110
Uchinchi guruh mamlakatlariga Niderlandiya va Italiya kirib, bu
mamlakatlarda ijtimoiy ta'minotning aralash tizimi taqdim etiladi. Ammo bu tizim
birinchi guruh mamlakatlari tizimiga yaqinroqdir. Ammo ma'lum bir farqlar ham
bor. Masalan Italiyada davlat kafolatlangan ijtimoiy minimum daromadlarni
to‗lash bo‗yicha o‗ziga majburiyatni olmaydi. Bunday kafolat alohida
mintaqalardagi bir qator mahalliy organlarga berilgan. Niderlandiyada aksincha,
ijtimoiy ta'minot juda yuqori darajada rivojlangan bo‗lib, tizim mamlakatning har
bir fuqarosini qamrab oladi.
To‗rtinchi guruhga Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya kiradi. Bu
mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi hozircha boshlang‗ich holatdi.
Bu mamlakatlarda kafolatlangan minimal daromad mavjud emas va barcha
fuqarolarga ham ijtimoiy xizmat ko‗rsatilmaydi.
Ko‗pgina yevropa mamlakatlarida ijtimoiy himoya ko‗p funksiyali sanaladi.
Qoidaga binoan u inson hayoti mobaynida duch keladigan 11 ta funksiyani
bajaradi.
Dostları ilə paylaş: