O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

Raqamli iqtisodiyot ta’rifi 
Muallifi 
Raqamli iqtisodiyot – bu bizning voqeligimizni toʻldiruvchi 
virtual muhit 
V.Ivanov 
Raqamli 
iqtisodiyot 
– 
raqamli 
texnologiyalardan 
foydalaniladigan iqtisodiy ishlab chiqarish
R.Meshcheryakov 
Raqamli iqtisodiyot ma’lumot va ma’lumotning moddiy A. Kuntsman


87 
mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda, shuningdek, 
saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun raqamli 
texnologiyalardan faol foydalanishda rol oʻynashi bilan 
tavsiflanadigan zamonaviy iqtisodiyot turi 
Raqamli iqtisodiyot elektron mahsulotlar va xizmatlar ishlab 
chiqarish va ularni elektron tijorat orqali tarqatish asosida: 
«elektron mahsulotlarga ixtisoslashgan biznes ishlab 
chiqarish jarayonlarini, pul oʻtkazmalarini amalga oshiradi, 
shuningdek internet texnologiyalaridan foydalangan holda 
mijozlar bilan ishlash va ularni boshqarish bilan 
shugʻullanadi 
R.K.Asanov 
Raqamli iqtisodiyotning institutsional muhitining elementlaridan biri 
bu infratuzilma yoki ekotizimdir
38

Infrastruktura
(lotincha infra – “quyida”, “ostida” va lotincha 
structure – “tuzilma”, “joylashish”) – har qanday tizimning uzluksiz 
ishlashini ta’minlaydigan oʻzaro mustaqil tuzilmalar toʻplamidir. Atama 
1920-1930 yillarda harbiy sohada paydo boʻlgan. Umumiy ma’noda 
infratuzilma butun jamiyat yoki unga tegishli soha faoliyat koʻrsatadigan 
korxonalar, tashkilotlar, boshqaruv tuzilmalari majmuasidir.
39
Hozirgi vaqtda ilmiy adabiyotlarda «infratuzilma» atamasi bilan bir 
qatorda yoki uning oʻrniga «ekotizim» atamasi qoʻllanilmoqda. 
1993 yilda biznesga nisbatan ekotizim atamasi J. Mur tomonidan 
ishlatilib, uni biologiyadan iqtisodiyotga oʻtkazgan. 
Deloitte Consulting tomonidan nashr etilgan “Business Trends” 
hisobotida ekotizimlar oladigan turli xil subyektlardan iborat dinamik va 
hamkorlikda rivojlanayotgan jamoalar boʻlib, ular oʻzaro ta’sir va raqobat 
jarayonida yangi tarkib yarata olish hususiyatiga ega
40

Bir tomondan ekotizimlar barqaror va bardoshlidir, boshqa tomondan 
ular doimiy ichki dinamik jarayonlar va transformatsiyalar bilan ajralib 
turadi. Ba’zi tizimlar (masalan, dasturiy ta’minot (DT)) har doim nozik 
individualizatsiya yoʻnalishi boʻyicha rivojlanayotgan boʻlsa, boshqa 
tizimlar, masalan, texnologik infratuzilma, aksincha, kichik oʻyinchilarni 
38
https://bstudy.net/777130/ekonomika/ekosistema_tsifrovoy_ekonomiki 
39
Инфраструктура. [Электронный ресурс]. — Режим достуna:https://ru. Wikipedia.
40
Обзор новых бизнес-тенденций, или Экосистемы рынка труда. [Электронный ресурс]. -Режим доступа: 
https://habrahabr.ru/company/mbaconsult/blog/295502/


88 
birlashtiradi, singdiradi va boshqalarga resurslar, ma’lumot va 
platformalarni taklif etadi. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin