201
4G tarmoqlari
4G – bu uyali aloqa foydalanuvchilari uchun taqdim etiladigan uyali
aloqa xizmatidir, unumdorligi 3G xizmatidan 10 baravar tezroq. 4G mobil
tarmoqlarining eng muhim xususiyatlaridan biri yuqori tezlikdagi paketli
uzatmalarning ustunligi yoki kanallardagi trafikning koʻtarilishidir. 2G –
3G tarmoqlarida ishlatiladigan bir xil kodlar 4G
mobil yoki simsiz
tarmoqlariga nisbatan ham qoʻllaniladi, juda qisqa uchqunlarni aniqlash
ularning qisman yomon korrelyatsion xususiyatlari tufayli jiddiy muammo
boʻladi. Soʻnggi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, ochiq tizimlararo ulanish
(OSI) modeli asosiga qurilgan koʻp qatlamli an’anaviy tarmoq arxitekturasi
4G uyali tarmoq uchun
unchalik mos kelmasligi mumkin, bunda qisqa
paketli amaliyotlar kanallardagi trafikning asosiy qismi egallab oladi. Har
xil uyali telefonlardagi paketlar turlicha kanal xususiyatlariga ega
boʻlganligi sababli, qabul qiluvchi juda qisqa
vaqt ichida barcha zarur
algoritmlarni, jumladan kanalni baholash, barcha yuqori qatlamlar bilan
oʻzaro aloqa va boshqalarni bajarishi kerak.
Dostları ilə paylaş: