2.4-rasm. Jahon internet trafigi diagrammasi
Raqamli transformatsiya barcha jarayonlar va oʻzaro ta’sirlarni
tezlashtiradi, ularni real vaqt rejimiga oʻtkazadi, bu esa barcha
aktor(ishtirokchi)larning oʻzaro bogʻliqligi va oʻzaro ta’sirini kuchaytiradi.
Tarmoqli oʻzaro aloqa, agar hamma hamma bilan bogʻlangan boʻlsa va real
vaqt rejimida ulanishlarni amalga oshira olsa, ishtirokchilardan tarmoqda
oʻzlarini aniq joylashtirilishi, roli va funksionalligini aniqlash talab etiladi.
Inson omilini koʻplab ijtimoiy-iqtisodiy munosabat jarayonlaridan
chetlashtiradigan buyumlar Internetining (IoT) rivojlanishi jismoniy va
raqamli olamni birlashtiradi, funktsiyalarning takrorlanishini diagonal
ravishda olib tashlaydi, sanoat chegaralarini yoʻq qiladi, ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytiradi (yoʻq qiladi), shu jumladan, «vertikal vaqt” va
tashkiliy tizim konturlarini texnologik jihatdan kengaytiradi.
Big Data analitikasi va sun’iy intellektning oʻsib borayotgan
imkoniyatlari yaqin vaqtlargacha texnologik jihatdan imkonsiz boʻlgan
sheriklikni kuchaytirmoqda (masalan, noan’anaviy ma’lumotlar skoringi,
B2B operatsiyalarini aqlli skoringi).
Bular yangi turdagi tashkiliy tuzilma – ekotizimning paydo boʻlishi
va kengayishi uchun zarur shartlardir.
Raqamli
iqtisodiyot
umuman
iqtisodiyotni
oʻzgartirmoqda.
Jumladan, fond birjasida savdolar bilan shugʻullanadigan robotlarni misol
95
keltirish mumkin. Robotlar oʻzgaruvchan sharoitlarga odamlarga
qaraganda tezroq javob berishga qodir, chunki ularda foydalilik va
xavflarni hisoblash uchun zamonaviy algoritmlar yaratilgan.
2019 yil iyul oyida McKinsey konsalting kompaniyasi kelgusi
yillarda hayotni, biznesni va global iqtisodiyotni oʻzgartirishi mumkin
boʻlgan texnologiyalar, jumladan, mobil internet, haydovchisiz mashinalar
va zamonaviy genomika haqida hisobotni taqdim etdi
47
.
Tahlilchilarning prognozlariga koʻra, 2025 yilga kelib, ushbu
texnologiyalarni joriy etishdan potentsial iqtisodiy samara 14-33 trillion
AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu prognoz asosiy potentsial imtiyozlarni,
shu jumladan nisbatan sifatli mahsulotlar va arzon narxlarni chuqur tahlil
qilishga asoslangan.
Hisobot quyidagi texnologik yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
Mobil Internet;
Avtomatlashtirish;
Buyumlar interneti;
Bulutli hisoblashlar;
Rivojlangan robototexnika;
Avtonom transport vositalari;
Keyingi avlod genomikasi;
Yangi energiya saqlash vositalari;
3D bosib chiqarish;
Yaxshilangan materiallar va yoqilgʻi;
Qayta tiklanadigan energiya manbalari.
Hozirgi kunda dunyodagi voqelikdan xabardor yirik kompaniyalar
raqamlashtirish, bulutli texnologiyalar va tarmoqni yangilashdan iborat
infratuzilmaga
e’tibor
qaratishmoqda.
Raqamlashtirish,
raqamli
iqtisodiyotning shakllanishi iste’molchilar, davlat va umuman jamiyat
uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochadi.
Raqamli iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dunyodagi etakchi
davlatlar qatorida Singapur, Xitoy, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya va
Daniya kabilarni sanab oʻtish mumkin. Mamlakatlar texnologiyalarni
raqamlashtirish va yuqori darajadagi tashabbuslarni amalga oshirdi.
Jumladan, 2014 yilda Singapur oʻzining Smart Nation kontseptsiyasini
47
https://news.myseldon.com/ru/news/index/213613787
96
asoslab berdi va ushbu kontseptsiyani amalga oshirish uchun biznes
hamjamiyatini taklif qildi. «Smart Nation» Kontseptsiyasi – davlat
korxonalari raqamli texnologiyalarni aholining kundalik hayotiga kiritish
orqali hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan. Ushbu kontseptsiyani amalga
oshirish uchun nafaqat yirik kompaniyalar, balki kichik va oʻrta biznes
vakillari ham jalb qilingan. Smart hisoblagichlar bilan jihozlangan shahar
bloklari datchiklar orqali elektr, suv va boshqalarning sarflanish
koʻrsatkichlarini real vaqt rejimida kuzatadilar. Olingan ma’lumotlar
hukumatga shahardagi suv iste’molini yaxshilash va toza suv import
qiladigan Malayziyadan qaramlikni kamaytirishga yordam beradi.
Sensorlar yordamida fuqarolar resurslarni sarflanishini kuzatib borishi va
uy xarajatlarini qanday kamaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berishi kerak.
Avvalo, dastur ishtirokchilari uy-joy, sogʻliqni saqlash (bemor uydan
chiqmasdan yordam olishi, masofadan turib shifokor bilan bogʻlanishi) va
transport
tarmogʻi
(haydovchisiz
avtomobillar
va
avtobuslar)
muammolarini hal qilish bilan shugʻullanishadi. Ushbu tizimlarning
barchasi birgalikda Virtual Singapur deb nomlangan ekotizimni hosil
qiladi. Shunindek, real vaqt birligida sayyohlar yoʻllardagi tirbandlikni
kuzatib borish, xavfsizlik kameralaridan ma’lumotlarni koʻrishlari
mumkin.
Dunyoning rivojlangan davlatlari iqtisodiyotida xizmat koʻrsatish
sohasi ustunlikka egaligi va ular asosida axborot texnologiyalarining paydo
boʻlishi bilan ajralib turadi. Biroq, jamiyat taraqqiyotdan toʻxtamaydi,
uning yanada rivojlanishi va xizmat koʻrsatish sohasining ishlab
chiqarishga nisbatan ustunligi ortib borishi, bunda axborot texnologiyalari
va IT sektori muhim rol oʻynay boshlaganligi, kishilarni har qanday
xizmatdan foydalanish mexanizmini sezilarli darajada soddalashtirdi.
Internetning rivojlanishi va global tarmoqqa kirish narxining pasayishi,
umuman, insoniyat hayotini va xususan iqtisodiyotini oʻzgartirgan haqiqiy
axborot (raqamli) inqilobiga aylandi.
Raqamli iqtisodiyot, ya’ni yangi imkoniyatlarning paydo boʻlishi,
albatta, inson hayotiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Raqamli texnologiyalarning
rivojlanishi tufayli iste’molchi kerakli xizmatlarni tezda olishi, Internet-
doʻkonlarda arzon narxlarda mahsulot sotib olib, pulni tejashga qodir.
97
Oxir-oqibat, iste’molchi hatto oʻz biznesini onlayn ravishda boshlashi,
uydan chiqmasdan tadbirkor boʻlishi mumkin.
Jahon banki 2016 yildagi hisobot-sharhida raqamli iqtisodiyot
mehnat unumdorligini oʻsishiga, kompaniyalarning raqobatbardoshligini
oshirishga, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishga, yangi ish oʻrinlarini
yaratishga, qashshoqlik va ijtimoiy tengsizlikka barham berishga yordam
berishini ta’kidlab oʻtilgan.
Zamonaviy jamiyatning rivojlanishi va raqamli muhit Oʻzbekiston
iqtisodiyotini global makonga kirishiga imkon beradi, chunki biznes sohasi
uzoq
vaqtdan
buyon
fuqarolar
bilan
hamkorlikda
raqamli
texnologiyalardan, shu jumladan raqamli valyutadan foydalanmoqda.
Jismoniy pullar bilan bir qatorda raqamli valyuta muomalada
qoʻllanilmoqda. Bu esa tovarlar aylanmasini sezilarli darajada oshiradi va
umuman iqtisodiyot rivojlanishida ijobiy dinamikani yaratadi.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi toʻliq globallashuvni, iqtisodiyot
sohalarida yuqori raqobat muhitini, malakali kadrlarning mavjudligini va
yuqori sifatli ta’limni, hayotning yangi sifatini, biznes va davlat
xizmatlarini, zamonaviy shaharlarda zamonaviy Internet infratuzilmasini
oʻrnatishni, aholining raqamli savodxonligini oshirishni va barcha
sohalarda IT mutaxassislarini muntazam ravishda oʻqitishni anglatadi.
Raqamli iqtisodiyotning muhim mezoni – davlat va kommunal
xizmatlarning sifatini yaxshilash va ularni taqdim etishda davlat
xarajatlarini kamaytirishdir. Shu bilan birga, davlat infratuzilmaning
barqarorligi va xavfsizligini kafolatlashi, aholining yuqori darajadagi
bilimlarini, shu jumladan raqamli savodxonligini ta’minlashi, raqamli
iqtisodiyotni barcha sanoat sohalari bilan bogʻlab turishi, eng muhimi,
xalqaro raqamli sanoatni milliy infratuzilmaga qoʻshishi kerak.
Shu maqsadda davlat texnoparklar, ilmiy-ishlab chiqarish klasterlari
va boshqa innovatsion loyihalarni yaratish, raqamli savodxonlik boʻyicha
fuqarolarni keng va arzon oʻqitish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, 5G
yoki undan yuqori tarmoqlar bilan Internetni qamrab olishni ta’minlash va
elektron hujjat aylanishini joriy etish boʻyicha ishlar olib borishi kerak.
Bularning barchasi davlatdan katta moliyaviy investitsiyalarni, korxona
ishchilari va aholini raqamli iqtisodiyot asoslariga oʻqitish uchun yuqori
98
malakali mutaxassislarni talab qiladi, lekin bu zamon va xalq xizmatiga
qoʻyiladigan ilgʻor axborot texnologiyalarining talabidir.
Oʻzbekiston hukumati raqamli iqtisodiyot dasturini davlatning
strategik rivojlanish rejasiga kiritdi, uning maqsadi respublikada toʻliq
raqamli muhit va raqamli maydon yaratishdir. Hukumatning fikriga koʻra,
aynan
iqtisodiyotni
«raqamlashtirish»
mamlakatga
global
raqobatbardoshlik va milliy xavfsizlik masalalarini imkon qadar tezroq hal
qilishga imkon beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy
Majlisga 2018 yil 28 dekabrdagi murajaatnomasida: «... 2019 yilda biz
raqamli
texnologiyalar
asosida
iqtisodiyotning
barcha
sohalarini
yangilashni
koʻzda
tutadigan
Raqamli
iqtisodiyotning
“Raqamli
Oʻzbekiston - 2030” milliy konsepsiyasini ishlab chiqishni boshlashimiz va
shu asosda dasturni amalga oshirishimiz kerak», - deya ta’kidlangan.
«Raqamli iqtisodiyot» mamlakat hayotining barcha sohalarini raqamli
makon bilan ta’minlaydi. Dasturning asosiy maqsadi mamlakatda raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun huquqiy, texnik, tashkiliy va moliyaviy
shart-sharoitlarni yaratish va keyinchalik xorijiy mamlakatlarning raqamli
iqtisodiyotlari bilan integratsiyalashuvidir. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki
mahsulotning kamida 30 foizga oʻsishini ta’minlaydi va korruptsiyani
keskin kamaytiradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlarning tahliliy izlanishlari
buni tasdiqlaydi. Mamlakat iqtisodiyotda raqamli formatga oʻtish dasturini
ishlab chiqishga kirishdi. Ushbu dasturning bosqichlari 2030 yilgacha
davom etadi.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha
tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sogʻliqni
saqlash va qishloq xoʻjaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda.
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy
mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada
rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish,
shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni koʻzda tutuvchi
220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan.
99
Respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy
iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, 2017
— 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat
dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan
manfaatdor vazirlik va idoralar, biznes hamjamiyati va ilmiy doiralar
vakillari hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan “Raqamli
Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi qabul qilindi.
Dostları ilə paylaş: |