O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

 
3.13-rasm. Mobil aloqa muhiti 
 
Mobil aloqa hizmatlari: soʻzlashuv, mobil internet va pochta. 
Mobil 
aloqa hizmatlari 

mobil aloqa vositalari yordamida abonentlarning 
soʻzlashuvi, mobil internet va pochta xizmatlari amalga oshiriladi. 
Soʻzlashuv
 – 
telefon raqami terilganda joriy mobil operator tayanch 
stansiyaning antennasi chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlarni 
aniqlaydi. Shundan soʻng ushbu axborot uzib ulagichga (kommutator) 
yuborilib ikkita abonent bogʻlanadi va ushbu abonentlar orasida soʻzlashuv 
(ma’lumot almashinish) amalga oshiriladi. Ya’ni ikkita harakatlanuvchi 
abonentning mobil telefonlar orqali oʻzaro muloqoti – soʻzlashuvdir. 
Mobil Internet – harakatdagi abonentlar uchun mobil aloqa 
tarmoqlari orqali Internet resurslaridan foydalanish texnologiyasidir. Mobil 
aloqa tarmoqlarida soʻrovlar va soʻzlashish ma’lumotlari axborotlarning 
paketli koʻrinishida uzatiladi. Bunda yuqori darajali xizmatni amalga 
oshirish, ayniqsa biznesni samarali boshqarish imkoniyati yaratiladi. Mobil 
Internetning qulayligi shundan iboratki, bunda foydalanuvchining qayerda 
va qanday holatda boʻlishidan qat’iy nazar u mobil aloqa tarmogʻi orqali 
Internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Mobil 
Internet xizmatidan foydalanish uchun maxsus simsiz modem qurilmasi 
yoki ushbu xizmat yoqtirilgan mobil telefon boʻlishi kerak. 


198 
Mobil pochta – Internet resurslaridan foydalangan holda abonentning 
mobil telefoni orqali shaxsiy elektron pochta xizmatidan foydalanish 
imkoniyati boʻlib, bunda Internet tarmogʻi yordamida oddiy elektron 
pochta xizmatidan foydalish kabi mobil telefonlar yoki boshqa mobil aloqa 
vositalari orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda elektron pochta xizmatidan 
foydalanish, ya’ni pochta xabarlarini olish, oʻqish va javob yoʻllash 
mumkin. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin