O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/105
tarix24.10.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#160595
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi m

Somatik sog‘lik
– inson organizmi organlari va organlar tizimining joriy 
holati.Asosiy somatik sog‗lik bu insonning individual rivojlanishi biologik 
dasturidir. Bu dastur ontogenezning turli bosqichlarida asosiy ehtiyojlar vositasida 
tuziladi. Bazaviy ehtiyojlar bir tomondan inson rivojlanishining o‗tkazuvchi 
mexanizmi bo‗lib xizmat qilsa (uning somatik sog‗ligini shakllantirish), boshqa 
tomonda individuallashuvni ta'minlaydi.
Jismoniy sog‘lik
– inson sog‗ligi holatining murakka tuzilishida muhim 
komponent bo‗ladi. U murakkab biologik tizim kabi organizm xususiyatiga 
asoslanadi. Organizm biologik tizim kabi integral xususiyatlarga ega bo‗lib, uning 
alohida tarkibiy elementlari bo‗lmaydi. Bu elementlar o‗zidan tashqarida 
individual mavjudlikni saqlab tura olmasligi mumkin.
Bundan tashqari organizm o‗zini tashkil qilish hisobidan individual 
mavjudlikni saqlash qobiliyatiga ega bo‗ladi. O‗zini tashkil etish ko‗rinishlariga 
o‗zini yangilash, o‗zini boshqarish va o‗zini tiklash qobiliyatlari kiradi.
O‗zini yangilash tashqi muhit narsalari, energiya va axborot bilan 
organizmning doimiy o‗zaro almashuvi bilan bog‗liq. O‗zini yangilash jarayonida 
organizm o‗z tartibini saqlaydi va buzilishining oldini oladi.. 
Jismoniy sog‗lik o‗zini boshqarishga organizmning qobiliyatidir. Bracha 
vazifalarning takomillashgan kordinatsiyasi- tirik organizmning o‗zini boshqarish 
tizimini aks ettiradi. O‗zini boshqarish rivojlanish, hayotning biologik shakli 
mohiyatidan iborat. Biologik tizimning bu umumiy xususiyati fiziologik-
biokimyoviy yoki boshqa ko‗rsatkichlar, masalan tana harroratining doimiyligi, 
arterial bosmi darajasi, qondagi glyukoza miqdorini ma'lum va doimiy darajada 
belgilash va saqlash imkonini beradi. Tartiblilik darajasini saqlab turish 
organizmning ichki muhit- gomeostazisning tegishli dinamik doimiysida namoyon 
74
В.П. Петленко. Валеология асослари. 1-китоб. – СПб. 1998.- С.10. 


220 
bo‗ladi. (homeostasis
; grech. 
Homoios
– o„xshash + grech. 
Stasis

qo‗zg‗almaslik). 
Biologik tizimning o‗zini tashkil qilish shakli o‗zini tiklash qobiliyatida ham 
namoyon bo‗ladi. Bu xususiyat eng avvalo regeneratsiyada, shuningdek uning 
tashkil etishning barcha darajalarida ko‗pgina parallel regulyator ta'sir mavjudligi 
bilan asoslanadi. Bu parallellar hisobidan yetishmagan funksiyalarni qoplash 
buzilish sharoitida organizmning yashashiga imkoni berib, bunda hayot qobiliyati 
darajasi- uning jismoniy sog‗ligini aks ettiradi. 
Amaliy jismoniy sog‗lik- turli tashqi muhit omillariga moslashish imkonini 
xarakterlaydigan inson organizmining holati, jismoniy rivojlanish darajasi,
jismoniy yuklamalarni bajarishga organizmning jismoniy va funksional 
tayyorgarligidir.
Insonning jismoniy sog‗ligiga tegishli asosiy omillar quyidagilar:

Jismoniy rivojlanganlik darajasi; 

Jismoniy tayyorgarlik darajasi; 

Jismoniy yuklamlarni bajarishga organizmning funksional tayyorgarligi 
darajasi;

Organizmning turli tashqi muhit omillariga moslashishini ta'minlaydigan 
organizmning moslashuv zaxirasi darajasi va qobiliyati. 
Ruhiy sog‘liq
– insonning ruhiy holati. Ruhiy sog‗lik asosini axloqni adekvat 
tartibga solishni ta'minlaydigan umumiy ruhiy qulaylik holati tashkil qiladi.
Jinsiy sog‘lik
– insonning jinsiy borlig‗ining somatik, hissiy, intellektual va 
ijtimoiy jihatlari majmuasi, insonlar bilan muloqot qila olish va ularni sevishni 
oshiruvchi ijobiy holat.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin