Amazon
- taxminiy trafigi oyiga 2,5 milliard tashrif
buyuruvchi;
eBay
- taxminiy trafigi oyiga 940 million tashrif buyuruvchi;
Walmart
- taxminiy trafigi oyiga 450 million tashrif
buyuruvchi;
19
Некоторые особенности электронной торговли: от «мифов» к «эффекту скольжения» / Т. Дианова //
Вопросы экономики / . — 2012. — № 05. — С. 139—146.
20
https://techblog.sdstudio.top/statistika-jelektronnoj-kommercii-2020-33-poleznye-statisticheskie-dannye-i-
fakty/#Obsaa_statistika_elektronnoj_kommercii
48
Craigslist
- taxminiy trafigi oyiga 420 million tashrif
buyuruvchi;
Etsy
- taxminiy trafigi oyiga 352 million tashrif buyuruvchi
Y-avlodning 59 foizi onlayn xaridlarni qilishda, avvalo, Amazonga
birinchi boʻlib murojaat qiladi.
Elektron tijorat sohasi har yili oʻrtacha 23 foizga oʻsmoqda. Biroq
pandemiya munosabati bilan 2019 yildan oʻsish sur’atlari kamaymoqda.
(1.14.-rasm)
1.14.-rasm. E-commerce: Oʻsish sur’atlarining pasayishi va
chakana savdo oʻrtasidagi farq
21
Elektron pochta orqali elektron tijorat statistikasini kuzatadigan
boʻlsak, iste’molchilarning 61% elektron brendlar bilan pochta orqali
bogʻlanishni afzal koʻrishadi. Elektron pochta marketingi investisiya
rentabelligi (ROI) 4400% ga teng, ya’ni sarflangan har bir dollar 44 dollar
olib keladi. AQShdagi 1000 ta eng yirik onlayn internet doʻkonlarining
58% “xush kelibsiz” elektron pochta xabarlarini yuboradi. Elektron pochta
orqali kompaniyalar daromadini 760% ga oshiradi. Tranzaktsion elektron
pochta xabarlari 8 barobar koʻproq ochiladi va 6 baravar koʻproq pul ishlab
topadi. Elektron pochta marketingi electron tijorat trafigining 20 foizini
21
https://merehead.com/ru/blog/trends-e-commerce-2020/
49
tashkil qiladi. Iste’molchilarning 60 foizi elektron pochta orqali yuborilgan
marketing xabarlari natijasida xaridlarni amalga oshirishdi.
Ijtimoiy tarmoqlari mavjud boʻlgan onlayn-doʻkonlarda savdo 32
foizga koʻp. Oʻrtacha elektron tijorat sayti haftasiga 4,55 ta xabarni
oʻzlarining Facebook sahifalarida nashr etadi. Xaridorlarning 74 foizi sotib
olish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda oʻzlarining ijtimoiy tarmoqlariga
tayanishadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi buyurtmalarning 85 foizi Facebookdan
keladi. Instagram foydalanuvchilari 75% reklama xabarini koʻrgandan
keyin saytga tashrif buyurgan. Instagramdan jalb qilingan mijozlar uchun
oʻrtacha buyurtma qiymati 65 dollarni tashkil etadi.
Mobil elektron tijorat statistikasini kuzatadigan boʻlsak, hozirda
barcha bayram xaridlarining 40% dan ortigʻi mobil qurilmalarda amalga
oshiriladi.
Qoʻshma Shtatlardagi Internet foydalanuvchilarining 82% onlayn
xarid qilish uchun mobil qurilmalardan foydalangan. Smartfon va planshet
egalarining 53% korporativ dasturlar orqali xarid qiladi. “Qora juma” va
“kiber dushanba” kunlari elektron tijorat savdosi 2018 yilda 2 milliard
dollardan ortgan.
Bepul yetkazib berish KOʻBning foydasini 46,5%ga oshiradi. Agar
hisob qaydnomasini toʻldirish talab etilsa, xaridorlarning 28 foizi zudlik
bilan xaridlarini toʻxtatishadi. Kassaning optimallashtirilgan dizayni
konvertatsiya koeffisiyentini 35% ga oshirishi mumkin. 3 ta elektron tijorat
veb-saytidan 2 tasi savatchadan voz kechish sababli mablagʻini yoʻqotadi.
Mobil qurilmalarda savatchadan voz kechish darajasi eng past
koʻrsatkichga ega – 86%. Mobil qurilmalardagi sarflangan daqiqalarining
44% Internet-tijoratga toʻgʻri keladi. Har 3 foydalanuvchidan biri
mahsulotni Googleda qidirgandan keyin besh kun ichida sotib oladi.
Internetda eng koʻp pul sarflaydigan TOP-10 mamlakat:
Xitoy - yiliga 672 milliard dollar.
AQSh - yiliga 340 milliard dollar.
Buyuk Britaniya - yiliga 99 milliard dollar.
Yaponiya - yiliga 79 milliard dollar.
Germaniya - yiliga 73 milliard dollar.
Frantsiya - yiliga 43 milliard dollar.
50
Janubiy Koreya - yiliga 37 milliard dollar.
Kanada - yiliga 30 milliard dollar.
Rossiya - yiliga 20 milliard dollar.
Braziliya - yiliga 19 milliard dollar.
Oʻzbekistonda Elektron tijorat jadal rivojlanmoqda. Elektron tijorat
subyektlari milliy reyestri – bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yil 14-maydagi «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida»gi PQ-3724-son qarori bilan joriy etilgan elektron tijoratning
mahalliy subyektlari haqidagi ma’lumotlarni oʻzida jamlagan yagona
elektron bank hisoblanadi.
Elektron tijorat subyektlari milliy reyestrini asosiy vazifalari va
yoʻnalishlari quyidagilardir:
- elektron tijorat ishtirokchilari toʻgʻrisidagi yagona elektron bankni
yaratish;
- elektron tijoratni joriy etish va rivojlanish holatini baholash, shu
jumladan, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilish samaradorligini
oʻrganish;
- elektron tijoratni samarali rivojlantirish uchun amaldagi
qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha maqsadli tahlil va takliflar
tayyorlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi
«Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-
3724-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasining axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi
«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi Milliy reyestrini
shakllantirish, saqlash va rivojlantirish boʻyicha vazifalarni amalga
oshirish belgilangan. Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar va xususiy
tadbirkorlar 2 foiz stavka boʻyicha yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar
hisoblanadi.
22
Elektron tijorat mijozlarga jugʻrofiy toʻsiqlarni engib oʻtishga va
ularga istalgan vaqtda, istalgan joyda tovarlarni sotib olishga imkon
yaratadi. Onlayn va an’anaviy bozorlar biznes yuritishda turli xil
strategiyalarga ega. An’anaviy chakana savdo doʻkonlari peshtaxtalari
cheklanganligi sababli kamroq assortimentni taklif qilishadi. Onlayn
22
https://e-tijorat.uz/
51
chakana sotuvchilar aksariyat hollarda inventarizatsiya qilishmaydi, lekin
buyurtmalarni toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchiga yuborishadi.
Narxlar strategiyasi an’anaviy va onlayn-doʻkonlar uchun ham farq
qiladi. An’anaviy chakana sotuvchilar oʻz narxlarini doʻkonga tashrif
buyuruvchilar soni, sotib olishning oʻrtacha narxi, amalga oshirilgan
bitimlar soniga va binolarni ijaraga olish narxlariga asoslanib oʻrnatishadi.
Onlayn doʻkonlar xaridlar sonini ham hisobga oladi, shuningdek, ular
etkazib berish tezligini ham baholay oladilar
23
.
Xavfsizlik rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda elektron
tijoratning asosiy muammosidir. Elektron tijorat xavfsizligi saytlar va
mijozlarni ruxsatsiz kirishdan, ma’lumotlardan foydalanishdan himoya
qiladi. Tahdidlar turiga quyidagilar kiradi: zararli kodlar, salbiy dasturlar
(reklama
dasturlari,
josuslik
dasturlari),
фишинг, xakerlik va
kibervandalizm. An’anaviy doʻkonlar, shuningdek, oflayn doʻkondan
tashqarida samarali aloqada boʻlish, xaridorlarni ushlab turish va sotishni
koʻpaytirish uchun mijozlarning ma’lumotlarini saqlash, sodiqlik
dasturlarini amalga oshirish va mijozlarni onlayn maydonga oʻtkazish
uchun onlayn-maydonning imkoniyatlaridan foydalanadilar.
Elektron tijorat mehnat bozoriga qanday ta’sir etadi degan savol
tugʻiladi.
Bir tomondan, elektron tijorat axborot xizmatlari, zarur dasturiy
ishlanmalar va raqamli mahsulotlar tufayli yangi ish oʻrinlarini yaratishga
yordam beradi. Boshqa tomondan, Internet-doʻkonlarning paydo boʻlishi
ishchi oʻrinlarining qisqarishiga ham olib keladi. Ish joylarini yoʻqotish
ehtimoli yuqori boʻlgan sohalarga bozor, pochta va sayyohlik agentliklari
kiradi.
Elektron tijoratning rivojlanishi, shuningdek, katta hajmdagi
ma’lumotlar, mijozlarning ehtiyojlari va ishlab chiqarish jarayonlarini
boshqarish uchun yuqori malakali mutaxasislarni talab qiladigan yangi ish
oʻrinlarini yaratadi. Ularni yuqori texnik mahoratga ega boʻlmagan
xodimlar band qila olmaydi
24
.
23
Li, Zhaolin. Online Versus Bricks-And-Mortar Retailing: A Comparison of Price, Assortment and Delivery
Time // International Journal of Production Research. — 2015.
24
Dostları ilə paylaş: |