114
“Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot
tizimini rivojlantirish
doirasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari,
dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish boʻyicha qarorlar
buyurtmachini majburiy tarzda belgilash, shuningdek, axborot tizimlari va
ma’lumotlar bazalarini yaratish va keyinchalik qoʻllab-quvvatlashda
moliyalashtirish manbalarini aniq koʻrsatgan holda qabul qilinadi.
Davlat organlariga “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish
doirasida oʻz ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish va
qurish ta’qiqlanadi. Agentlikka xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan
bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan investitsiyalar masalalari
boʻyicha xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar oʻtkazish va
hamkorlik qilish huquqi berilgan.
Mazkur qaror bilan operator 2022-yil 1-yanvarga qadar:
operator zimmasiga yuklatilgan
vazifalarni amalga oshirish
uchun
olib
kiriladigan,
Oʻzbekiston
Respublikasida
ishlab
chiqarilmaydigan tovarlar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi
va bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi;
Vazirlik bilan kelishilgan holda harakatdagi uyali aloqa baza
stansiyalarini qurish (oʻrnatish) boʻyicha qurilish-montaj ishlarini parallel
ravishda loyihalashtirish bilan birga amalga oshirish, shuningdek,
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni foydalanishga
qabul qilish va ulardan foydalanish
uchun ruxsatnomalar olish
dalolatnomalarini parallel ravishda rasmiylashtirgan holda harakatdagi
uyali aloqa xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega;
eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali summasidan qat’i
nazar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olish uchun shartnomalar, shu
jumladan import shartnomalari tuzishga haqlidir.
2020-yil
28-aprelda
qabul
qilingan
PQ-4699-sonli
“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida
2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat
va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat
dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va
davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy
115
etish
va
telekommunikatsiya
tarmoqlarini
kengaytirish
orqali
respublika iqtisodiyotining
raqobatbardoshligini
yanada
oshirish
maqsadida
raqamli iqtisodiyot va
elektron
hukumatni
yanada
rivojlantirishning qoʻshimcha vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
1)
2023-yilga kelib raqamli iqtisodiyotning
mamlakat yalpi ichki
mahsulotidagi ulushini 2 baravarga koʻpaytirishni nazarda tutgan holda,
shu jumladan ishlab chiqarishni boshqarishda axborot tizimlari
kompleksini joriy qilish, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatda hisobot yuritishda
dasturiy mahsulotlardan keng foydalanish, shuningdek,
texnologik
jarayonlarni avtomatlashtirish orqali uni jadal shakllantirish;
2)
2020-2021-yillarda barcha sogʻliqni saqlash muassasalari,
maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, shuningdek, qishloqlar va
mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulash hamda aloqa
xizmatlari
sifatini
oshirishni
koʻzda
tutgan
holda
mamlakatning raqamli infratuzilmasini toʻliq modernizatsiya qilish va
zamonaviy
telekommunikatsiya
xizmatlaridan
barcha
hududlarda
foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
3)
2022-yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60
foizgacha yetkazishni nazarda tutgan holda davlat axborot tizimlari va
resurslarini yaratish hamda integratsiya qilish, davlat ma’lumotlar
bazalaridagi
axborotlarni
unifikatsiya
qilish,
shuningdek,
davlat
xizmatlarini koʻrsatish tartibotlarini optimallashtirish
va tartibga solish
orqali elektron hukumat tizimini rivojlantirish;
4)
dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va texnologik
maydonchalar yaratish orqali “raqamli tadbirkorlik”ni rivojlantirish, 2023-
yilga kelib ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va
ularning eksportini 100 million dollarga yetkazish;
5)
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni
keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur boʻlgan raqamli
bilimlarning darajasini oshirish, ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish,
shuningdek, “Besh tashabbus” loyihasini amalga oshirish doirasida 2022-
yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga oʻqitish
markazlarini ochish.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini
rivojlantirish
vazirligi
raqamli iqtisodiyot va
116
elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi
vakolatli organ hisoblanib,
raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish doirasida axborot
tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish
boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarning loyihalari va texnik hujjatlari
hamda normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini majburiy ekspertizadan
oʻtkazadi.
Mazkur qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Loyiha boshqaruvi milliy agentligida kripto-aktivlar va blokcheyn
texnologiyasini joriy etish boʻyicha vakolatlar saqlab qolindi. Va
“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tashkil etilib,
uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
1.
iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishga raqamlashtirish
jarayonlarining ta’sirini baholash;
2.
ekspertlar
hamjamiyati
bilan
hamkorlikda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida yangi
yoʻnalishlar va zamonaviy texnologiyalarni chuqur oʻrganish orqali ularni
davlat organlari va tashkilotlarida keng joriy
etish yuzasidan takliflar
ishlab chiqish;
3.
iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “aqlli” va boshqa istiqbolli
texnologiyalarni, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta
ishlovchi texnologiyalarni joriy etishning konseptual va uslubiy asosini
shakllantirish.
Shuningdek, mazkur qaror bilan 2020
–
2022-yillarda elektron
hukumatni yanada rivojlantirish boʻyicha jami 104 ta ustuvor loyihalar
roʻyxati ularni amalga oshirishga mas’ul vazirliklar kesimida tasdiqlangan.
Dostları ilə paylaş: