52
Elektron tijorat texnologiyalari tranzaktsion xarajatlarni kamaytiradi,
bu ham ishlab chiqaruvchilarga, ham iste’molchilarga vositachilarsiz
ishlashga imkon beradi. Bunga eng maqbul
narx takliflari va guruhli
xaridlarni qidirishni kengaytirish orqali erishiladi. Elektron tijoratning
shahar va mintaqaviy darajadagi muvaffaqiyati mahalliy korxonalar va
iste’molchilar elektron savdoni qanday qabul qilishiga bogʻliq
25
.
Biroq, elektron tijoratda kishilarning mijozlar
bilan bevosita aloqasi
yuz bermaydi. Mijozlar, shuningdek, onlayn
tranzaktsiyalar xavfsizligi
haqida qaygʻuradilar va odatda, avvaldan ma’lum boʻlgan chakana
sotuvchilarga sodiq qolishadi
26
.
Internet-doʻkonda tovarlarga buyurtma
berish misolida elektron
tijorat tamoyillarini koʻrib chiqamiz. Bunda quyidagi ketma-ketlikka amal
qilinadi:
Birinchi qadam – onlayn katalogni koʻrib chiquvchi xaridor
mahsulotni tanlashga qaror qiladi. Uning kompyuteri yoki mobil qurilmasi
brauzer orqali doʻkon joylashgan server bilan oʻzaro aloqa oʻrnatiladi.
Ikkinchi qadam – server foydalanuvchi soʻrovini qabul qilib, uni
buyurtmalarni qayta ishlash tizimidagi menejerga yuboradi.
Uchinchi qadam – menejer bazada
tovarlarning mavjudligi
toʻgʻrisida soʻrov yuboradi. Agar mahsulot yoʻq boʻlsa, u holda ishlab
chiqaruvchiga soʻrov yuboriladi, omborga etkazib berish vaqti aniqlanadi,
shundan soʻng mijozga aniq ma’lumotlar beriladi.
Toʻrtinchi qadam – agar tovarlar zaxirada boʻlsa, doʻkon xodimi
arizani koʻrib chiqishni davom ettiradi.
Beshinchi qadam – operatsiyani amalga oshirish uchun soʻrov
bilan
moliya tizimiga murojaat qilish – mijoz tomonidan toʻlovni amalga
oshirish.
Oltinchi qadam – moliyaviy tizim mijozning hisobvaragʻidagi
vaziyatga (mablagʻ yetishmasligi, nosoz karta va boshqalar) bogʻliq holda
tranzaktsiyani amalga oshirishga imkon beradi yoki bloklaydi. Agar
operatsiya muvaffaqiyatli boʻlsa, menejer ushbu bitimni tasdiqlaydi va
serverga xabar beradi.
25
Evans, Richard.
E-commerce, Competitiveness and Local and Regional Governance
in Greater Manchester
and Mersey side: A Preliminary Assessment // Urban Studies. — С. 947–975.
26
Online Retail Industry Profile: United States // Datamonitor Plc. — 2012. — С. 1–36.
53
Yettinchi qadam – server xaridorga toʻlov muvaffaqiyatli amalga
oshirilganligi, buyurtmaga ishlov berish uchun qabul qilinganligi
toʻgʻrisida xabar yuboradi.
Sakkizinchi qadam – buyurtma mijozning manziliga joʻnatish uchun
tovarlar saqlanadigan omborga yuboriladi.
Toʻqqizinchi qadam – logistika boʻlimi tovarlarni
xaridorga etkazib
beradi.
Oʻninchi qadam – ombordan buyurtma yuborilgandan soʻng, server
mijozga elektron pochta yoki telefon orqali (SMS) tovarlar yetkazilganligi
toʻgʻrisida xabar yuboradi.
Internet – bankingning ham onlayn servis algoritmi taxminan bir xil,
chunki xizmatlar moddiy tusga ega boʻlmasligi mumkin. Masalan, dastur
funktsiyalariga toʻliq kirish, elektron kitoblar va boshqalarni sotib olish.
Dostları ilə paylaş: