47
Tashkilotlar uchun
loyihaning kompaniyaga aloqadorligi toʻgʻrisida
tomonlarning shubhalari (salbiy anonimlik), internetda korxona faoliyatini
qonuniylashtirish va faoliyatidagi ba’zi bir qiyinchiliklar;
Iste’molchilar uchun
Internet orqali sotiladigan xizmatlarga
iste’molchilar ishonchsizligi
19
, tovarlarni qoʻl bilan «ushlash» mumkin
emasligi, sotib olingan mahsulotni
etkazib berishni kutish, tovarlarni
qaytarishda mumkin boʻlgan qiyinchiliklar va xarajatlar, mahsulotlarni
etkazib berish uchun qoʻshimcha xarajatlar;
Jamiyat uchun
firibgarlik uchun jozibador platforma (tarmoq
xavfsizligi darajasining pasayishi), oflayn-tijorat
korxonalarini bozordan
siqib chiqarishi;
Davlat uchun
hisobning «kulrang» tizimini yuritishda davlat
byudjetiga soliq toʻlovlarining toʻliq kelib tushmasligidan iborat.
Elektron tijorat zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylandi.
Iste’molchilar tobora koʻproq Internet orqali tovarlar sotib olmoqdalar va
tijorat tashkilotlari oʻzlarining tadbirkorlik faoliyatlarida ushbu tarmoqning
imkoniyatlaridan qandaydir tarzda foydalanmoqdalar. Internetda xarid
qilishning birinchi sababi – haftaning etti kunida
tunu kun xarid qilish
imkoniyatining mavjudligidadir.
Internetdagi internet doʻkonlarning 25 foizi WooCommercedan
foydalanishmoqda. 2020 yilda AQShdagi onlayn iste’molchilarning 61
foizi blogdagi tavsiyalar asosida xaridlarni amalga oshirishdi. Dunyo
boʻylab Internet foydalanuvchilarining 93,5 foizi Internet orqali mahsulot
sotib olgan.
2040 yilga kelib barcha xaridlarning 95%
elektron tijorat orqali
amalga oshiriladi.
AQShda 2020 yilda eng ommabop boʻlgan elektron tijorat saytlari:
20
Dostları ilə paylaş: