255
XX asrning 50-yillarida radioaktiv materiallar
bilan ishlash uchun
mexanik manipulyatorlar paydo boʻldi. Ular xavfsiz joyda boʻlgan operator
qoʻllarining harakatlarini taqlid qilishga muvaffaq boʻlishdi. 1960 yilga
kelib, yuqori radioaktivlik zonalarida namunalarni tekshirish va toʻplash
uchun
manipulyator, televizor kamerasi va mikrofon bilan masofadan
boshqariladigan gʻildirakli platformalarni ishlab chiqish amalga oshirildi.
Sanoat raqamli boshqaruv mashinalarining keng qoʻllanilishi
mahsulotlarni yuklash va tushirish dastgohlari
tizimlarida ishlatiladigan
dasturlashtiriladigan manipulyatorlarning rivojlanishiga turtki boʻldi. 1954
yilda amerikalik muhandis D.Devol almashtiriladigan kartochkalar
yordamida yuklash va tushirish manipulyatorini
boshqarish usulini
patentlashtirdi, natijada 1956 yilda D.Engelberger bilan birgalikda
dunyodagi birinchi sanoat robotlarini
ishlab chiqaruvchi sanoat
kompaniyasi «Unimation» (inglizcha Universal Automation)ni asos soldi.
1962 yilda Qoʻshma Shtatlardagi birinchi sanoat robotlari Versatran va
Unimeit dunyo yuzini koʻrdi va ularning ba’zilari 100
ming soatlik ish
vaqtini yengib oʻtib, hanuzgacha ishlaydi. Agar ushbu dastlabki tizimlarda
elektronikaning mexanika xarajatlariga nisbati 75% dan 25% gacha
boʻlgan boʻlsa, endilikda bu nisbat aksincha boʻldi.
Shu bilan birga,
elektronikaning yakuniy narxi barqaror ravishda pasayishda davom
etmoqda. 1970-yillarda robotli boshqaruv bloklarini
dasturlashtiriladigan
boshqaruvchilar bilan almashtirgan arzon narxlardagi mikroprosessorli
boshqarish tizimlarining paydo boʻlishi robotlarning
narxini qariyb uch
baravar kamaytirishga yordam berdi. Bu esa ularning sanoat ishlab
chiqarishining barcha tarmoqlarida ommaviy tarqalishiga turtki boʻldi.
Dostları ilə paylaş: