O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


• Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi mutaxassislarini tayyorlash va



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/105
tarix24.10.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#160595
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi m

.

Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi mutaxassislarini tayyorlash va 
qayta tayyorlash: 
–ilmiy-uslubiy va ta'lim yo‗nalishlari masalalarini amalga 
oshirish, mahalliy va xorij ish tajribasi bilan tanishish uchun mutaxassislar (shu 
jumladan xorijiy) jalb qilgan holda konferensiya, seminar, trening, tashkil qilish 
va o‗tkazish; mutaxassislar uchun dastur va treninglarni o‗rgatuvchi ilmiy-uslubiy 
qo‗llanmalar ishlab chiqish.
Umumiy kasallik, jarohat yoki shikastlanish natijasida nogiron bo‗lgan bola 
bilan sog‗lomlashtirish tadbirlarini o‗tkazuvchi ijtimoiy xodim nogironning 
shaxsiy va ijtimoiy maqomini tiklashga yo‗naltirilgan tadbirlar majmuasidan 
foydalanishi kerak. 
Funksiyalarning buzilish darajasiga bog‗lqi holda ( bolaning ijtimoiy 
moslashuv imkoniyatiga uning ta'sirini hisobga olib) nogiron insonlarda sog‗lik 
buzilishning darajasi belgilanadi.
Sog‘liqni yo‘qotishning birinchi darajasi 
yo‗riqnomaga binoan 
vazifalarning yengil va o‗rtacha buzilish bo‗lib, bolada nogironlikni belgilashning 
ko‗rsatkichi bo‗ladi, ammo 18 yoshdan kattalarda bunga zaruriyat tug‗ilmaydi
.
Sog‘liqni yo‘qotishning ikkinchi darajasi 
o‗tkazilgan davolashga 
qaramasdan organlar va tizimlar faoliyatining buzilishi, bolaning ijtimoiy 
moslashuvchanligining cheklanishida aks etadi. (kattalarda 3-guruh nogironlik); 
Sog‘liqni yo‘qotishning uchinchi darajasi
kattalarda 2-guruh nogironligiga 
mos bo‗ladi. ; 
Sog‘liqni yo‘qotishning to‘rtinchi darajasi 
organlar va tizimlar 
vazifalarining birdan buzilishida belgilanib, davolash va sog‗lomlashtirish 


252 
tadbirlarining samarasizligi va bolaning ijtimoiy moslasha olmasligiga olib keladi. 
(kattalarda nogironlikning 1-gurug‗iga xos)
92
.
Ijtimoiy xizmat ko‗rsatish aholini ijtimoiy himoya qilish organlari qarori 
bo‗yicha shartnomalar asosida amalga oshirilib, ijtimoiy himoya organlari bilan 
boshqacha mulkchilik shakliga ega ijtimoiy xizmat ko‗rsatish tashkilotlari o‗rtasida 
tuziladi.
Keksa yoki nogiron fuqarolar ijtimoiy xizmatlar olishda quyidagi huquqlarga 
ega: 
• ijtimoiy xizmat ko‗rsatish muassasalari tomonidan hurmat va insoniy 
munosabat; 
• o‗z huquqlari, burchlari va ijtimoiy xizmat ko‗rsatish shartlari to‗g‗risida 
axborot olish; 
• ijtimoiy xizmat ko‗rsatishga rozilik berish; 
• ijtimoiy xizmat ko‗rsatishdan voz kechish;
• ijtimoiy xizmat ko‗rsatishda ijtimoiy muassasa xodimiga ma'lum bo‗lgan 
shaxsiy xususiyatga ega axborotning maxfiyligini ta'minlash; 

O‗z huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud tartibida. 
Qo‗llash vazifalariga ko‗ra quyidagi texnologiyalar ajratiladi:

psixologik (ruhiy jarayon, holatlarga ta'sir qiluvchi);

ijtimoiy-ruhiy 
(inson-guruh 
tizimidagi 
jarayonlarni 
o‗zgartiruvchi);

tibbiy-ijtimoiy (jismoniy holatga ta'sir qiluvchi va insonning 
ijtimoiy jihatlari bilan bog‗liq bo‗lgan);

moliyaviy-iqtisodiy (ehtiyojlarni ta'minlash imkonini beruvchi 
nafaqa, imtiyoz va boshqa moddiy resurslar).
Qo‗llanish sohasiga ko‗ra quyidagi texnologiyalarga bo‗linadi:
tashxis (ijtimoiy muammoni aniqlash, sabablari va uni hal qilish usullarini 
belgilash, axborot to‗plash):
92
Аргун Л.Е., Капустина И.В. Спортивно-реабилитационная игра ―Ринго – Надежда‖. // Вестник 
психосоциальной и коррекционно-реабилитационной работы. – М., 1997. – №2. – C.1. 


253 

korreksiya (mizozning ijtimoiy maqomi, iqtisodiy, madaniy 
darajasini o‗zgartirish);

sog‗lomlashtirish (mijoz resurslari va hayotiy quvvatini tiklash 
bo‗yicha yordam);

profilaktika (ijtimoiy va individual xatarlarning oldini olish);

moslashish (individning notanish jamiyat va madaniy tizimga 
kirishini yengillashtirish). 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin