O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/105
tarix24.10.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#160595
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   105
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi m

O‘zini tekshirish uchun savollar 
1. Oila: turlari, vazifalari, funksiyasi. 
2. Zamonaviy oiladagi asosiy muammolar va ijtimoiy xizmatning vazifalari.
3. Bevaqt ijtimoiy yolg‗izlikning oldini olish. 
 
13- Mavzu . Nogiron shasxlar bilan ijtimoiy ishning xususiyatlari
 
1.
 
Nogironlik» tushunchasini aniqlash. 
2.
 
Nogiron shaxslarni sog‗lomlashtirish. 
3. Nogironlikka olib keluvchi sabablar 
1.
 
Nogironlik jismoniy, ruhiy, sezgi, ijtimoiy, madaniy, qonunchilik va 
boshqa to‗siqlar bilan imkoniyatlarning cheklanganligi bo‗lib, nogiron insonga 


244 
jamiyatning boshqa a'zolari kabi jamiyatga integratsiyalash hamda oila va jamiyat 
hayotiga qatnishish imkonini bermaydi. Jamiyat nogiron shaxslarning muhim 
ehtiyojlariga o‗z standartlarini moslashtirishi shart bo‗lib, bu ularning mustaqil 
hayot kechirishini ta'minlash uchun zarurdir.
Nogironlik jismoniy, ruhiy, sezgi, ijtimoiy, madaniy, qonunchilik va boshqa 
to‗siqlar bilan imkoniyatlarning cheklanganligi bo‗lib, nogiron insonga 
jamiyatning boshqa a'zolari kabi jamiyatga integratsiyalash hamda oila va jamiyat 
hayotiga qatnishish imkonini bermaydi. Jamiyat nogiron shaxslarning muhim 
ehtiyojlariga o‗z standartlarini moslashtirishi shart bo‗lib, bu ularning mustaqil 
hayot kechirishini ta'minlash uchun zarurdir
85

Nogiron atamasi lotincha asosga ega ( valid- haqiqiy, to‗liq baholangan
qodir) va so‗zma-so‗z tarjima qilinganda layoqatsiz, to‗la bo‗lmagan degan 
ma'noni bildiradi.
Nogironlar to‗g‗risidagi deklaratsiyaga binoan nogiron- kamchiligi natijasida shaxsiy 
yoki ijtimoiy hayotidagi ehtiyojlarni to‗liq yoki qisman mustaqil ta'minlay olmaydigan shaxs 
deb keltirilgan.
86

O‗zbekiston Respublikasi Nogironlar to‗g‗risidagi qonunga ko‗ra nogironlar 
jismoniy yoki aqliy kamchiligi sababli hayotiy faoliyatlari cheklangan, ijtimoiy 
yordam va himoyaga muhtoj bo‗lgan shaxsdir»
87 
. Mazkur qonun O‗zbekiston Respublikasida ularning boshqa fuqarolar bilan 
tengligini ta'minlash maqsadidagi, huquq va erkinliklarni amalga oshirish bo‗yicha, 
ularning hayot faoliyatlaridagi cheklovlarni bartaraf etish, to‗laqonli hayot 
kechirish, jamiyatning iqtisodiy va siyosiy hayotida faol qatnashish, shuningdek 
o‗z fuqarolik majburiyatlarini bajarishni ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini 
belgilaydi. 
85
Замский, X. С. Ақлий қолоқ болалар. Қадимги даврдан 20-аср ўртасигача ўқитиш ва тарбиялаш тарихи 
История /Х. С. Замский. -М: НПО «Образование», 1995 
86
Ногиронларнинг ҳуқуқлари тўғрисида декларация. БМТ, от 9 дек. 1975. [Электронный ресурс]. - Электрон, 
журн,-РООИ Родник жизни.- Режим доступа к журн. www.rodnikzhizni.ru 
87
Закон Республики Узбекистан о социальной защищенности инвалидов в Республике Узбекистан. 
(ведомости верховного совета республики узбекистан, 1992 г., № 2, ст. 78; ведомости Олий Мажлиса 
Республики Узбекистан, 1998 г., № 5-6, ст. 102; 2001 г., № 5, ст. 89; собрание законодательства Республики 
Узбекистан, 2004 г., № 37, ст. 408, № 51, ст. 514; 2005 г., № 21, ст. 148) 


245 
Shaxsning hayot faoliyatining cheklanishi o‗ziga xizmat ko‗rsatish, 
harakatlanish, o‗zini nazorat qilish, muomalada bo‗lish, shuningdek mehnat 
faoliyati bilan shug‗ullanishni amalga oshirishda qobiliyat va imkoniyatini to‗liq 
yoki qisman yo‗qotishda aks etadi. 
Shaxsning hayot faoliyatining cheklanishi o‗ziga xizmat ko‗rsatish, 
harakatlanish, o‗zini nazorat qilish, muomalada bo‗lish, shuningdek mehnat 
faoliyati bilan shug‗ullanishni amalga oshirishda qobiliyat va imkoniyatini to‗liq 
yoki qisman yo‗qotishda aks etadi. 
Bugungi kunda nogironlikka ikkita asosiy yondashuv mavjud: nogironlikning tibbiy 
modeli (an'anaviy) va nogironlikning ijtimoiy modeli. 
Nogironlikning tibbiy modelida nogironlik tibbiy hodisa sifatida qaraladi. 
(«bemor inson», «og‗ir jismoniy shikastlanishga ega inson», «etarlicha intellektual 
rivojlanmagan inson».). Bu modeldan kelib chiqib nogironlik xastalik, dard, 
patologiya sifatida qaraladi. Tibbiy model paternalistik xususiyatga ega nogironlar 
bilan ishlashning uslubini aniqlaydi va davolash, mehnat muolajalar, shaxsga 
yordam ko‗rsatuvchi ijtimoiy ish yaratishni taklif qiladi. (masalan, internat turidagi 
muassasalarda ta'lim olish yoki nogironlar uzoq vaqt bo‗ladigan tibbiy 
muassasalar). Ta'lim olish, iqtisodiy hayotda ishtirok etish, dam olish nogironlikka 
ega shaxslar uchun yopiq bo‗ladi. Ixtisoslashgan o‗quv muassasalari, 
ixtisoslashgan korxona va sanatoriyalar nogironlarni jamiyatdan ajratadi va ularni 
kamchilik qilib qo‗yadi.
88
. O‗zbekiston Respublikasi siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy 
hayotidagi o‗zgarishlar nogironlarning jamiyatga qo‗shilishini ta'minlaydi va 
ularning mustaqil hayot kechirishi uchun zamin yaratadi. 
Yangi dunyoqarashning diqqat-markazida nogironlikning ijtimoiy modeli 
turib, 
nogironlik 
muammolari 
ularning 
muhim 
ehtiyojlariga 
jamiyat 
munosabatining natijasi sifatida qaraladi. Ijtimoiy modelga ko‗ra nogironlik 
ijtimoiy masala sanaladi. Bunda imkoniyatlarning cheklanganligi insonning aybi 
88
Садхана Атван. Идеи независимой жизни инвалидов и социально-педагогическая поддержка ребенка с 
ограниченными возможностями // Новое в педагогических исследованиях, выпуск 1 / - Санкт-Петербург, 
2004. 


246 
sanalmaydi. Shuningdek nogironlikning ijtimoiy modelida ularning sog‗ligi 
darajasiga katta e'tibor beriladi.
89

Ijtimoiy model muallifligi (ba'zan interaktiv model yoki o‗zaro munosabatlar 
modeli) aynan imkoniyati cheklangan shaxslarga tegishlidir. Nogironlikning 
ijtimoiy modeli britaniyalik nogiron Pol Xant tomonidan yozilgan esse 
asosidanomlandi. Bu esse ―kritik sharoitlar‖ deb nomlanib, 1966-yilda nashr etildi.
Xant, o‗z asarida nuqsonga ega insonlar to‗g‗risida xulosalar kelirib, bu 
odatiy g‗arb qadriyatlariga tegishli bo‗lib, ular o‗zini baxtsiz, foydasiz, qo‗lganlrga 
o‗xshamagan, ruhiy siqilgan va kasal his qilishlari bilan tushuntiradi.»
90
. Xantning 
mazkur tahlili ajratish va siqilishda aks etadigan nogironlar to‗g‗risidagi oldindan 
bilmay turib bildirilgan xulosaga olib keldi.».U nogironlar va eqtisodiy hamda 
madaniy munosabatlarni belgilab berdi, bu g‗arb jamiyatida nuqsonga ega va 
nogiron shuxslarni tushunishning muhim qismi bo‗ldi. 
Ijtimoiy model nogironlikka insonning xususiyati deb emas, balki, ijtimoiy 
muammo sifatida qaraydi. Ijtimoiy modelga muvofiq nogironlik siyosiy 
aralashuvni talab qilib, bundan muammo atrof muhitning moslashmaganligi uchun 
paydo 
bo‗ladi. 
Ijtimoiy 
modelga 
o‗tish 
jahon 
hamjamiyatining 
insonparvarlashuviga asoslanadi. Ijtimoiy modelning muhimligi nogironlarni 
odatiy bo‗lmagan insonlar sifatida ko‗rmaydi, qobiliyatsizlikni mos bo‗lmagan 
muhit, takomillashmagan qonunlarda deb biladi.
Mazkur modelning mazmuni nogironlik muammolarini hal qilishga quyidagi 
yondashuvlarni belgilaydi: nogironlarning jamiyat hayotining barcha jabhalarida 
qatnashishining teng huquqlari qonunchilik bilan mustahkamlangan bo‗lishi kerak, 
inson faoliyatining barcha sohalaridagi qonun va qoidalar stanrtlar orqali amalga 
oshadi, ijtimoiy tuzilmani yaratuvchi teng imkoniyatlar ta'minlangan bo‗lishi 
kerak. Nihoyat imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatga integratsiyasi 
bolalarning bu toifasiga ijobiy munosabatni shakllantirishda namoyon bo‗ladi.
89
Ярская-Смирнова Е.Р. Социокультурный анализ нетипичности. - Саратов: СГТУ, 1997. 
90
Холл Дж., Тинклин Т. Студенты-инвалиды и высшее образование / Пер.с англ.// Журнал исследований 
социальной политики. Т.2. № 1. 2004. С.115-126. 


247 
Ijtimoiy model mualliflari nogiron insonlarning o‗zlari bo‗lib yoki ular bilan 
suhbatlashib nogironlik muammosini faqatgina patologiya va jismoniy 
kamchiliklar nuqtai nazaridan emas, balki ularning atrof va jamiyat bilan o‗zaro 
munosabatlarida ko‗radilar. Shu nuqtai nazardan cheklangan imkoniyatlar kasallik 
bilan bog‗liq bo‗lmasdan, nogironlarni ajratish va to‗liq huquqli a'zo sifatida qabul 
qilishga ruhiy tayyor emaslik bilan, shuningdek atrofda mavjud to‗siqlar bilan 
bog‗liqdir.
Nogironlik konsepsiyasi atrofdagi omillarni hisobga olganda quyidagicha 
bo‗ladi: 

Nogironlik+to‗siq=cheklangan inson faoliyati

Nogironlik +rag‗bat=teng imkoniyatlar.
Inson organizmi tuzilishi va atrof muhit vazifalari o‗rtasidagi aloqani 
hisobga oluvchi nogironlik konsepsiyasi nogironlarni moslashishidan jamiyat 
hayotiga o‗zini o‗zgartirish me'yoriga e'tibor qaratdi Shunday qilib, imkoniyati 
cheklangan insonlarni sog‗lomlashtirish va ijtimoiy himoyalashning asosiy 
yo‗nalishi nuqson va kamchiliklarni aniqlash va tuzatishda emas, balki, atrofdagi 
to‗siqlarni bartaraf etish va rag‗batlantirish mehanizmini ishlab chiqishda, 
shuningdek jamiyat hayotida qarorlar qabul qilishda nogironlarning ehtiyojlarini 
maksimal hisobga olishda deb biladi.
2. Nogironlarni sog‗lomlashtirish hayot faoliyatidagi cheklovlarni bartaraf 
qilish uchun nogironlarga sharoit yaratish tizimining muhim elementi bo‗lib, 
ularning 
jamiyat 
hayotiga 
qatnashishida 
teng 
imkoniyatlar 
yaratishga 
yo‗naltirilgan.
Nogironlarni sog‗lomlashtirish –nogironlarni maishiy, jamiyat va kasbiy 
faoliyatga qobiliyatlarini to‗liq yoki qisman tiklash qobiliyati tizimi va jarayonidir.
Nogironlarni sog‗lomlashtirish hayot faoliyatidagi to‗siqlarni bartaraf etish yoki 
yanada to‗liq qoplashga yo‗naltirilgan bo‗lib, nogironlarning ijtimoiy moslashuvi, 
ularning moddiy mustaqillikka erishishi va jamiyatga integratsiyalashuvi 
maqsadlarida amalga oshiriladi. 


248 
Xorijdagi rivojlangan mamlakatlarda nogiron insonlar bilan ishlashning 
ma'lum standartlari, shakllari va uslublari ishlab chiqilgan. Tabiiyki har bir 
mamlakatda bu toifadagi aholiga yordam ko‗rsatishning o‗ziga xos xususiyatlari 
mavjud bo‗lib, milliy o‗ziga xoslik, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, ruhiy-pedagogik 
an'analar, ma'lum ilmiy yondashuvlar bilan asoslangan bo‗ladi.
Bugungi kunda bolalar ehtiyojlariga individual yondashuvlar. Kompleks 
yordam ko‗rsatish bo‗yicha an'analarni hisobga olgan holda turli innovatsion 
dasturlar yaratilmoqda, ishlab chiqilmoqda. Bunday dasturlardan biri BMT 
tomonidan taklif qilingan bevosita muhit asosidagi sog‗lomlashtirishdir. (BMAS) . 
U imkoniyatlarni tenglashtirish va barcha nogironlarning ijtimoiy integratsiyasi 
maqsadida o‗tkaziladigan jamiyatning rivojlanish strategiyasi qanday bo‗lishini 
belgilaydi. Uning maqsadi: bu sohadagi ishlar holatini o‗zgartirish, hukumat va 
jamiyatlarni jalb qilgan holda o‗qitishni amalga oshirish; barcha muhtoj 
nogironlarga mos yordam ko‗rsatish tizimini ishlab chiqish‖
91 
. BMAS mohiyati oila va muhitni, bir qator asosiy sog‗lomlashtirish 
ko‗nikmalarini o‗zlashtirishni, nogironning o‗zini mustaqil sog‗lomlashtirishni 
amalga oshirishni o‗z ichiga oladi. Shubhasiz ularga yordam va ko‗mak sog‗liqni 
saqlash, ta'lim. bandlik va ijtimoiy himoya tashkilotlari tomonidan ko‗rsatiladi.
Nogironlarni sog‗lomlashtirish hayot faoliyatidagi cheklovlarni bartaraf 
qilish uchun nogironlarga sharoit yaratish tizimining muhim elementi bo‗lib, 
ularning 
jamiyat 
hayotiga 
qatnashishida 
teng 
imkoniyatlar 
yaratishga 
yo‗naltirilgan.
Nogironlarni sog‗lomlashtirish –nogironlarni maishiy, jamiyat va kasbiy 
faoliyatga qobiliyatlarini to‗liq yoki qisman tiklash qobiliyati tizimi va jarayonidir.
Nogironlarni sog‗lomlashtirish hayot faoliyatidagi to‗siqlarni bartaraf etish yoki 
yanada to‗liq qoplashga yo‗naltirilgan bo‗lib, nogironlarning ijtimoiy moslashuvi, 
ularning moddiy mustaqillikka erishishi va jamiyatga integratsiyalashuvi 
maqsadlarida amalga oshiriladi. 
91
Медицинская, социальная, профессиональная реабилитация больных и инвалидов: Материалы 
международной научно-практической конференции 29 – 31 октября 1996 г. Под редакцией Э.И. Збровского 
– М., 1998. – C.113. 


249 
1989-yilda BMT tomonidan qabul qilingan bola huquqlari to‗g‗risidagi 
konvensiyada rivojlanishida muammosi bor bolalarning huquqiy himoyasi
ularning qadri, o‗z kuchiga ishonchini saqlashga va jamiyat hayotiga faol 
qatnashishini imkonini beruvchi bolalarning huquqlari mustahkamlangan. (st. 23); 
sog‗lom bo‗lmagan bolalarning alohida e'tibor va yordam huquqi ota-onalar yoki 
boshqa shaxslarning moliyaviy resurslarini hisobga olgan holda bepul taqdim 
etilishi kerak. Bu yordam va g‗amxo‗rlik ta'lim, kasbga tayyorlash, tibbiy xizmat, 
sog‗liqni tiklash, mehnat faoliyatiga tayyorlash, dam olish imkonityalaridan 
foydalanish bo‗yicha xizmatlardan samarali foydalanishni ta'minlashi kerak.
Bolani ijtimoiy hayotga to‗la jalb qilib, uning shaxs sifatida shu jumladan madaniy 
va ruhiy rivojlanishini ta'minlashi kerak.
Qayd etish kerakki, nogiron bolalar bunday yordamga juda muhtoj bo‗lib. U 
jamiyatdagi to‗laqonli hayotga rag‗batlantirish va faollashtirish uchun zarurdir. 
Ma'lumki nogironlarning to‗laqonli, faol hayoti ularni umumiy-foydali faoliyatga 
jalb qilish, atrof, jamoat tashkilotlari bilan nogironlarning aloqasini rivojlantirish 
va saqlash bilan bog‗liqdir. Mohiyatiga ko‗ra nogironlarning ijtimoiy integratsiyasi 
ularni sog‗lomlashtirishning yakuniy maqsadidir.
Nogiron bolalarni sog‗lomlashtirishning individual dasturi ba'zan 18 
yoshgacha bo‗lga davrn qamrab oladi va sog‗lomlashtirishning yosh darajasiga 
bog‗liq holda qolgan kompleks yondashuvlarda turlicha yo‗nalishlar paydo 
bo‗ladi.
Bolalardagi nogironlik sezilarli hayot faoliyatidagi cheklovlarni anglatib, u 
ijtimoiy moslasha olmaslikka xos bo‗lib, rivojlanishdagi muammolar, o‗ziga 
xizmat ko‗rsatish, muomala, ta'lim, kelajakda kasbiy malakaga ega bo‗lishdagi 
qiyinchiliklar bilan asoslanadi. Nogiron bolalarda ijtimoiy tajribani o‗zlashtirish 
mavjud jamiyat munosabatlari tizimida jamiyatdan ma'lum qo‗shimcha tadbir, 
vosita va kuchlarni talab qiladi: bu maxsus dasturlar. sog‗lomlashtirish markazlari. 
maxsus o‗quv muassasalari bo‗lishi mumkin. Ammo bu tadbirlarni ishlab chiqish 
imkoniyati 
cheklangan 
bolalarning 
ijtimoiy sog‗lomlashtirish jarayoni 
qonuniyatlari, vazifalari, mohiyati bilan asoslanadi. . 


250 
Sog‗lomlashtirish jarayonida davlat hokimiyati organlari, mahalliy 
boshqaruv organlari, shuningdek tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik 
tuzilishidan qat'iy nazar tibbiy, kasbiy va ijtimoiy sog‗lomlashtirish tadbirlarini 
amalga oshiruvchi tashkilotlar qatnashadi.
Konvensiya nogiron bolalarni sog‗lomlashtirish sohasida ishtirokchi 
davlatlarning xalqaro majburiyatlarini belgilaydi. U maksimal mustaqillikka erishi 
va uni saqlash, jismoniy, aqliy, ijtimoiy va kasbiy qobiliyatlarini amalga oshirish, 
jamiyat hayotining barcha sohalarida to‗liq ishtirok etish va jalb qilish uchun 
nogironlarga taqdim etiladigan tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Nogiron insonlarni sog‗lomlashtirishning asosiy yo‗nalishlari quyidagilarni 
o‗z ichiga oladi: 


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin