O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/36
tarix13.05.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#57867
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta lim vazirligi m

Kartoshkaning 

S-virusi 

(KSV) 

[R/*:*/6:E/E:S/Ap] 

kartoshka 

etishtiriladigan  barcha  mamlakatlarda  tarqalgan  bo‗lib,  ilk  bor  virusni  

Gollandiyada  1948-yili  KAVga  antizardob  tayyorlash  vaqtida  Van  Slogteren 

tomonidan  aniqlangan  [13,17].  Keyinchalik  virusni  shu  mamlakatda  Mare  de 

Braun  Ouboter  (1951)  va  A.  Rozendal  hamda  D.  Brustomlar  (1954)  toza  holda 

ajratib  olgan  va  golland  olimi  Slogteren    (Slogteren)  nomiga  S    harfi  bilan 

belgilangan [2,3]. Virus ko‗pgina kartoshka navlarida kuchsiz kasallik alomatlarini 

namoyon  qiladi,  ayrim  hollarda  bargning  rangsizlanishi  va  mozaika,  kuchsiz 

burishish,  bargning  kichrayishi  kabi  alomatlarini  namoyon  qiladi.  Ko‗pgina 

hollarda  boshqa  viruslar  bilan  aralashib  kelib  kasallikni  kuchaytiradi  va 

kartoshkachilikka katta zarar keltiradi [17]. 

 

KSV  ni  fizik-kimyoviy  xususiyatlarini  barchasi  kriptogrammasida 



keltirilgan,  chunki  bu  virus  boshqa  kartoshka  viruslarigan  qaraganda  kamroq, 

ayniqsa  RNK  sining  xususiyatlari  kam  o`rganilgan.  Uni  sistematik  o`rniga 

keladigan  bo`lsak,    KSV  karlaviruslar  oilasiga  mansub    bo‗lib  [20],  ipsimon 

ko‗rinishda, o‗lchami 650×12 nm ni [22], virionning 6% ni RNK, 94% ni esa oqsil 

tashkil  etadi.  HTFY  darajasi  50-60°C,  OSD  10

-3 


,  xona  haroratida  o‗simlikdan 

ajratilagan shirada 2-6 kungacha saqlanadi [55]. 

 

Bu  virus  kartoshka  tuganagida  saqlanadi  [4].  Tabiiy  sharoitda  o‗simlik 



a‘zolarining  bir-biriga  tegishi  va  ishqalanishi  hamda  bir  qator  o‗simlik  shiralari 

yordamida  tarqaladi[13].  Mexanik  usulda  yuqtirilganda  Chenopodium  album,  



Nicotiana  debney  kabi  o‗simliklarda    20    kundan  so‗ng  barg  yuzasida  sariq 

dog‗larni,  Caymopsis  tetrogonoloba  da  5-6  kunda,    Solanum  demissum  va 



Gomphrena  globosa    o‗simligida  esa  sariq  nuqtali  mozaika  kabi  kasalliklarni 

keltirib chiqaradi [17].  

 

Bu  virus  kartoshkadan  tashqari  bir  qator  o‗simliklarni,  jumladan:  qora 



kurmak  (Echinochloa  crus-gallii),  yalpiz  (Mentha  austriaca),  shovul  (Rumex 

acetosa),  qoqio‗t  (Taraxacum  officinalis),  o‗rtacha  zubturum  (Plantago  media), 

g‗ozpanja  (Polygonum  nodosum)  kabi  o‗simliklarni  kasallantiradi  [13]  va  ularni 

ko`plari  mazkur  virus  uchun  rezervatorlik  vazifasini  bajarishi  mumkin.  



9

 

 



Adabiyotlarda    bu  virus  hosildorlikni  10-20%  pasaytirishi  haqida  ma‘lumotlar 

keltirilgan [17,23]. 

 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin