mahkamasida oila, onalik, bolalikni ijtimoiy 
himoyalash masalalari bo‗yicha kotibiyat tuzilgan. 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi pensiyalar, kasallik 
bo‗yicha to‗lovlar, ishsizlik bo‗yicha nafaqalar, bolani parvarishlash bo‗yicha 


242 
nafaqalar, nogiron va yolg‗iz keksalarga moddiy yordam ko‗rsatishni nazorat 
qiladi, aholiga ijtimoiy xizmat ko‗rsatish uchun mas'ul bo‗ladi. Xalq ta'limi 
vazirligi bolalar bog‗chalari va yaslilar, ota-ona qaramog‗isiz qolgan, nogiron va 
rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar uchun internatlar ta'lim tizimini nazorat 
qiladi. Sog‗liqni saqlash vazirligi onalar va bolalar sog‗ligi uchun javobgar bo‗lib, 
homilador ayollarni majburiy ro‗yxatga olish va maslahat berishni o‗tkazadii, 
yangi tug‗ilgan chaqaloqlar patronaji, bolalar maslahatxonalari tizimi orqali kasal 
bolalarni emlash va davolashni amalga oshiradi, muntazam tibbiy ko‗riklar orqali 
bolalar bog‗chasi va maktablardagi bolalarning sog‗ligini nazorat qiladi. Ichki 
ishlar boshqarmalari hokimiyat bilan birgalikda huquqbuzarliklar profilaktikasi va 
nazoratini amalga oshirib, shu jumladan bolalar va o‗smirlar huquqbuzarligini 
oldini oladi. Mahalla qo‗mitalari davlat byudjetidan olingan mablag‗larni kam 
ta'minlanganlarga taqsimlaydi. Bu maqsadlar uchun shuningdek byudjetdan 
tashqari fondlar va xayriya tashkilotlarini jalb qiladi.
3
. Er-xotin munosabatlari bir necha darajaga ajratilib, bir qator ziddiyatlar 
paydo bo‗lishi mumkin. 
Psixofiziologik –jinsiy hayot buzilishida namoyon bo‗ladigan nomuvofiqlik. 
Bu tez-tez uchraydigan muammo, ammo ajrashishga sabab bo‗ladigan eng 
muhim sabablardan emas. 
Psixologik – oilada nosog‗lom muhitning yaratilishi, bolalarga salbiy ta'sir 
qiluvchi doimiy nizolar, kelishmovchiliklarda namoyon bo‗ladi. 
Ijtimoiy ahamiyatli –yuu daraja barqarorligining buzilishi belgilari- oiaviy-
maishiy yuklamalarning noto‗g‗ri, noteng taqsimlanishi. 
Ijtimoiy madaniy (axloqiy) – er-xotinning bir birini tushunmasligi 
oqibatidagi nizolar, hurmat qilmaslik, o‗zaro qiziqishning yo‗qligi, muloqotdan 
qoniqmaslik, hayotiy maqsad, ideallari mos kelmasligi. 
U yoki bu darajadagi ziddiyatga olib keluvchi sabablar turlicha bo‗lishi 
mumkin. Ammo ularni vaqt bo‗yicha paydo bo‗lishini ikkita yirik guruhga ajratish 
mumkin. Bu sababalar bevosita nikoh vaqtida, birgalikda yashash va umumiy 
ro‗zg‗or asosida paydo bo‗ladi va oila qurguncha ular ob'ektiv mavjud bo‗ladi.


243 
Oila qurgunga qalar mavjud bo‗ladigan ob'ektiv sabablar guruhi xatar 
omillari deb nomlanib, ular nikohgacha tanishuv vaqtida ma'lum bo‗lib, kelgusida 
ajrashish xavfini keltirib chiqaradi. 
Xatar omillari inson shaxsi, uning tarbiyasi va nikoh sharoitlari bilan 
bog‗liqdir. Xatar omillariga quyidagilar kiradi: 

Er-xotin o‗rtasidagi ta'limdagi va yoshdagi katta tafovut (ayniqsa agar 
ayol ancha katta bo‗lsa).

Er-xotindan birining ichkilikka moyilligi; 

Nikohga, umuman oilaga yengil qarash

Nikohga juda kech yoshda kirishish; 

Tez farzand ko‗rish ehtimoli; 

Juda kam muddat tanishganlik; 

Nikoh tuzishga ota-onalarning qarshiligi; 

O‗zaro roziliksiz, majburiy nikoh. 
Bu omillar birgalikdagi hayotning dastlabki yillarida ko‗rinib, barcha 
ajrimlarning uchdan bir qismi birgalikda bir yildan uch yilgacha yashagan oilalarda 
kuzatiladi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin