89
“Ekotizim” atamasi biznes aylanmaga nisbatan yaqinda kirib keldi.
Ilmiy adabiyotlarda biznes ekotizimiga quyidagi ta’rif berilgan. Bu
tabiat xilma-xilligi boʻlgan atrof-muhit elementlarining
barqaror ochiq
tizimidir, ular oʻrtasida doimiy ravishda resurslar almashinuvi jarayonlari
boʻlib turadi, bu ham korporativ, ham mintaqaviy, milliy va integratsion
darajalarda ishlashning barqarorligini ta’minlaydi.
42
Umuman olganda, “ekotizim” atamasini ilmiy adabiyotlarda
qoʻllashning ma’nosi innovasiyalarni faol
yaratish va amalga oshirish
maqsadida tashkilotlar oʻrtasida yaqin hamkorlik aloqalari va oʻzaro
aloqalarni oʻrnatishga qaratilgan. Zamonaviy sharoitda chet ellik
mutaxassislar oʻzaro hamkorlik va sheriklikni afzal koʻrishadi. Darhaqiqat,
raqamli iqtisodiyotning ekotizimi – intellektual, ishlab chiqarish, axborot
va boshqa resurslarni birgalikda ishlatadigan va ularga kirish imkoniyatini
beruvchi kompaniyalar toʻplamidir. Resursni baham koʻrish barcha
manfaatdor tomonlarga ekotizim miqyosidagi
imtiyozlardan foydalanish
imkoniyatini beradi. Hamkorlik va oʻzaro aloqalardan tashqari,
ekotizimdagi tashkilotlar oʻrtasida raqobat mavjud, bu raqamli
iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlari tufayli ob’ektiv hodisadir.
Elektronika va dastur ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi (ARPE –
Assotsiatsiasiya
razrabotchikov
i
proizvoditeley
elektroniki)
mutaxassislarining fikriga koʻra, raqamli iqtisodiyot narxlar raqobatini
kuchayishiga va faoliyat koʻlamiga talablarning oshishiga olib keladigan
texnologiyalarni,
dizaynlarni, jarayonlarni keng standartlashtirish bilan
tavsiflanadi. Keng miqyosli va takrorlanadigan muvaffaqiyatli echimlarni
yaratadigan kompaniyalar bozorni oʻrta va eng yomon ishlab
chiqaruvchilar bilan boʻlishmaydilar, uni butunlay egallab olishadi. Har bir
segmentda bozorning 40 foizini boshqaruvchi etakchi daromadning 80
foizidan
koʻprogʻini
oladi.
Yetakchi
kompaniya
va
qolgan
ishtirokchilarning investitsiya imkoniyatlarida ulkan, tobora kengayib
borayotgan boʻshliq paydo boʻlmoqda. Bozorlarni
monopollashtirish
42
Goloxvastov D.V. Ekosistema kak instrument sbalansirovannoy integratsii interesov ekonomicheskix agentov
v usloviyax tsifrovoy ekonomiki. [Elektronniy resurs]. – Rejim dostupa:
http://izron.ru/articles/sovremennyy-vzglyad-na-problemy-ekonomiki-i-menedzhmenta-
sbornik-nauchnykh-
trudov-po-itogam-mezhduna/sektsiya-2-ekonomika-i-upravlenie-narodnym-khozyaystvom-spetsialnost-08-00-
05/ekosistema-kak-instrument-sbalansirovannoy-integratsii-interesov-ekonomicheskikh-agentov-v-usloviyakh/
90
jarayoni, oligopolistik tuzilmalarning paydo boʻlishi, mamlakatlarning
jahon bozoridagi ixtisoslashuvini mustahkamlaydi
43
.
Ekotizim
murakkab
tuzilishga
ega.
Ekotizimning
tarkibiy
elementlarini tushunishda turli xil yondashuvlar mavjud.
Ekotizimni qator quyi tizimlar toʻplami sifatida tasavvur qilish
mumkin:
texnologik quyi tizim (kichik innovatsion korxonalar, startaplar,
texnoparklar, biznes-inkubatorlar, akseleratorlar, klasterlar, assotsiatsiyalar
va boshqalar);
moliyaviy quyi tizim (rivojlanish
institutlari, venchur investorlar,
venchur fondlari, biznes farishtalari, kraudfanding saytlari, banklar va
boshqalar),
ilm-fan va ta’limning quyi tizimi (universitetlar,
ilmiy-tadqiqot
institutlari, ilmiy laboratoriyalar, yirik kompaniyalar tadqiqot boʻlimlari);
axborot
quyi
tizimi
(axborot
markazlari
va
portallari,
konferentsiyalar, yarmarkalar, konsalting agentliklari va boshqalar);
kadrlarni qayta tayyorlash quyi tizimi;
innovatsiyalar
transferi
quyi
tizimi
(texnologiyalar
uzatish
markazlari,
muhandislik
markazlari,
eksperimental
konstruktorlik
byurolari, patentlash, ekspertiza va sertifikatlashtirish tashkilotlari va
boshqalar) va boshqalar.
Mualliflar
ushbu
yondashuvni
oqilona
va
har
qanday
infratuzilmaning mohiyatini aks ettiruvchi deb bilishadi.
RAEK tahlilchilarining fikriga koʻra, raqamli iqtisodiyotning
ekotizimi –raqamli (axborot) texnologiyalar yordamida qoʻshimcha qiymat
yaratiladigan bozor segmentlaridir. Ekotizim uning xablarga ajralishi orqali
koʻrib chiqiladi. Hab (inglizcha, hub, soʻzma-soʻz - gʻildirak uyasi,
markaz), umumiy ma’noda, qandaydir tarmoqning tuguni degan ma’noni
beradi.
44
43
ARPE rasskazala o tsennosti ekosistem dlya razvitiya tsifrovoy ekonomiki v Rossii. [Elektronniy resurs]. —
Rejim dostupa:
http://arpe.ru/news/ARPE_rasskazala_o_tsennosti_ekosistem_dlya_razvitiya_tsifrovoy_ekonomiki_v_Rossii/
44
[Электронный ресурс].— Режим доступа: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A5%D0%B0%D0%B1
91
Olimlar 7 ta xabni ajratib koʻrsatadilar: davlat va jamiyat; marketing
va reklama;
moliya va savdo; infratuzilma va aloqa; media va koʻngil
ochish; kiberxavfsizlik; ta’lim va kadrlar
45
(2.3.-rasm.).
Dostları ilə paylaş: