61
Internet bilan bogʻliq elektron biznesning qismlari quyidagilarni oʻz
ichiga oladi.
1) Internetdagi biznes (Internet-provayder, kontent-provayder va
xizmat koʻrsatuvchi provayder). Internet atrofidagi biznes (apparat,
dasturiy ta’minot, veb-dizayn ta’minoti, dasturlash va tegishli xizmatlar,
firmalarning qayta sotilishi);
2) onlayn biznes (onlayn reklama, onlayn-doʻkonlar,
onlayn
auktsionlar, onlayn toʻlovlar, onlayn marketing, onlayn savdo,
ma’lumotlarga obuna boʻlish, onlayn ommaviy axborot vositalari).
Elektron biznesning eng muhim tarkibiy qismi bu elektron tijoratdir.
Elektron tijorat ostida kelishuvlarning har qanday shakllari nazarda
tutiladi, bunda tomonlar axborot tizimlari
va telekommunikatsiya
tarmoqlari texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalangan holda oʻzaro
hamkorlik qilishadi.
Elektron tijorat global biznes vositasidir. Bu kompaniyalarga etkazib
beruvchilar bilan yanada toʻliqroq aloqada boʻlish va mijozlarning
talablariga tezroq javob berishga imkon beradi. Kompaniyalarga geografik
joylashuvidan qat’i nazar etkazib beruvchilarni tanlash imkoniyati beriladi.
Demak, oʻrganilayotgan ikki tushuncha oʻrtasidagi farqni yana bir
bor ta’kidlaymiz. Elektron biznes – eng keng tarqalgan tushuncha boʻlib, u
sub’ektlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning har qanday shaklini oʻz
ichiga oladi. Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda bozor:
- ma’lumot almashish;
- bozor tadqiqotlarini oʻtkazish;
- aloqalarni oʻrnatish, masalan, potentsial
mijozlar va etkazib
beruvchilar oʻrtasida;
- sotishdan oldingi va sotishdan keyingi qoʻllab-quvvatlash, masalan,
mahsulotlar va xizmatlar, hujjatlar toʻgʻrisida batafsil ma’lumot taqdim
etish, mijozlar savollariga javoblar va h.k.;
- tovarlar va xizmatlarni sotish;
- elektron toʻlovlar, shu jumladan elektron toʻlov
tizimlaridan
foydalangan holda;
- mahsulotlarni tarqatish, shu jumladan etkazib berishni boshqarish
va jismoniy mahsulotlarni kuzatish va elektron tarzda tarqatilishi mumkin
boʻlgan mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri etkazib berish;
62
- virtual korxonalarni tashkil etish imkoniyati – qoʻshma
tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirish uchun alohida mutaxassislar guruhlari yoki
hatto mustaqil kompaniyalar;
- birgalikda boshqariladigan biznes-jarayonlarni amalga oshiruvchi
kompaniya va uning savdo sheriklari.
Elektron tijorat faqat elektron
tizimlardan foydalangan holda,
masalan, tovarlarni sotish yoki Internet orqali xizmatlar koʻrsatish bilan
cheklangan elektron biznesning tarkibiy qismlardan biri boʻlib, elektron
biznesda uning oʻrni salmoqli. (1.16-rasm)
Dostları ilə paylaş: