O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

 
5.
Kriptografik axborotni himoya qilish texnologiyasi – bu….? 
A. Kvant hisoblash 
B. Kvant aloqa 
C. Kvant sensorlar
D. Metrologiya 
 
 


286 
10 § Raqamli platformalar 
Reja

1.
Raqamli platformalar tushunchasi
2.
Raqamli platformalar turlari 
3.
Raqamli platformalar ekotizimi 
Raqamli transformatsiya raqamli platformalardan foydalanishga 
asoslangan biznes modellarining inqilobiy oʻzgarishi boʻlib, bozor 
hajmining oʻsishiga va kompaniyalarning raqobatdoshligiga olib keladi. 
3.36- rasm. 2020 yilda raqamli ko
ʻ
rinishi 
Raqamli platforma an’anaviy tarmoq va bozorlarni raqamli 
oʻzgartirishning asosiy vositasi, raqamlashtirish (raqamli avtomatlashtirish) 
va raqamli transformatsiya strategiyalarini ajratib turuvchi kun tartibidagi 
global markaziy tushunchadir. 
3.37- rasm. Raqamli platformalar xaritasi 


287 
2018 yilda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarning eng katta soni
Facebook, whatsApp, Youtubeda boʻlib, bir milliard foydalanuvchi 
chegarasini kesib oʻtdi va bular ma’lumotlar monopoliyasiga ega. 
3.38- rasm. Raqamli platformalardan foydalanuvchilar soni
Raqamli platformalardan faol foydalanadigan kompaniyalarning 
kapitallashuvi 2016 yilda 2011 yilga nisbatan sezilarli darajada oshdi va 
shu bilan General Electric, Exxon Mobile, Shell kabi gigantlarning oʻrnini 
bosdi. 
3.39- rasm. Kompaniyalarning kapitallashuvi


288 
3.40- rasm. Kompaniyalarning kapitallashuvi (2013-2018 yy.)
Raqamli platforma – bu raqamli hamkorlikning oʻziga xos va 
ixtisoslashtirilgan tizimini yaratishda asos sifatida foydalaniladigan 
texnologiyalar guruhidir. 
Raqamli platforma – ikki yoki undan ortiq oʻzaro bogʻliq boʻlgan 
ishtirokchilar guruhlari oʻrtasidagi almashuvlarni osonlashtirish orqali 
qiymat yaratadigan yuqori texnologiyali biznes-modeldir. 
Raqamli platforma – uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilari va 
iste’molchilari oʻrtasida oʻzaro foydali aloqalarni ta’minlaydigan korxona 
boʻlib, u ishtirokchilar uchun ochiq infratuzilmani ta’minlaydi va yangi 
qoidalarni oʻrnatadi. 
Raqamli platforma – ma’lumot bilan ishlash uchun raqamli 
texnologiyalar toʻplamidan foydalanish va mehnat taqsimotidagi 
oʻzgarishlar tufayli yagona axborot muhitida amalga oshiriladigan, 
sohaning (yoki faoliyat sohasining) koʻplab mustaqil ishtirokchilarining 
oʻzaro foydali algoritmik aloqalari tizimi hisoblanadi.
Raqamli platforma – buzilgan yangilik, bu axborot va qadriyatlar 
almashinuvi uchun foydalanuvchilarning koʻp qirrali oʻzaro ta’sirini 
ta’minlaydigan, umumiy tranzaktsion xarajatlarni kamaytirishga, biznes 
jarayonlarini soddalashtirishga hamda tovar va xizmatlar yetkazib berish 


289 
zanjirining samaradorligini oshirishga olib keladigan integratsiyalashgan 
axborot tizimi hisoblanadi.
88
Ikki yangi bir-biriga bogʻlangan harakatlantiruvchi kuchlar raqamli 
iqtisodiyotda, xususan, raqamli ma’lumotlar va raqamli platformalarda 
qiymat yaratishni tobora kuchaytirmoqda. 
Birinchi harakatlantiruvchi kuch juda katta miqdordagi mashinada 
oʻqiladigan ma’lumotlarni (raqamli ma’lumotlar) toʻplash, foydalanish va 
tahlil qilish imkoniyatidir. Ma’lumot oqimining tahminiy baholansa, 
Global Internet Protokol trafigi 1992 yildagi kuniga 100 gigabaytdan 2017 
yilda sekundiga 46000 gigabaytgacha oshdi; 2022 yilga kelib global 
Internet protokol trafigi sekundiga 150,700 gigabaytga etkaziladi. 
Ma’lumotlar toʻplaydigan, ma’lumotlarga qayta ishlov berish 
natijasida xulosalarni ishlab chiqadigan va ma’lumotlarni saqlash, tahlil 
qilish va modellashtirish bilan shugʻullanadigan kompaniyalarni oʻz ichiga 
olgan mutlaqo yangi ma’lumotlar qiymati zanjiri paydo boʻldi. 
Ma’lumotlar raqamli tahlilga aylantirilganda va tijorat maqsadlarida 
foydalanish uchun monetizatsiya qilinganida qiymat hosil boʻladi. 
Ma’lumotlar qiymat yaratish va saqlash uchun yangi iqtisodiy manbaga 
aylandi. Ma’lumotni boshqarish strategik ahamiyatga ega, bu esa 
ma’lumotlarni raqamli tahlilga aylantirish imkonini bergan holda qudratni 
oshirish va yangi raqobatdosh ustunliklarga erishishga asos boʻladi. 
Raqamli ma’lumotlar sun’iy intellekt, blockcheyn, Internet of Things, 
bulutli hisoblash, ma’lumotlar jadvali va barcha Internet xizmatlari kabi 
tez rivojlanayotgan raqamli texnologiyalarning tayanchidir. 
Ikkinchi harakatlantiruvchi kuch bu platformalashdir. Soʻnggi oʻn 
yillikda butun dunyoda ma’lumotlarga asoslangan biznes modellaridan 
foydalanadigan va mavjud sohalarda tub burilishlarni qiladigan koʻplab 
raqamli platformalar paydo boʻldi. Platformalarning kuchliligi, bozor 
kapitallashuvi boʻyicha dunyodagi eng yirik sakkizta kompaniyaning 
ettitasi platformaga asoslangan biznes modellaridan foydalanganligi bilan 
baholanadi. Raqamli platformalar Internetda oʻzaro ta’sir oʻtkazish uchun 
koʻplab tomonlar oʻrtasida aloqa mexanizmi boʻlib xizmat qiladi.
Platformaga asoslangan korxonalar ma’lumotlar iqtisodiyotida katta 
afzalliklarga ega. Ham vositachi, ham infratuzilma sifatida oʻzlarining 
88
 https://unctad.org/meetings/en/SessionalDocuments/tdb_ede4d2_ru.pdf 


290 
pozitsiyalariga koʻra, ular Internetdagi platformalar foydalanuvchilari 
faoliyati va ular oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik boʻyicha barcha 
ma’lumotlarni olishlari va qayd etishlari mumkin. 
Raqamli platformalarning oʻsishi ularning raqamli ma’lumotlarni 
toʻplash va tahlil qilish qobiliyatiga bevosita bogʻliq, ammo ularning 
qiziqishlari va xatti-harakatlari daromad olish uchun bunday ma’lumotlarni 
qanday qilib monetizatsiya qilishlariga bogʻliq. Internetda maqsadli 
reklama onlayn tarzda sotish, elektron tijorat platformalaridan foydalanish, 
an’anaviy tovarlarni ijaraga berish yoki bulutli xizmatlarni ijaraga berish 
orqali ma’lumotlar monetizasiya qilinadi. Ma’lumotlarning alohida 
qismlari qiymati kam yoki umuman yoʻq. Qiymat ma’lumotlar katta 
hajmda toʻplanganda hamda hukumatlar, korxonalar, tashkilotlar va 
shaxslarga ushbu ma’lumotlarga asoslanib tushunish va qaror qabul 
qilishga imkon berish uchun ishlov berilgandan soʻng paydo boʻladi. 
Demak, ma’lumotlarni toʻplash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, tahlil qilish 
va sharhlash qobiliyati raqamli platformalarga qiymat yaratishga imkon 
beradi. 
Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi bir qator global firmalar, 
shuningdek, Xitoy dunyodagi 70 ta eng yirik raqamli platformalarning 
bozor kapitallashuvining 90% ini tashkil etadi. Evropaning ulushi 4%, 
Afrika va Lotin Amerikasining ulushi 1%. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin