64
Internetning ba’zi jihatlari iqtisodiy tengsizlik va raqamli tafovutni
kuchaytirishga xizmat qilishi mumkinligi haqida dalillar mavjud.
Xavfsizlik;
Haqiqiylik;
Maxfiylik;
Kirishni nazorat qilish;
Oʻtkazmalarni tasdiqlash uchun isbotning mavjudligi;
Ma’lumotlar
yaxlitligi
(“Ma’lumot
biron
bir
tarzda
oʻzgartirilishi yoki buzilishi mumkinmi?”)
Ochiqligi.
Sanoat korxonalari tomonidan biznesni avtomatlashtirish uchun
foydalaniladigan bir qator axborot tizimlari mavjud:
• ERP (Eng.
Enterprise Resource Planning
) – korxonaning
resurslarini boshqarish boʻyicha AT;
• CRM (Eng.
Customer Relationship Management
) – mijozlar bilan
munosabatlarni boshqarish boʻyicha AT;
• BI (Eng.
Business Intelligence
) – biznes ma’lumotlarini yigʻish,
tahlil qilish va taqdim etish boʻyicha AT;
• ECM (Eng.
Enterprise Content Management
) – korxonada hujjat
aylanishi va axborotlarni boshqarish boʻyicha AT;.
• HRM (Eng.
Human Resource Management
) – xodimlarni
boshqarish boʻyicha AT;
• SCM (Eng. Supply Chain Management) – ta’minot zanjirini
boshqarish boʻyicha AT.
Oʻzbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiyot
tarmoqlarini
raqamlashtirishda,
shu
jumladan
elektron
tijoratni
rivojlantirishda muayyan natijalarga erishish imkonini berdi.
Shunga qaramay, mamlakatda elektron tijoratning toʻlaqonli bozorini
yaratishga, tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning
tashqi bozorlarga chiqishiga toʻsiq boʻlayotgan qator muammo va
kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Xususan:
29
birinchidan, elektron tijorat sohasidagi
munosabatlarni huquqiy
tartibga solishning amaldagi tizimi soha taraqqiyotining jadal sur’atlardagi
29
https://lex.uz/docs/-3744594
65
oʻzgarishlariga mos kelmaydi va oʻz navbatida aholi keng qatlami va
tadbirkorlik subyektlari uchun elektron tijoratdan foydalanish imkonini
ta’minlamaydi;
ikkinchidan, mahalliy tadbirkorlik subyektlariga tashqi bozorlarda
toʻliq raqobatlashish,
shuningdek, xarajatlarni optimallashtirish imkonini
bermayotgan elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni eksport
qilishning eskirgan byurokratik toʻsiqlari saqlanib qolmoqda;
uchinchidan,
elektron
tijoratni
rivojlantirishga
yoʻnaltirilgan
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayoni
lozim darajada yoʻlga qoʻyilmagan, bu esa iqtisodiyotni raqamlashtirish va
tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining toʻxtab turishiga olib kelmoqda;
toʻrtinchidan, mahalliy toʻlov tizimlarining
mashhur xorijiy
analoglari
bilan
integratsiyasi
yoʻqligi,
mamlakat
tadbirkorlik
subyektlarining elektron tijorat sohasidagi yetakchi xorijiy tashkilotlar
bilan toʻliq xalqaro hamkorlikda ishlashlariga, shuningdek, mahalliy
bozorning eksport salohiyati va raqobatbardoshligiga ta’sir qilmoqda;
beshinchidan, elektron tijorat imkoniyatlari
va afzalliklarini,
jumladan, tovarlar (xizmatlar) uchun, ayniqsa, joylarda naqd pulsiz hisob-
kitoblarni ommalashtirish darajasi pastligicha qolmoqda, bu esa xufyona
iqtisodiyot hajmining oshishiga va davlat budjetiga soliq tushumlarining
kamayishiga olib kelmoqda;
oltinchidan, amaldagi soliqqa tortish tizimi elektron tijorat sohasidagi
tadbirkorlik
subyektlari, jumladan, axborot vositachilari faoliyatini
kengaytirishni ragʻbatlantirmaydi, bu esa Internet tarmogʻi orqali
mahsulotlarni xufyona ayirboshlash hajmi oshishiga olib kelmoqda,
shuningdek, ushbu sohaga investitsiyalar va
zamonaviy texnologiyalarni
jalb qilishni cheklamoqda.
Dostları ilə paylaş: