O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/105
tarix24.10.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#160595
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi m

Social work,
38 (3). 


96 
oshirishda dotatsiyalar ajratilgan. Eksperimet maqsadi uyda parvarishlash 
bo‗yicha yanada arzon muqobil yo‗llarni topishdan iborat.
Buyuk Britaniyada keksalarning kundalik parvarishi 60-yillarda paydo 
bo‗lib, ularni tashkil etish asosida moddiy tomondan bog‗li bo‗lmagan ishning 
kutilayotgan natijasi turgan. Ular jamoa doirasida xizmatlar hajmini kengaytirish 
uchun tashkil qilingan. 1980-yilga kelib 617 ta kundalik parvarishlash markazlari 
ochilgan bo‗lib, bu keksalar va yolg‗izlarga yordam ko‗rsatishni yengillashtirdi.
Odatda bunday markazlarda kafe, sartaroshxona, ustaxonalar bo‗lib, ta'limni 
davom ettirishga yordam beruvchi xodimlar ishlashgan.
AQSh da kundalik parvarishlash markazlari britan modelidan prinsipial 
farqlarga ega bo‗lgan. Uzoq vaqt parvarishlash bo‗yicha tibbiyo va ijtimoiy 
yordamni ajratish taklif qilingan. Bunda statsionar parvarishga emas. Kundalik 
parvarishga muhtoj keksalarga xizmat ko‗rsatilgan. Bunday xizmatlarga shu bilan 
birga ovqatlantirish, shaxsiy parvarish, dam olish, o‗qish, jismoniy va kasbiy 
qobiliyatlarni tiklash, tibbiy xizmat ko‗rsatish kiradi. Amerikada so‗nggi o‗n yilda 
kundalik parvarishlash markazlarini oshirishga yo‗naltirilgan va jamoa doirasida 
xizmatlarning yagona tarmog‗ini yaratishga katta e'tibor qaratildi.
Bugungi kunda kundalik parvarishlash markazlaridan tashqari xorijiy 
mamlakatlarda faqatgina vaqtinchalik emas, balki doimiy yashashni taklif qiluvchi 
tashkilotlar ham mavjud.
Masalan 
Shvetsiyada 
uyda 
yashashni 
xoxlamaydigan 
shaxslarni 
parvarishlash va davolash bo‗yicha keng turdagi xizmatlarga ega muassasalar bor. 
Bu mamlakatda keksalarga xizmat ko‗rsatishning tamoyillaridan biri tanlash 
erkinligi tamoyili bo‗lib, keksa insonlarda turar joyni erkin tanlash huquqi saqlanib 
qolgan. Agar inson o‗z uyida yashashni xoxlasa u yordam olishda ehtiyoji 
o‗sganda ham bunday huquq mavjud bo‗ladi. Parvarishga juda muhtoj, ammo 
odatiy uy sharoitlarida yashashni istamaydigan shaxslar maxsus sharoitda yashash 
imkoniyatini tanlash huquqiga ega. Keksalar uchun uylar –bu an'anaviy xizmat 
shakli bo‗lib, Shvetsiyada ko‗pchilik keksalar ularni afzal ko‗radilar.


97 
Buyuk Britaniyada vaqtinchalik va doimiy yashashga mo‗ljallangan 
pansionatlar oilasi yo‗q yoki yaqinlari bilan birga yashash imkoniyati mavjud 
bo‗lmagan shaxslar uchun mo‗ljallangan.
Shvetsiyada 60-yillar oxirida dastlabki servis uylari qurilgan. Ularni tashkil 
qilganlarning maqsadiga ko‗ra pensionerlarni mehnatga qobiliyatsiz yoshda va 
yordam ko‗rsatish va davolash zarur bo‗lganda birga yashashlarini taxminlashdir. 
Ammo uning rivoji boshqacha bo‗ldi. Uyda xizmatlar ko‗rsatish sohasining 
kengayishi, hayot sharoitlarining yaxshilanishi katta miqdordagi insonlarning uyda 
uzoq vaqt qolishni afzal ko‗rishlariga olib keldi. Shuning uchun parvarishlashga 
ehtiyoj oshganda servis uylariga murojaat qilib kelishmoqda.
Servis uylari o‗zida keksa insonlar yaqinlaridan ajralgan holda yashovchi 
kvartiralarni o‗zida aks ettiradi. Bu xonadonlarda yoki ularga yaqin joyda doimiy 
yordam ko‗rsatuvchi xodimlar turishgan. Guruh bo‗lib birga yashash ruhiy 
kasalliklari, harakat a'zolari buzilishi kuzatilgan shaxslar, shuningdek qarilik 
tushkunligida bo‗lgan insonlarni parvarishlash va davolashning rivojlangan 
shaklini paydo qildi.
Bu xonadonlarni tashkil qilish shakllari davolanishda bo‗lganlarning 
ehtiyojlariga bog‗liq holda turlichadir. Ba'zi holatlarda guruh bo‗lib yashash 
vaqtinchalik yechim bo‗lib. mustaqil yashashga tayyorlash bosqichsi sanaladi. 
Boshqa holatlarda bunday xonadonlar doimiy yashash joyi bo‗ladi.
Keksalarni parvarishlashning bunday shakli Buyuk Britaniyada mavjud. Ular 
yashashning yengillashtirilgan shakli deb yuritiladi. Insonlar yashaydigan bu 
guruhdagi katta bo‗lmagan uylar, xonadonlar yoki kottejlarda yashovchilar 
mustaqil bo‗ladi. Bunday holatlarda vasiylik zarur. Bunday vasiy sifatida oilalar va 
keksalar o‗rtasida vositachilar, yordamchilar sifatida qatnashuvchi patronaj 
xodimlari bo‗lishi mumkin.
AQShda oiladan tashqari yashaydigan qariyalar va kesalar uchun oila 
tipidagi turar joylar qurishga katta e'tibor berilmoqda. Ular turli shakllarda bo‗lishi 
mumkin, ammo ularning asosiy xususiyati quyidagicha: yordam xususiy 
shaxslarga, o‗z uylarida taqdim qilinadi ; yashovchi shaxsga ma'lum to‗lov 


98 
evaziga xona taqdim etilib, qiyinchiliklarni bartaraf etish, himoyalash, dorilar bilan 
ta'minlash amalga oshiriladi; turar joylar quoay oilaviy muhi yaratish uchun katta 
bo‗lmasligi kerak; vasiylikka olingan shaxsni kuzatish va nazorat qilish agentlik 
shtatidagi xodimlar tomonidan amalga oshirilib, bu keksalarga xizmat qilishning 
mazkur dasturiga rahbarlik qiladilar. 
Sanab o‗tilgan elementlardan birinchisi o‗zgarmas bo‗lib, qolganlari 
o‗zshhgaradi. Masalan bir turar joyda ikkita keksa shaxs, boshqasida 10 ta shaxs 
yashashi mumkin. Yordam ko‗rsatiladigan shaxsni tanlashga qat'iy mezonlar yo‗q. 
Ayrim shtatlarda xodimlar tayyorlash uchun yuqori talablar mavjud emas, aksincha 
ularni o‗qitishga katta e'tibor beriladi.
Shtat xodimlarining nazorat tashriflari turlicha bo‗ladi. Bir dastur har 
haftalik nazoratni, boshqasi oylik nazoratni talab qiladi.
Kesalar uchun oilaviy turdagi uylar aholining uch toifasiga xizmat 
ko‗rsatadi: ruhiy kasal, aqlan orqada qolgan, keksa va kasal insonlar uchun. 
Bunday muassasalar davlat uylari va oilalar o‗rtasidagi tashkilotlardir. Ular 
mustaqil yashay olmaydiganlar uchun mo‗ljallangan. Davlat turar joylariga 
nisbatan ularning afzalligi ularda oilaviy muhit yaratilib, individual parvarishlash, 
oila kabi munosabatda bo‗lish va uni saqlash imkoniyatlariga ega. Bulardagi 
xizmatlar qiymati ixtisoslashgan davlat muassasalariga nisbatan arzon bo‗ladi.
Oila turidagi turar joylar 1979-yilda AQSh da sog‗liqni saqlash va ijtimoiy 
xizmat vazirligi tashabbusi bilan tuzilgan. O‗shandan beri ko‗pgina davlat 
organlari bu dastur bo‗yicha ishlaydilar. 
Odatda bunday tashkilotlarda oliy ma'lumotga ega o‗rta yoshli ayollar 
ishlab, ularning faoliyat motivlari quyidagilar: altruizm, kimgadir g‗amxo‗rlik 
qilish istagi, yolg‗izlikdan qochish. Pul ham motiv bo‗lishi mumkin,ammo bunday 
insonlar bunday qiyin ishda uzoq ishlamaydilar. Ishlayotgan ayollarga mijoz 
mablag‗laridan to‗lanadi (pensiya. Nafaqa). Ammo agarda mijozning doimiy 
daromadi bo‗lmasa to‗lashning boshqa shakllari masalan homiylik badallari 
mavjud. So‗nggi yillarda AQSh da oila turidagi turar joylarda xizmat 
ko‗rsatiladigan aholi toifalari kengayib, mijozlari bo‗yicha ular ajratilmoqda. 


99 
3. Keksalar va katta yoshli shaxslarga uyda yordam ko‗rsatishning ijtimoiy 
tizimi Bu tizim davolash va parvarishlashdan iborat. Masalan Shvetsiyada keksa 
insonning rdamga muhtojligi tekshirilgandan so‗ng xona tozalash, ovqat 
tayyorlash, shaxsiy parvarishlash, mahsulotlar xarid qilishda yordam ko‗rsatiladi. 
Uyda davolash mijoz berkitilgan ma'lum kasalxona va poliklinika hamshiralari, 
enagalar, shifokorlari tmonidan amalga oshiriladi.
Parvarishlash va davolash bo‗yicha keksalar ehtiyojlarining katta qismi 
ularning yaqinlari tomonidan ta'minlanib, norasmiy asosda yordam ko‗rsatiladi. 
Ba'zi holatlarda mahalliy hokimiyat organlaridan yaqinlarga kompensasiya 
to‗lanadi.
Keksalar bilan ijtimoiy ishning amaliyoti BMT Bosh Assableyasida 1991-yil 
16-dekabrda qabul qilingan tamoyillarini amalga oshirishga yo‗naltirilgan
21
.
18 ta tamoyil 5 ta guruhga birlashtirilgan: 
1.
Mustaqillik tamoyillari guruhi shundan iboratki, oila va jamiyat 
tomonidan ularning daromadlarini ta'minlash orqali asosiy boyliklarga (ovqat, suv, 
uy, kiyim, tibbiy xizmat) keksalarning foydalanish huquqi. 
2.
Ishtirok etish tamoyillari guruhi keksa insonlarning jamiyat hayotiga 
qo‗shilishi va jalb qilinishini, ularning farovonligiga tegishli siyosatni ishlab 
chiqish va amalga oshirishda faol ishtiroki , yosh avlodga o‗z bilimi va tajribasini 
yetkazishni xarakterlaydi.
3.
Parvarishlash tamoyillari guruhi keksa insonlar parvarishini a oila va 
jamiyat tomonidan himoyasini, optimal holatini saqlab turish va tiklash, kasalliklar 
rivojlanishining oldini olish maqsadida tibbiy xizmat ko‗rsatishdan iborat. Bu 
guruh tamoyillari shuningdek ijtimoiy va huquqiy xizmatlardan foydalanish, har 
qanday ijtimoiy tashkilotda asosiy huquq va erkinliklardan foydalanishni ko‗zda 
tutadi.
4.
Ichki salohiyatni namoyon qilish tamoyillari guruhi shundan iboratki, 
keksa insonlarda ularning ichki salohiyatini har tomonlama rivojlantirish uchun 
21
United Nations Principles for Older Persons  
http://www.un.org/esa/socdev/iyop/iyoppop.htm
 


100 
imkoniyatlar mavjudligi, shuningdek ta'lim, fan, ruhiy dam olish sohasidagi 
jamiyat resurslariga kirishni anglatadi.
5.
Qadr-qimmat tamoyillari guruhi shuni ko‗zda tutadiki, keksa insonlar 
uchun qulay va xavfsiz hayot, jismoniy va ruhiy zo‗riqishlar yo‗qligi, ularning 
yoshi, irqi, jinsi, etnik tegishliligi, nogironligi, iqtisodiy holatidan qat'iy nazar 
adolatli munosabatni aks ettiradi.
Ijtimoiy xodimlar keksalik harakati bo‗yicha 2002-yilda Madrid xalqaro 
rejasida qabul qilingan keksalarning ijtimoiy himoyasi va yordami bo‗yicha 
tadbirlarni amalga oshirish uchun kuchlarni birlashtirgan holda harakat qilishlari 
mumkin. Bunda keksalar bilan ijtimoiy ish g‗oyalari faol va initsiativ insonlar 
bilan bo‗lgan teng hamkorik kabi bo‗ladi. Masalan 2002-yil noyabrda Umum 
Rossiya ijtimoiy xodimlar sezdida ―keksalar uchun ijtimoiy ish: professionallik, 
hamkorlik, javobgarlik‖ rezolyusiyasi qabul qilinib, bu Rossiya Federatsiyasida 
keksalar bilan munosabatda ijtimoiy xodimlar faoliyatining asosiy yo‗nalishlarini 
anglatadi.
22
.
2.
O‗zbekistonda azaldan kattalarga hurmat bilan munosabatda bo‗lish 
an'anasi shakllangan bo‗lib, buni yoshi katta erkak va ayollar bilan muloqotlarda 
ko‗rishimiz mumkin. 2015-yilda keksalarga g‗amxo‗rlik va e'tiborni kuchaytirish, 
ularning ijtimoiy himoyasini takomillashtirish, davlat va jamiyat tmonidan moddiy 
va 
ma'naviy 
qo‗llab-quvvatlash 
maqsadida 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining ―Keksalarni e'zozlash yili davlat dasturi to‗g‗risidagi‖ qarori qabul 
qilindi.
23

O‗zbekistonda katta yoshli shaxslar miqdori va aholining hayot davomiyligi 
oshishi kuzatilmoqda:: «Bugungi kunda mamlakatda 60 yoshdan oshgan 2 million 
873 ming kishi yashamoqda. Mustaqillik yillarida aholining o‗rtacha yashash davri 
1990-yildagi 67 yoshdan 73 yoshga, ayollarda 75.8 yoshgacha ko‗tarildi»
24 
22
Ижтимоий хизмат: профессионаллик, ҳамкорлик. Жавобгарлик ,. 
http://www.mintrud.ru
 
23
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2012-йил 18-февралдаги №ПҚ-2302 сонли ―КЕксаларни 
эъзозлаш йили давлат дастурини тасдиқлаш тўғрисидаги‖ қарори
24
Каримов И.А.Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 22-йиллигига 
бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси 05.12.2014//Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот 
хизматининг расмий сайти: 
http://www.press-service.uz
.: 2.июл 2015 й. 


101 
. Shunday qilib bugungi kunda respublikada 80 yoshdan oshgan 225 ming, 
90 yoshdan oshgan -44000, 100 yoshdan oshgan 8700 kishi istiqomat qilmoqda. 
O‗zbekistnda keksalarga ijtimoiy yordam bir qator me'yoriy xuquqiy hujjatlar shu 
jumladan «O‗zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish 
to‗g‗risidagi», «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‗g‗risidagi », «Fuqarolar 
sog‗ligini himoya qilish to‗g‗risidagi », «Vasiylik va homiylik to‗g‗risidagi » 
qonunlar bilan tartibga solinadi. Bundan tashqari «Aholining ijtimoiy himoyalash 
tizimini takomillashtirish va mustahkamlash bo‗yicha chora-tadbirlar to‗g‗risidagi» 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, «2011-2015-yillarda yolg‗iz 
keksalar, pensionerlar va nogironlarning ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish 
bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risidagi» O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarori, O‗zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy 
himoya qilish vazirligining davolash-ijtimoiy muassasalari to‗g‗risidagi nizomni 
tasdiqlash haqidagi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida 
ijtimoiy ko‗makka muhtoj keksalarga ijtimoiy yordam ko‗rsatish nazarda tutilgan.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin