156
Ijtimoiy ishning metanazariy asosiga ko‗p o‗lchamli dialektik qoidalar va
jamiyat falsafasining g‗oyalari kiradi.
39
. Ijtimoiy ishning ijtimoiy-falsafiy
muammolar majmui doirasida individ va jamiyatning o‗zaro munosabati va o‗zaro
ta'siri, insonning hayotiy maqsad asoslari, jamiyatdagi, madaniyat va tarixdagi
uning o‗rni, sayyoramizning axloqiy va ekologik holati, sivilizatsiyalar
rivojlanishining tendensiyalari va istiqbollari, zamonaviy jamiyatda insonparvar
g‗oyalarni himoya qilish ko‗rib chiqiladi.
Bundan tashqari, falsafiy bilim ijtimoiy ishning dunyoviy konsepsiyasini
shakllantirish imkonini berib, u insonning o‗z ishonchiga, muvofiq-kritik, refleksiv
fikrlashiga, sezgilarning dolzarbligiga, boshqa insonlarga bo‗lgan axloqiy
munosabatiga, o‗zini dunyoning bir qismi deb bilishiga asoslanadi. Dunyoviy
asoslar mutaxassisning amaliy faoliyati uchun intelektual va axloqiy asos bo‗lib
xizmat qiladi, ularni o‗zlashtirish asosida ijtimoiy xodim o‗z bilim va malakasini,
qadri va hayotiy tajribasini, tuyg‗ulari va shaxsiy sifatlarini amalda ko‗rsata oladi.
Ijtimoiy fanlar nazariyasida odob, san'at, madaniyat, falsafa, tarixga qiziqish
o‗sib boradi va mazkur fanlar hamda faoliyat sohalari insoning muammolari, uning
qadri tizimi bilan tutashadi. Ijtimoiy ish doirasida refleksiyani amalga oshirishda
qiyinchiliklar paydo bo‗ladi: biz inson to‗g‗risidagi fanlarni birlashtirish, ma'lum
texnologiyalar va ish uslublari sinteziga aralashamiz. Ijtimoiy ish falsafasining
tezaurusi muammoli, maqsadli va semantik maydon, anglash, ekzistensiya va
holatiylikning muhim yo‗nalishlarini ko‗rsatadi.
Dostları ilə paylaş: