162
ifodalaydi, ikkinchidan dunyoda o‗zini aks ettiradi va ijtimoiy muammolarni hal
qiladi. Ijtimoiy sohada o‗zini anglash tizimi sifatida nafaqat shaxs, balki jamiyat
ham kirib, bunda refleksif tuzilmalar turli sub'ektlarning o‗zaro harakatini
boshqaruvchi barcha jarayonlarni aniqlaydi. Shunday qilib, jamiyatdagi xatar
ijtimoiy o‗zini tanqid qilish sifatida refleksiv o‗zini anglash zaruriyatini yaratib,
uning ishlashi natijalarini tahlil qiladi.
Ijtimoiy ishda refleksiya faoliyat konsepsiyasi sifatida ko‗rib chiqilib,
quyidagi tarkibiy qismlarga bo‗linadi: ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish bilan
bog‗liq ijtimoiy madaniy, mutaxassis va mijoz o‗zaro munosabatini yaxshilashga
qaratilgan kommunikativ ; guruh va shaxslarning ijtimoiy-ruhiy xususiyatlarini
tadqiq qilish bilan bog‗liq ekzistensial; amaliyotning innovatsion shakllarini
loyihalashtirishga yo‗naltirilgan intellektual; o‗zini tahlil qilish va o‗zini
rivojlantirish bilan bog‗liq shaxsiy
49
.
Fenomenologiya hayotiy dunyoni anglash usuli sifatida shaxslaaro
munosabatlar, anglash ob'ekti va sub'ekti sifatida inson va kichik guruhlar
muammolarini aks ettiruvchi ijtimoiy xizmat modelini tuzish imkonini beradi.
Shaxs va uning kundalik faoliyati uchun insonparvar g‗oyalarning ahamiyati mijoz
ijtimoiy tanlovi uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. Ijtimoiy soha xodimi uchun
harakatlantiruvchi kuch uning odobi bo‗lib, mutaxassis faoliyatidagi moslik va
uning hayotida axloqning namoyon bo‗lishi birlashadi. Ijtimoiy faoliyatdagi
timsollar ijtimoiy yordam va ko‗mak munosabatlarini paydo qiladi. Ammo
mutaxassis insonparvar g‗oyalarni A.Shyusu fikricha anglash holati va o‗z kuchi,
hayotiy tajribasidan olishi mumkin. Faqat shunday shaklda real ijtimoiy
hodisalarga insonlarni ko‗niktirish, ularning tushunchalari va harakatlarini
o‗rganish, ijtimoiy munosabatlarda o‗zaro harakatni ta'minlaydigan o‗xshash
tushunchalar orqali ijobiy o‗zgarishlar jarayoniga mijozlarni jalb qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: