71
milliy raqamli dasturlar yoki raqamli strategiyalar raqamli iqtisodiyot va
hayotning boshqa jihatlarini raqamlashtirish bilan bogʻliq masalalarni oʻz
ichiga olgan keng koʻlamda muvofiqlashtirish uchun zaruriy vositaga
aylandi. Ushbu yondashuv raqamli transformasiyani barcha darajalarda
amalga oshirishga imkon beradi: alohida shaxslar, biznes va davlat sektori
uchun.
Jumladan, Germaniya oʻzining «Raqamli strategiya – 2025» da
iqtisodiyot va jamiyatni raqamli transformasiya uchun hukumat
faoliyatining 10 ta eng muhim yoʻnalishlarini belgilab beradi. Strategiyada
vaziyatni tizimli tahlil qilish, maqsad va vazifalarni belgilash,
ushbu
sohalarning har birida ularni amalga oshirish boʻyicha yondashuvlar va
chora-tadbirlar belgilanib, iqtisodiyot va umuman mamlakatning global
bozorda oʻz oʻrnini topishi uchun aniq natijalarga e’tibor qaratilgan. Bunda
tarmoqlararo muvofiqlashtirishni tashkil etish ham hisobga olingan. «
Raqamli strategiya – 2025» ning maqsadlaridan birinchisi milliy gigabit
optik tolali tarmoqni yaratish deb nomlanadi, chunki «yuqori samarali keng
polosali tarmoqlar raqamlashtirishning asosi va drayveri hisoblanadi va shu
sababdan Germaniyaning raqamli kelajagi uchun zarurdir».
Biroq, 2017 yil iyul oyida tasdiqlangan «Rossiya Federatsiyasining
raqamli iqtisodiyoti» dasturi boshqa G-20 mamlakatlarining dasturlaridan
farqli oʻlaroq, mamlakat iqtisodiyoti uchun yakuniy natijalarga
yoʻnaltirilgan emas va faqat «raqamli iqtisodiyot ekotizimi»ni
yaratishga
qaratilgan.
Telekommunikatsiyani liberallashuvi, raqamli muhitga oʻtish va
hamma sohada AKT keng yoyilishi bilan milliy tartibga soluvchi organlar
yangi sharoitlarga moslashmoqda, soʻnggi texnologik yutuqlarni hisobga
olgan holda maqsadlar va qoidalarni keng koʻlamli qayta koʻrib chiqib,
raqamli infratuzilma uchun yangi talablarlarga muvofiq yangilashni
amalga oshirmoqda.
Jahondagi raqamli trendlar tahlili asosida Xalqaro aloqa akademiyasi
(XAA) ushbu oʻzgarishlarni tavsiflovchi me’yoriy yondashuvlar shkalasini
aniqladi:
31
31
http://www.ita.org.ru/
72
1. Tartibga solish buyruq berish usullari (command & control) bilan
amalga oshiriladi va telekommunikatsiyalar davlat monopoliyalariga
tegishli boʻladi.
2. Telekommunikatsiyalarni xususiylashtirish va telekommunikatsiya
xizmatlari bozorini erkinlashtirish bilan bogʻliq tartibga solishning bozor
mexanizmlaridan foydalanish.
3. Investitsiyalarni, innovatsiyalarni
va keng polosali tolalarni
ragʻbatlantirishga qaratilgan tartibga solish. Kontentga va ilovalarga
kirishni tashkil etish hamda ularni etkazib berish va iste’molchilar
huquqlarini himoya qilishda raqobatni rivojlantirishni oʻz ichiga olgan
keng qamrovli kompleks tartibga solish yoʻnalishiga oʻtish.
4. Mamlakatda AKTdan foydalanishning yakuniy natijalariga –
pirovard iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlarga erishishga qaratilgan
integrallashgan tartibga solish.
5.
Birgalikdagi tartibga solish, AKTdan samarali foydalanishni
ta’minlash uchun ularning har bir qoʻllanilish sohalarida inklyuziv va
izchil yondashuv.
Agar 2007 yilda dunyodagi beshta mamlakatdan toʻrttasi birinchi
yoki ikkinchi darajani egallagan, faqat Belgiya 4-darajali tartibga solishga
erishgan boʻlsa, bugungi kunda dunyoning aksariyat mamlakatlari uchinchi
va toʻrtinchi darajadagi tartibga solishga oʻtib ulgurdi. 4-darajali
toifada
kamida 52 ta regulyator ishlaydi. Hozirgi vaqtda keng polosali aloqa, AKT
hayot va jamiyatning turli sohalariga integratsiyalashganida, tartibga
solishning beshinchi darajasiga oʻtish holatlari ham mavjud.
Qayd etish kerakki, Rossiya federasiyasida telekommunikatsiya va
AKT sohasini tartibga solish dastlabki ikki daraja orasida qoldi: bozor
allaqachon mavjud, ammo tartibga solish hanuzgacha ma’muriy asosda
amalga oshirilmoqda. 2007–2015 yillardagi 186 ta davlati toʻgʻrisidagi
ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan Xalqaro elektraloqa Ittifoqining «ICT
Tracker 2015» tahliliy hisoboti shundan dalolat beradi.
Tracker toʻrtta klaster boʻyicha guruhlangan 50 koʻrsatkichni oʻz
ichiga oladi: tartibga soluvchi organ (maqomi, funksionallik,
vakolatlar,
tartibga solish usullari); tartibga soluvchi mandatlar (nimalar tartibga
solinadi); tartibga solish rejimi (asosiy yoʻnalishlar boʻyicha tartibga solish
73
qanday amalga oshiriladi); raqobat tarkibi (majmuaviy bozorning asosiy
segmentlaridagi raqobat darajasi).
Bozorda va raqamli muhitda AKTni tartibga solishning tobora ortib
borayotgan rolini hisobga olgan holda, Xalqaro elektraloqa Ittifoqi
sohadagi eng ilgʻor tajribalarni umumlashtirish, tendentsiyalarni kuzatish
va umumiy tavsiyalar ishlab chiqish uchun milliy
regulyatorlar uchun har
yili global simpoziumlar oʻtkazadi. Shuningdek, AKTdan samarali
foydalanishni
ta’minlash
boʻyicha
qoʻshma
tartibga
solish,
muvofiqlashtirilgan yondashuvlarga oʻtish bugungi kunda dolzarb boʻlgan
keng polosali aloqa va AKTning keng tarqalgan tabiati bilan tavsiflanadi.
Jahonda iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalari ehtiyojlarini, shu
jumladan telekommunikatsiyani, shuningdek, davlat va ijtimoiy rivojlanish
ehtiyojlarini hisobga olishni talab qiladigan yangi tartibga soluvchi
paradigma
shallandi.
Rivojlangan
mamlakatlarda
an’anaviy
telekommunikatsiya regulyatorlari va boshqalar oʻzlarining faoliyat
sohalarida amalga oshiradigan tartibga solishni barcha bogʻlangan
ob’ektlar bilan samarali ish olib boradigan va AKT infratuzilmasining
sektorli nomuvofiqlikni bartaraf etadigan izchil,
hamkorlik tizimiga
aylantirish vazifasi turibdi.
Davlat institutlari raqamlashtirishning keng doirasi boʻyicha
umummilliy
strategiyalarni
amalga
oshirishi
uchun
zamonaviy
konsepsiyalar, qonunchilik va muvofiqlashtirish talab etiladi.
Raqamli
iqtisodiyot
segmentining
muvaffaqiyatini
(yakuniy
iste’molchiga yoʻnaltirilgan) yaxlit ravishda koʻrishga
Dostları ilə paylaş: