68
5
§
Jahondagi raqamli trendlar
Reja:
1.
Globallashuv sharoitida raqamli tengsizlik.
2.
Raqamli texnalogiyalar bozorining tizimi va rivojlanish
tendensiyalari.
3.
Internet iqtisodiyot.
4.
AQSH, Yevropa Ittifoqiga kiruvchi mamlakatlardagi raqamli
iqtisodiyot indikatorlari.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
keng yoyilishi va
tarmoqlarning
global
oʻzaro bogʻliqligi insoniyat taraqqiyotini
jadallashtirish, raqamli tengsizlikni bartaraf etish va bilimlashgan jamiyat
barpo etish hamda barqaror rivojlanish uchun ulkan imkoniyatlar eshigini
ochadi.
AKT sohasidagi tartibga solish siyosati
zamonaviy sharoitlardan
kelib chiqqan holda milliy raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilishga,
raqobat, investisiya va innovatsiyalarni ragʻbatlantirishga qaratilgan
me’yoriy-huquqiy bazaga asoslangan boʻlishi kerak.
Yuqori rivojlanish sur’atlari, infokommunikatsiyalardagi texnologik
oʻzgarishlar, foydalanuvchilar sonining misli koʻrilmagan darajada ortib
borishi, iqtisodiyotni raqamlashtirish, davlat boshqaruvi va ijtimoiy sohani
rivojlantirish, toʻrtinchi texnologik ukladga oʻtish
mamlakatlarning
69
barqaror rivojlanishi, fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash uchun ushbu
sohada maqsadli yoʻnaltirilgan siyosatni talab qiladi.
Xalqaro elektraloqa ittifoqining ma’lumotlariga koʻra, dunyodagi
aksariyat mamlakatlar oʻz siyosatini Milliy keng polosali rejasi (National
Broadband Plan, NBP) orqali amalga oshirmoqda. Hozirda dunyoning 156
mamlakatida
bunday rejalar mavjud, ya’ni, jami davlatlar soniga nisbatan
80%. Ularning aksariyati yangi shart-sharoitlarga muvofiq keladigan
strategiyasini va NBPni qayta koʻrib chiqmoqdalar.
Jumladan, Xitoy uch yilga (2016–2018 yy.) moʻljallangan axborot-
kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishiga investitsiyalar boʻyicha harakat
rejasini qabul qilgan. Loyihaning umumiy miqdori 174,35 milliard dollarni
tashkil etib, asosiy yoʻnalishlari zamonaviy yuqori
tezlikdagi optik tolali
tarmoqlarni, mobil keng polosali kirish tarmoqlarini, global tarmoq
ob’ektlarini va ilovalarni rivojlantirishdir.
Buyuk Britaniyada Digital Britain rejasi amalga oshirilgan, bu
mamlakatning barcha aholisini keng polosali ulanish bilan ta’minladi va
keyinroq
«5G strategiyasi» chop etilgan. GFRda Germaniyani
raqamlashtirish boʻyicha yangi dastur amalga oshirilmoqda.
Hindiston
hukumati
tomonidan
hind
operatorlari
uchun
yangi
avlod
texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar ishlab chiqilgan.
2008 yilda Rossiya Federasiyasi ham Axborot jamiyatini
rivojlantirish boʻyicha strategiyasini qabul qilgan. Strategiyaning asosiy
vazifalaridan
biri
«zamonaviy
axborot–telekommunikatsiya
infratuzilmasini shakllantirish» deb nomlanadi. Buning uchun Rossiya
Federatsiyasi hududi boʻylab davlat-xususiy
sheriklik mexanizmlaridan
foydalangan holda, keng polosali ulanishni ta’minlash mamlakatning
yagona axborot (raqamli) makonini, shu jumladan milliy xavfsizlik
maqsadlarida shakllantirish koʻzda tutilgan edi. Biroq,
bu vazifa
bajarilmadi.
Uni amalga oshirish uchun asos boʻlgan – ishonchli zamonaviy
funktsional birlashtirilgan milliy telekommunikatsiya tarmogʻi zarur, lekin
u hali toʻliq shakllanmagan. 2017 yil iyulida tasdiqlangan «Rossiya
Federatsiyasining raqamli iqtisodiyoti» dasturi (2024 yilgacha), yangidan
70
(2030 yilgacha), avvalgisiga oʻxshash strategiya qabul qilindi, biroq ularda
yagona tarmoqni yaratish koʻzda tutilmagan
30
.
Dostları ilə paylaş: