1.19-rasm. Qurilmalar soniga nisbatan traffik taqsimoti prognozi
34
IoT raqamli ma’lumotlarning nisbatan kichik paketlarini almashishni
talab qiladi va shuning uchun qurilmalar sonining tez oʻsishiga qaramay,
ularning trafikdagi oʻrni sezilarli darajada oshmaydi.
Bu
kichik
biznes
uchun
shuni
koʻrsatadiki,
smartfonlar
imkoniyatlarini kengaytiradigan, shaxsiy kompyuter va Internet TV ning
ba’zi funktsiyalarini oʻziga olishga imkon beradigan dasturiy ilovalarni
ishlab chiqish eng istiqbolli bozor segmentlaridan biriga aylanadi. Ularni
ishlab chiqish, muvaffaqiyatli milliy dasturlarni xalqaro bozorga
translyatsiya qilish kichik va oʻrta biznesni davlat tomonidan qoʻllab-
quvvatlashning istiqbolli va moliyaviy jihatdan samarali, iqtisodiy
yoʻnalishi hisoblanadi
35
.
Soʻnggi yillarda ma’lumotlar uzatishning portlovchi oʻsishi, bu 5G
ulanishining joriy etilishi bilan sezilarli darajada tezlashib, yangi avlod
texnologiyalariga oʻtishda tarmoqlarni modernizatsiya qilish zaruriyati,
boshqa tomondan biznes operatorlarining ishbilarmonlik marjalarini
kamayishi esa soha va tartibga soluvchi organlar uchun tobora murakkab
muammolarni keltirib chiqarmoqda.
34
https://www.cisco.com/
35
http://
xn--80aplem.xn--p1ai/analytics/Trendy-cifrovizacii-rost-raznoobrazia-ustrojstv/
76
AKT infratuzilmasining rivojlanishini ta’minlash qobiliyati va shu
bilan birga undan foydalanishning barcha sohalarida samaradorlikni
oshirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratish hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, yangi texnologiyalar, xizmatlar va ilovalardan
foydalanish natijasida kelib chiqadigan barcha yangi muammolar va
talablarni hisobga olgan holda axborot xavfsizligi va ma’lumotlarning
maxfiylik siyosatini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish talab etiladi.
Tartibga soluvchi organlar uchun oʻtkazilgan 17-chi global
simpoziumning koʻrsatmasiga koʻra, milliy xususiyatlar bilan birga,
boshqa mamlakatlarning ilgʻor tajribalari bilimlarni kengaytiradi va
tartibga solishni takomillashtirish yoʻllarini koʻrsatib beradi. Hujjat milliy
regulyatorlarni uchta toifaga boʻlingan oʻnlab dolzarb sohalarda tartibga
solish va amaliyotini kuchaytirishga hamda yanada takomillashtirishga
doir qoidalarni nazarda tutadi. Har bir toifa boʻyicha ayrimyoʻnalishlarni
koʻrib oʻtamiz.
I. E’tirof etilgan amaliyotlar asosida raqamli xizmatlardan arzon
foydalanish uchun me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash. Raqamli
xizmatlarning arzonligi koʻplab omillarga bogʻliqligini hisobga olib, yangi
raqamli bozorlar uchun amaldagi me’yoriy paradigmalarni qayta koʻrib
chiqish:
keng
polosali
va
AKT,
IP-protokolga
asoslangan
texnologiyalarni mavjudligini ta’minlash boʻyicha milliy raqamli siyosat,
strategiya va rejalarni qabul qilish va ulardan foydalanish;
yakuniy foydalanuvchilar uchun tarmoqqa ulanish va raqamli
xizmatlarni taqdim etishda sogʻlom raqobatni rivojlantirish; statsionar va
mobil tarmoqlarda raqamlar koʻchirilishini ta’minlash;
optik tolali milliy magistrallarning keng tarqalishini targʻib
qilish va agar kerak boʻlsa, ularni simsiz va sun’iy yoʻldosh aloqalari bilan
toʻldirish;
trafik almashish punktlari, shuningdek milliy va xalqaro
darajada kontent tarqatish tarmoqlarini yaratishni ragʻbatlantirish; bozorga
kirish uchun barcha darajadagi toʻsiqlarni bartaraf etish va ochiq tarmoqqa
kirish va infratuzilmani birgalikda ishlatish uchun imtiyozlarni joriy etish;
turli shakldagi infratuzilmani joylashtirishni osonlashtirish;
infratuzilmaga ulanish va ulashish uchun dominant operatorlarga oʻz
77
tarmoqlariga ulgurji va teng huquqli kirishni ta’minlash boʻyicha talablarni
ishlab chiqish; ratsional yondashuvlar asosida statsionar va mobil
tarmoqlarga ulanish uchun monitoring va stavkalarni belgilash;
davlat
tashkilotlari
va
mahalliy
jamoalar
tarmogʻini
kengaytirish uchun kompleks kirish strategiyalari, xizmatlari va
moliyalashtirish mexanizmlaridan foydalanish va yakuniy foydalanuvchi
toifalari uchun subsidiyalar kabi talabni ragʻbatlantirish choralarini koʻrish.
II. Raqamli xizmatlarning keng yoyilishini ragʻbatlantiruvchi tizimni
kelgusidagi koʻlamini kengaytirish. Hukumatlar va tartibga soluvchi
organlar raqamli xizmatlarning arzonligi va ulardan foydalanishni
ta’minlash uchun harakat qilishlari va quyidagi siyosat hamda qoidalarni
targʻib qilishlari kerak:
yuqori tezlikdagi keng polosali tarmoqlarga sarmoya kiritishni
tartibga solish va investisiya siyosatini ragʻbatlantirish;
qoʻshma
investisiyalarni
ragʻbatlantirish,
infratuzilmaga
joylashish, shu jumladan undan sheriklikdagi va milliy rouming
kelishuvlari asosida foydalanish, hamda xarajatlarni kamaytirish va
narxlarni pasaytirish uchun boshqa tarmoqlar va xizmatlar bilan hamkorlik
qilish;
raqobat raqamli xizmatlarning arzonligini ta’minlamagan
taqdirda mutanosib va shaffof tariflarni tartibga solish;
operatorlarning tariflarni pasaytirishga undaydigan soliq, fiskal
va boshqa imtiyozlarni joriy etish, shu jumladan infratuzilma uchun AKT
uskunalari,
shuningdek?
terminallar
va
yakuniy
foydalanuvchi
qurilmalarini bojxona toʻlovlaridan ozod qilish;
bozorga kirish hamda onlayn xizmat va dasturiy ilova
ta’minotchilarining ishlashini osonlashtirish; bulutli xizmat koʻrsatuvchi
provayderlar uchun keng polosali infratuzilmani rivojlantirish, tarmoq
xavfsizligi va ma’lumotlar maxfiyligini qoʻllab-quvvatlash orqali qulay
muhit yaratish;
xarajatlarni
kamaytirish
va
bulutli
boshqaruvni
takomillashtirish uchun hukumatga qarashli ma’lumotlarni qayta ishlash
markazlarini birlashtirish strategiyasini ishlab chiqish va ularni
rivojlantirishni investisiyalash;
78
etkazib beruvchilar va xizmatlarni tanlash va sifatni baholashga
imkon beradigan tartibga solish mexanizmlarini yaratish.
III. Beshinchi avlodni ragʻbatlantirish. Rasmiy yoki norasmiy
hamkorlikning oʻziga xos mexanizmlarini amalga oshirish uchun boshqa
tarmoqlarning regulyatorlari bilan aloqalarni oʻrnatish:
elektron tijorat va moliya, elektron hukumat va boshqalar kabi
tarmoqlararo xizmatlarning rivojlanishiga koʻmaklashish;
tartibga solishdagi muammolarni oʻrganish va prognoz qilish
hamda
raqamli
infratuzilma,
iqtisodiyot
va
jamiyatda
yangi
texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan siyosatni ishlab chiqishda
akademik tashkilotlar bilan bilan hamkorlik qilish;
yangi xizmatlarni ragʻbatlantirish boʻyicha innovatsion
choralarni koʻrish, shuningdek mahalliy jamoatchilikka mos keladigan va
mahalliy urf-odatlarni saqlaydigan dasturlar va ilovalar yaratish;
barcha raqamli koʻnikmalarni egallashga koʻmaklashish,
raqamli iqtisodiyot va jamiyatda yangi texnologiyalarning afzalliklarini
targʻib qilish.
Shuningdek, texnik reglamentning oʻrni va ahamiyatini, global
texnologik yutuqlar bilan hamqadam boʻlgan milliy kontseptsiyalar va
standartlarni ishlab chiqishning ahamiyatini ta’kidlash lozim. Busiz yagona
milliy tarmoq tarkibida uskunalar va tarmoqlarning oʻzaro ishlashini
hamda uning infratuzilma funktsiyalarini bajarilishini ta’minlash mumkin
emas.
2015 yilda BMT Bosh assambleyasining 70 yillik yubileyida “2030
yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish toʻgʻrisida”gi
Nizom qabul qilingan, unda iqtisodiy farovonlik, ijtimoiy integrasiya va
ekologik barqarorlikni 17 ta maqsad mavjud. Maxsus rezolyutsiyada (BMT
BA 70/184) ta’kidlanishicha, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
keng qamrovli va adolatli iqtisodiy oʻsishni va barqaror rivojlanishni
faollashtirish, raqobatbardoshlikni oshirish, axborot va bilimga ega boʻlish
imkoniyatlarini
oshirish,
qashshoqlikni
yoʻq
qilish
va
ijtimoiy
tabaqalanishni engishga yordam beradi. Konferentsiya yakunida qator
vazifalar belgilab olingan, jumladan:
Zamonaviy va xavfsiz AKT infratuzilmasini yaratish nuqtai
nazaridan – infratuzilma va xizmatlarning rivojlanishiga koʻmaklashish,
79
AKTdan foydalanishda ishonchni mustahkamlash va xavfsizligini
ta’minlash.
Qulay muhit nuqtai nazaridan – AKTning barqaror rivojlanishi
uchun qulay siyosat va tartibga soluvchi muhitni yaratish.
Ochiq raqamli jamiyat nuqtai nazaridan – barqaror rivojlanish
uchun insonlar va jamiyat imkoniyatlarini kuchaytirish maqsadida AKT va
dasturlarni rivojlantirish va ulardan foydalanishga koʻmaklashish
36
.
Raqamli rivojlanishga erishish uchun juda muhimdir. Raqamlashish
mamlakatlarning deyarli barcha iqtisodiy va ijtimoiy tarmoqlar va
manfaatdor tomonlar maqsadlariga ta’sir qiladi. Hozir dunyoda Internetga
ulanishi sust boʻlgan davlatlar va raqamlashtirish darajasi yuqori boʻlgan
mamlakatlar oʻrtasida katta tafovut kuzatilmoqda. Jumladan, kam
rivojlangan mamlakatlarda har besh kishidan bittasi Internetdan
foydalanadi, rivojlangan mamlakatlarda esa har besh kishidan toʻrttasi
Internetga ulanish imkoniga ega. Bu raqamli tengsizlikning yaqqol
isbotidir. Boshqa sohalarda, masalan raqamli ma’lumotlar va ilgʻor
texnologiyalar boʻyicha ushbu tafovut juda katta. Masalan, Afrika va Lotin
Amerikasida dunyodagi barcha ijara ma’lumot markazlarining yigʻindisi
5% kamroq. Daromadlarni taqsimlashdagi tengsizlik boʻyicha zarur
choralar qabul qilinmasa, bu faqat tafovut yanada oʻsishiga olib keladi.
Ba’zi global raqamli platformalar ma’lum darajada juda kuchli bozor
pozitsiyalariga ega boʻlishdi. Masalan, Internet uchun qidiruv tizimining
qariyb 90 foizi Google tomonidan zabt etilgan, Facebook dunyoning
uchdan ikki qismi ijtimoiy media bozorini egallagan va mamlakatlardagi
ijtimoiy tarmoqlar ichida uning platformasi eng ommabop deb hisoblanadi,
90% dan ortiq. Global onlayn chakana savdoning qariyb 40 foizi Amazon
tarmogʻi va uning filiallariga toʻgʻri keladi. Amazon veb-xizmatlari global
bulutli infratuzilma sohasidagi xizmatlar bozorining hissasiga deyarli teng.
Bir vaqtning oʻzida raqamli texnologik taraqqiyot juda katta boylikni
keltirib
chiqardi.
Shu
bilan
birga
shaxslar,
kompaniyalar
va
mamlakatlarning kichik bir guruhi oʻrtasida joriy siyosatni saqlashda va
mavjud qoidalarga koʻra, ushbu tendentsiya davom etishi mumkin, ammo
bu tengsizlikning yanada kuchayishiga olib keladi.
36
https://www.iksmedia.ru/articles/5458966-Mirovye-trendy-v-regulirovanii-IKT.html
80
Har yili Forbes jurnalining sharhlovchisi Daniel Nyuman yaqin
kelajak uchu eng muhim raqamli trendlar bashoratini beradi.
Texnologiyalar va raqamli transformatsiyalar boʻyicha dolzarb tadqiqotlar
unga «biz qaerga harakatlanyapmiz?», «biz nima uchun aynan oʻsha yerga
boryapmiz?» «qanday kutilmagan hodisalarga toʻqnash kelamiz?» kabi
savollarga aniqroq javob berishga yordam beradi. 2019 yilgi asosiy
trendlar oldin yilgi tendentsiyalarga asoslanadi. Ammo, albatta, bir nechta
qoʻshimchalar mavjud. Aytish mumkinki, ushbu oʻnta gʻoyalar oʻz
bizneslarini rivojlantirmoqchi boʻlgan tashkilotlar uchun kompas boʻlib
xizmat qiladi. Yodda tutish kerakki, texnologiyaning oʻzi raqamli
konversiyaga teng kelmaydi. Barcha investitsiyalarning markazida
biznesning uzluksizligi bilan birga mijoz, muhit va ishchilar turadi.
Demak, g]oyalar oʻnligida mobil 5G tarmoqlari yetakchilik qilmoqda.
Endilikda nihoyat 5G dan keng foydalanish boshlanadigan nuqtada
turibmiz. Agar texnologiya yangiliklarini kuzatib boradigan boʻlsak, tez
orada Qualcomm, Intel, Nokia, Ericsson, Samsung va Huawei kabi
kompaniyalar bilan doimiy va sinovli tajribalar olib borilmoqda. 5G ni
shaharlarda ham, qishloq joylarda ham rivojlantiradigan Mimosa Networks
kabi yangi kompaniyalar paydo boʻlmoqda. Bu 5G uyali aloqa operatorlari
doirasini kengaytirishga yoʻl ochadi va smartfonlar foydalanuvchilari
yangi, yanada sifatli, tezkor va innovatsion xizmatlardan foydalanadilar.
Bu 5G va mobil qurilmalar uchun ayni muddao. 2018 yil 5G individual
ilova dasturlari ishlab chiqilgan yil boʻldi. 2019-2020 yillarda 5G
texnologiyalari mobil qurilmalarining imkoniyatlarini misli koʻrilmagan
darajada oshirdi. Top-10da keyingi oʻrinlarni chatbotlar (NLP – tabiiy tilga
ishlov berish); bogʻlangan bulutlar (ommaviy, shaxsiy, gibrid);
blockcheyn; tahlil qilish, mashinali oʻqish va sun’iy ong uchun
ma’lumotlar; ma’lumotni himoya qilishning umumiy qoidalari (GDPR);
VR va AR; Internet buyumlar (IoT)
37
kabilar egallaydi.
Chatbotdan foydalanayotgan yoki 2019 yil oxiriga qadar joriy qilgan
yirik korxonalarning ulushi 40 foizga etdi.
37
http://www.ntik.ru/press-center/forbes-top-10-trendov-tsifrovoj-transformatsii-na-2019-god/
81
Bogʻlangan bulutlar kompaniyalarning bulutli saqlashni, tarmoqli
bogʻlanishni, xavfsizlikni ta’minlash yoki ilova dasturlarini xohlashidan
qat’iy nazar, ularning oʻzgaruvchan ehtiyojlarini qondirish uchun
rivojlanishda davom etmoqda. Amazon va Alibaba kabi yirik bulutli
hisoblash provayderlari oʻzlarining shaxsiy bulutlarini taklif qilishadi (yoki
Google misolida, konteynerlar). 2017 yilda Cloud Technology Partnersni
IT xizmatlari bilan birga sotib olgan ikkala Microsoft Azure va HPE
hamda CloudHealth Technologies-ni sotib olgan VMware kompaniyalari
oʻzlarining e’tiborlarini bogʻlangan bulutlarga qaratishgan.
Blokcheynni ommaviy ravishda amalga oshirishning yagona yoʻli
har kim foydalanishi va tushunishi mumkin boʻlgan plug-and-play
versiyasini
yaratishdir.
IBMning
kalibrli
etakchi
texnologiya
kompaniyalari kriptovalyuta bozoridan tashqaridagi dasturlarda ham
blockcheynning yuqori imkoniyatlari haqida bong urishmoqda. Moliya
sohasi, ayniqsa tovarlarni tashish va xizmatlarni taqdim etish uchun
ilovalarni sinchkovlik bilan kuzatmoqda. Koʻplab zamonaviy ishlab
chiqaruvchilar 2019 yilda blockcheynni rivojlantirishda davom etdi.
Ammo uning haqiqiy qudratiga amin boʻlish uchun yana ikki yoki uch yil
kerak.
Ma’lumotlar – mahsulotlar, xizmatlar, xodimlar, strategiyalar va
boshqalar toʻgʻrisida toʻgʻri qaror qabul qiladigan kompaniyalar uchun
kalitdir. Microsoft, SAP yoki SAS kabi bir qator ma’lumotlarni biznes-
analitik axborotga aylantiradigan yetakchi kompaniyalarni bilamiz.
Mashinali oʻqishni tezlashtiradigan hisoblash quvvatining ortishi
bilan raqamli liderlar mashinali oʻqish va sun’iy intellekt orqali
ma’lumotlarni yaratishga investisiya kiritadilar. 2020 yilda samaradorlik
koʻrsatkichining 1% dan 3-4% gacha ortishi kuzatiladi – bu biroz
koʻtarilish kabi koʻrinsada, ammo aslida ma’lumotlardan foydalanishning
ommaviy oʻsishiga aylanadi.
2018 yilda kompaniyalarning qariyb uchdan bir qismi foydalanuvchi
toʻgʻrisidagi ma’lumotlarini koʻp qirrali himoya qilishga qaratilgan GDPR
(Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi umumiy reglament)ga
rioya qilmadi. AQShning mingga yaqin yangiliklar saytlariga Evropada
kirish mavjud emas/ Sababi asosan ma’lumotlarning xavfsizligi GDPR
talablariga javob bera olmaydi.
82
Xolding kompaniyalar maxfiylik va shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan
javobgarligi sababli GDPR yanada global tendentsiyani keltirib chiqaradi.
Virtual reallik (VR) juda ajoyib, ammo oʻyinlar va ixtisoslashtirilgan
ilova dasturlar joriy bozor sigʻimiga mos kelmaydi. Shu bilan birga,
kengaytirilgan reallik (AR) 2019 yilning eng yaxshi raqamli
transformatsiyalar tendentsiyasini boshqarishda davom etdi.
2018 yildagi top-oʻntalikka kirgan dastlabki toʻrtta tendentsiya
asosan Internet of Things, toʻldirilgan reallik , mashinali oʻqish va simsiz
ma’lumotlarni uzatish texnologiyalari Edge bilan bogʻliq. 2018 yilda
mazkur toʻrtlik yaxlit boʻldi, chunki bu texnologiyalar oʻzaro bir-biri bilan
chambarchas bogʻliq. Buyumlar Interneti rivojlanib borgan sari va ulangan
qurilmalar soni ortgani sayin, IoT-dan foydalanib olingan ma’lumotlar
bilan ishlash uchun koʻproq joy va ulanishlar kerakligi aniq boʻldi. Agar
ma’lumotlarni bulutda qayta ishlashga toʻgri boʻlsa, «aqlli shaharlar» va
avtonom transport vositalari toʻgʻrisidagi gʻoyalarni amalga oshirib
boʻlmaydi. Bu esa Edge dan foydalanishga koʻproq e’tibor qaratishni
anglatadi. Bugungi kunda real vaqt rejimida ma’lumotlarni qayta ishlashni
faqatgina ushbu texnologiya yordamida amalga oshirish mumkin.
Bozorda qancha koʻp takliflar mavjud boʻlsa, kompaniyalar uchun
IT-xizmatlarini tanlashda shunchalik murakkabliklar paydo boʻladi.
Bunday yondashuv kengayish imkoniyati, eng yangi texnologiyalar,
xaridlar siklining qisqarishi va manevrning kuchayishiga olib keladi.
Kompaniyalar ushbu ish uslubiga moyil boʻlishi juda muhim va 2019 yilda
yaqqol koʻzga tashlandi.
Dostları ilə paylaş: |