O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/36
tarix13.05.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#57867
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta lim vazirligi m

Kartoshkaning  M-virusi  (KMV)  [R/1:*/6:E/E:S/Ap]  ham  karloviruslar 

oilasiga  mansub  bo‗lib,butun  dunyoda  tarqalgan.  Virusni  birinchi  marta  B.X. 

Nurmiste (1956) aniqlangan [11].Buvirus o‗simlikda bargning mozaikali buralishi 

kabi kasallik belgilarini keltirib chiqaradi va uchki yosh barglarda vegetatsiyaning 

birinchi yarmida yaxshi namoyon bo‗ladi [9,17]. KMV kartoshkaning L-virusidan 

farqi,  o‗simlikda  umumiy  xloroz  alomatlarini  keltirib  chiqarmaydi  hamda  barg 

elastikligi yo‗qolmaydi [17]. 

 

Virus    ipsimon  ko‗rinishda  bo‗lib,  o‗lchami  660



×

13  nm  ni  tashkil  etadi. 

Virionini  6% RNK, qolgan  94% ni   esa oqsil tashkil  etadi. Uning  HTFY  darajasi 

«paraktinkl»  shtammida  60°C,  tomirlar  orasi  mozaikasi  65-70°C  va  mozaikali 

buralish  shtammi  esa  70-75°C  da  o‗z  aktivligini  yo‗qotadi.  Virusning  OSD  10

-4 


bo‗lib, xona haroratida 2-4 kungacha saqlanadi [9,10]. 

 

KMV  mexanik  usulda  oson  yuqadi,  tabiiy  sharoitda  esa  o‗simlik 



shiralarining  Myzus  persicae  Sulz.  va  Myzus  pelargonii  (38%),  Masrosiphum 

solanifolii  Ashm.  kabi  turlari  yordamida  tarqaladi,  ammo  o‗simlikning  bir-biriga 

tegishi orqali  yuqmasligi aniqlangan [9]. 

 

Virus  D. metel  o‗simligida  8-14  kunda,   D. tatula  o‗simligida  esa3  kundan 



so‗ng  bargda  xloritik  dog‗larni  [12,17],  Vigna  siensis  va  Nicotiana  debneyi 

Domin.kabi o‗simliklarda10-14 kunda qoramtir doirasimon dog‗larni, Gomphrena 



globosa o‗simligida esa qizil halqali nekrozlarni keltirib chiqaradi [13]. 

 

Gollandiyada virusning uchta shtammi [22] aniqlagan bo‗lib, ular bir-biridan 

yuqumliligi  bilan  farqlanadi.  Tabiiy  sharoitda  KMV  botqoq  quddusi  (Stachus 

palustris  L.),  gultojixo‗roz  (Amaranthus  sp.),  pechak  (Convolvulus  arvensis), 

bo‗ztikan (Sonchus sp.) kabi o‗simliklarni kasallantiradi va ular tanasida saqlanadi. 

Virus  hosildorlikni  19,5%,  tuganak  tarkibidagi  kraxmalni  esa  0,9%  gacha 

pasaytiradi [9,13,17]. 

 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin