104
2
§
Jamiyatni raqamlashtirish muammolari va Oʻzbekistonda raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish xususiyatlari
Reja:
1.
Jamiyatni raqamlashtirish muammolari
2.
Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyotga o’tishning me’yoriy-huquqiy
asoslari
3.
Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning oʻziga xos
xususiyatlari
4.
2020 – 2022-yillarda elektron hukumatni yanada rivojlantirish
boʻyicha ustuvor loyihalar
Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, raqamli iqtisodiyot ob’yektiv
jarayon boʻlib rivojlanishga cheksiz imtiyozlar berishdan tashqari, bunda
muammolar ham koʻpchilikni tashkil etadi.
Raqamli iqtisodiyot deganda odatda raqamli texnologiyalardan
foydalangan holda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, sotish va
iste’mol qilish bilan bogʻliq har qanday iqtisodiy faoliyat, shuningdek
elektronikadan foydalanish, tijorat, veb va internet iqtisodiyoti tushuniladi.
Raqamli iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi bir qator
muammolarning
paydo
boʻlishiga
sabab
boʻlmoqda.
Avvalo,
ma’lumotlarga erishish va ularni yaratish bilan bogʻliq muammolarni aytib
oʻtish kerak. Ma’lumotlarni qayta ishlash va qoʻllash uchun yanada
tejamkor texnologiyalar talab etiladi. Shuningdek, tranzaktsiya xarajatlarini
kamaytirish (ma’lumot bilan bogʻliq xarajatlarni kamaytirish), ma’lumotni
qidirish,
qayta
ishlash
va
moslashuvchanlik
hamda
iqtisodiy
samaradorlikni oshirish ham muhim hisoblanadi. Ammo, tranzaktsion
xarajatlar ulushi pasaytirish va axborot texnologiyalari, axborotni himoya
qilish, uning ishonchliligini baholashni oshirish bir vaqtning oʻzida roʻy
berishi talab etiladi. Shuningdek, biznes faoliyatini onlayn rejimga
105
oʻtkazish vositachilar va agentlarga boʻlgan ehtiyojni pasaytiradi, ba’zan
hatto yoʻq qiladi. Shuni qoʻshimcha qilish kerakki, onlayn iqtisodiyot
mijozlar buyurtma beradigan individual buyumlar ommaviy ishlab
chiqarishga yoʻl beradi. Yana bir muammo shundaki, texnologik
innovatsiyalar,
raqamli
texnologiyalar
yangi
layoqatlarga
ega
mutaxassislarni talab qiladi. Jumladan, dasturchilar, marketologlar,
tahlilchilar va boshqalarga ehtiyoj paydo boʻladi. Oʻz navbatida bunday
mutaxassislarning yetishmasligi, koʻplab malakasiz ishchi joylarining
tugatilishi va daromadlarning tabaqalanishiga olib keladi.
Tashqi
manbalardan
olingan
ma’lumotlarning
xavfsizligini
ta’minlash ham muammolar sirasiga kiradi.
Ma’lumotlar an’anaviy ravishda haqqoniy va ishonchli (agar ular
uchta mustaqil manbadan tasdiqlansa) turlarga boʻlinadi. Bugungi kunda
ishonchli ma’lumotlar uchun oʻzaro mustaqil ma’lumot manbalarini
yaratish texnik muammoga aylandi. Umuman olganda, transformatsiya
muammolari, mahsulotdan tovargacha boʻlgan jarayonning ijtimoiy-
iqtisodiy natijalariga oid ma’lumotlar alohida tahlil va muhokama qilishni
talab qiladi.
Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida raqamlashtirishning poydevori
boʻlgan aloqa va axborotlashtirish sohasida qator ishlar amalga oshirildi.
Pochta aloqasini, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni
boshqarishni
yanada
takomillashtirish,
bozor
munosabatlarini
rivojlantirish,
mulkni
davlat
tasarrufidan
chiqarish
jarayonlarini
chuqurlashtirish va shu sohaga xorijiy sarmoyalarni jalb etish maqsadida,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 23 iyuldagi “Axborot
tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga
oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-1823-son farmoni imzolangan.
48
Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va
jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini,
kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda
joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib
borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada toʻliqroq qondirish, jahon axborot
hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand
48
http://mitc.uz/uz
106
boʻlishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” farmoni imzolangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar texnologiyalari davlat
qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida» 2012 yil 23 oktabrdagi PQ-
1836-son qaroriga muvofiq, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlarida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish
jarayonlarida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
jamgʻarmasining rolini oshirish va ishtiroki koʻlamlarini kengaytirish
maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 dekabrda “Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasini yanada
rivojlantirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida”gi
qarori imzolangan. Mazkur qarorda quyidagilar nazarda tutilgan:
Respublika axborot-kutubxona markazining faoliyatini;
axborot va pochta xavfsizligi, telekommunikatsiya tarmoqlari
tizimini, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish texnologiyalarini
joriy etishni, zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq axborot va
pochta
xavfsizligini
ta’minlash
boʻyicha
texnik
infratuzilmani
rivojlantirishni;
tanlov asosida tanlab olinadigan aloqa, axborotlashtirish va
telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rekonstruksiya qilish, ularni
rivojlantirish va kompyuterlashtirish boʻyicha loyihalarni amalga
oshirishni;
efirga ruxsat berilmagan chiqishlarning va davlat tuzilmalari radio
vositalariga toʻsqinlik qilishning oldini olish maqsadida radio chastota
spektridan foydalanish ustidan davlat nazorati uchun maxsus nazorat-
oʻlchov texnikasi sotib olish xarajatlarini qisman qoplashni;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining sifatli vositalarini va
mahalliy dasturiy mahsulotlarni, shu jumladan, ijtimoiy-koʻngilochar va
ta’lim
yoʻnalishidagi
dasturiy
mahsulotlarni
ishlab
chiqarish
infratuzilmasini rivojlantirishni;
qishloq joylarda xizmatlar koʻrsatuvchi aloqa, radioeshittirish va
televideniye tashkilotlariga vaqtincha moliyaviy yordam berishni;
107
Oʻzbekiston Respublikasining qishloqlari va chekka aholi
punktlarining
telekommunikatsiya
infratuzilmasini
maqsadli
qayta
jihozlash va yanada rivojlantirishni;
operatorlar va provayderlar tomonidan koʻrsatiladigan universal
aloqa xizmatlarini rivojlantirishni;
dasturlashtirish, tizimli ma’muriyatchilik, kompyuter dizayni,
animatsiyalar va axborot texnologiyalarining boshqa yoʻnalishlari boʻyicha
tanlovlar, musobaqalar va bellashuvlar oʻtkazish yoʻli bilan axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar faoliyatini
ragʻbatlantirishni;
litsenziyalar berilganligi, abonent raqamidan foydalanganlik uchun
mobil aloqa operatorlari tomonidan toʻlanadigan toʻlov, aloqa sohasida
faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan olingan jarima
sanksiyalarining undirishdan tushgan mablagʻlar summasining 5 foizi
miqdorida davlat boji Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi
byudjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish
jamgʻarmasiga
ajratilishi
boʻyicha
xarajatlarni
moliyalashtirishda
foydalanish.
Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot butun jahonda boʻlgani kabi
yangi soha sanalib, uni rivojlantirish boʻyicha keyingi yillarda bir qator
me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy chora-tadbirlar ishlab
chiqildi. 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-sonli “Oʻzbekiston respublikasida
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident
Qarorida Oʻzbekistonda iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish
borasida davlat tomonidan keng koʻlamli chora-tadbirlar koʻrilayotgani,
elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilgani, elektron toʻlovlar
rivojlantirilayotgani va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza
takomillashtirillayotgani
ta’kidlanadi.
Shuningdek,
ushbu
qarorda
keltirilganidek, axborot-texnologik platformalarda faoliyat koʻrsatadigan
raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, bu esa shunday platformalarning
yangi modellarini yaratish zaruratini taqozo etmoqda.
“Blokcheyn” texnologiyalari (ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri
texnologiyalari), “sun’iy aql”, superkompyuterlar imkoniyatlaridan
foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar boʻyicha faoliyat jahonning
koʻplab
mamlakatlarida
raqamli
iqtisodiyotni
rivojlantirish
108
yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. “Blokcheyn” texnologiyalari nafaqat
iqtisodiyotning koʻplab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga va
boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda.
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, raqamli
iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish,
investitsiya
muhitini
yaxshilash,
shuningdek,
2017–2021-yillarda
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi
boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida:
Quyidagilar raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish boʻyicha eng
muhim vazifalar hisoblanadi:
investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini
diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi
faoliyatni, jumladan mayning (turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va
komissiya yigʻimlari formatida mukofot olish imkonini beradigan
taqsimlash platformasini ta’minlash va yangi bloklar yaratish boʻyicha
faoliyat), smart-kontrakt (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda
amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda
tutuvchi elektron shakldagi shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash,
saqlash, taqsimlash, boshqarish, sugʻurtalash, kraud-fanding (jamoaviy
moliyalashtirish), shuningdek, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish va
rivojlantirish;
“blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish
sohasida
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan
foydalangan holda amaliy ish koʻnikmalariga ega malakali kadrlarni
tayyorlash;
kripto-aktivlar boʻyicha faoliyat va “blokcheyn” texnologiyalari
sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama
rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotda loyihalarni birgalikda amalga oshirish
uchun “blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish sohasida faoliyat
koʻrsatadigan yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni jalb qilish;
xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini hisobga olgan xolda
“blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish uchun zarur huquqiy bazani
yaratish;
109
raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion
gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat
organlari va tadbirkorlik subyektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasidagi
vakolatli organ hisoblanadi. “Blokcheyn” texnologiyalari joriy etiladigan
aniq faoliyat sohalari manfaatdor vazirlik va idoralarning takliflari
boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha
boshqaruvi milliy agentligi tomonidan belgilanadi. Raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishni va “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etishni nazarda
tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida majburiy
tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi lozim. Kripto-aktivlar aylanmasi maxsus
normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Yuridik va jismoniy
shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻliq operatsiyalari,
jumladan norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq
solinadigan obyekt hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan
daromadlar esa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq
solinadigan bazaga kiritilmaydi. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi
faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan
shaxslar tomonidan oʻtkaziladigan kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻlik
valyuta operatsiyalariga valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun
hujjatlari normalari tatbiq etilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “2018–2020-yillarda
“Blokcheyn” texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” quyidagilarni nazarda
tutadi:
a) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mazkur
faoliyatni tashkil etishning huquqiy asoslarini yaratish orqali joriy etish va
rivojlantirish, bunda kripto-aktivlarni mahalliy va xalqaro kripto-birjalarda
realizatsiya qilish imkoniyatini nazarda tutishni;
b) 2021-yil 1-yanvardan boshlab “blokcheyn” texnologiyalarini:
davlat organlari faoliyatiga, jumladan boshqa davlat organlari va
tashkilotlari bilan hamkorlik qilishda, davlat xaridlarini amalga oshirishda,
110
davlat xizmatlarini koʻrsatishda, shaxs toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni
verifikatsiyalashda tatbiq etishni;
davlat reyestrlari, klassifikatorlari va boshqa ma’lumotlar bazalarini
yuritishda, jumladan ularga kiritilgan axborotni yangilash va undan
foydalanishda joriy etishni;
ustav fondida davlatning ishtiroki ustuvor boʻlgan yirik tijorat
tashkilotlarining korporativ boshqaruvi tizimiga, jumladan biznes-
jarayonlarni takomillashtirish, ishlab chiqarish, ma’muriy va operatsion
jarayonlarni maqbullashtirish, shuningdek, zamonaviy menejmentni tatbiq
etish va resurslarni boshqarish uchun tatbiq etishni;
kliring operatsiyalarida, toʻlovlarni amalga oshirishda, savdoga oid
moliyalashda, shuningdek, loyihalarga kredit berishda joriy etishni.
Keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha izchil
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, davlat organlari va boshqa
tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik
shaxslarga xizmat koʻrsatish uchun elektron tijorat tizimlari bosqichma-
bosqich joriy etilmoqda. Shu bilan birga, sohadagi ishlar haqiqiy
ahvolining tahlili markazlashgan ma’lumotlar tizimiga integratsiyani
ta’minlaydigan yagona axborot-texnologik platformaning mavjud emasligi
natijasida joriy etilayotgan dasturiy hujjatlar tarqoq ekanini koʻrsatmoqda”,
deya ta’kidlanadi 2018-yil 21-noyabrda qabul qilingan PQ-4022-sonli
“Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani
yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident
Qarorida. Shuningdek, mazkur qaror bilan raqamli iqtisodiyotni jadal
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini
yanada takomillashtirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish,
zamonaviy infratuzilmani qoʻllash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli
iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ
hisoblanib, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan,
“blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish bilan bogʻliq loyihalarni davlat-
xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarning
mablagʻlarini jalb etish va birlashtirish asosiy vazifalaridan biri
hisoblangan davlat muassasasi shaklidagi “Raqamli ishonch” raqamli
111
iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil
etilgan.
Agentlik va Jamgʻarma tomonidan yuqori malakali xorijiy
mutaxassislarni jalb etgan holda samaradorlikning asosiy koʻrsatkichlari
(KPI) va mamlakatda raqamli iqtisodiyotni joriy etish uchun zarur texnik
bazani yaratish bilan bir qatorda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019-
2021-yillarda “Universal Mobile Systems” MChJni rivojlantirish
Konsepsiyasi ishlab chiqildi:
operatorning boshqaruv tizimiga, shu jumladan, mobil xizmatlar
koʻrsatish sohasida yetarli tajribaga ega malakali mutaxassislarni jalb etish
orqali innovatsion menejmentni joriy etish;
ichki kuch va mablagʻlarni safarbar etish, telekommunikatsiya
uskunalarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash;
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar
darajasida internet global tarmogʻiga ulanish imkoniyatlari bilan imkon
qadar toʻliq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash;
barcha davlat xizmatlarining faqatgina operatorning ma’lumotlarga
ishlov berish markazlari orqali koʻrsatilishini ta’minlash.
Operatorga:
faqat oʻz tijorat ehtiyojlari uchun, boshqa operator va provayderlarga
ovozli telefoniya va internet trafigi xalqaro kanallarini tashkil etish
boʻyicha xizmatlar koʻrsatish huquqisiz xalqaro telekommunikatsiya
tarmoqlariga (ma’lumotlar va ovoz uzatish tarmoqlariga), shu jumladan,
“IP-telefoniya” texnologiyasidan foydalangan holda toʻgʻridan toʻgʻri
ulanish;
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida
Jamgʻarma bilan kelishilgan holda shartnoma asosida mustaqil xorijiy,
milliy konsultant va ekspertlarni jalb etish huquqi berildi.
2018-yil 13-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-
5598-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli
iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish
boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni tasdiqlandi.
Unda qayd etilishicha, mamlakatimizda ma’muriy tartibotlardan oʻtishni
soddalashtirish, aholi turmushi sifatini oshirish, investitsiya va
ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan elektron hukumatni, shu
112
jumladan davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish va
rivojlantirish borasida izchil choralar koʻrilmoqda. Shu bilan birga,
raqamlashtirishni ta’minlashga va raqamli iqtisodiyotga oʻtishga toʻsqinlik
qilayotgan qator hal qilinmagan muammo va kamchiliklar saqlanib
qolinmoqda. Xususan, davlat axborot tizimlarini rivojlantirishning yagona
prinsiplari ishlab chiqilmagan, ushbu sohadagi tadbirlar esa oʻzaro va
boshqa axborot tizimlari bilan uzviy bogʻlanmagan holda amalga
oshirilmoqda. “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmasi lozim darajada
rivojlanmayapti, bu davlat xizmatlarini koʻrsatishda va idoralararo elektron
hamkorlik qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
keng qoʻllashga oʻz ta’sirini koʻrsatmoqda. “Elektron hukumat” tizimini
joriy etishda ta’sirchan muvofiqlashtiruv va yagona texnologik
yondashuvning mavjud emasligi resurslarning nooqilona foydalanilishiga
olib kelmoqda hamda tadbirlarning samaradorligini pasaytirmoqda.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimining
joriy etilishini ta’minlash, aholi, biznes va davlat oʻrtasida samarali oʻzaro
hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun qoʻshimcha shart-sharoit yaratish
maqsadida, shuningdek, 2017 – 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini
rivojlantirishning
beshta
ustuvor
yoʻnalishi
boʻyicha Harakatlar
strategiyasiga muvofiq, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish raqamli
iqtisodiyotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi;
Oʻzbekiston
Respublikasi
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Vazirlik) elektron hukumat
sohasidagi hamda davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etishda
vakolatli organ hisoblanadi, ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab
chiqish va amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining
faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’uldir.
Vazirlikning elektron hukumat sohasida, shuningdek, davlat
boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha oʻz vakolati doirasida
qabul qilgan qarorlari ijrosini ta’minlash respublikaning barcha vazirliklari,
idoralari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. Davlat boshqaruvida
axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarini yaratish va
joriy etish boʻyicha loyihalar, shuningdek, bunday loyihalarni amalga
oshirishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
Vazirlikda ekspertizadan oʻtkazilishi shart.
113
Vazirlik raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha vazifalarni amalga
oshirish doirasida xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat
moliyaviy tashkilotlar bilan bevosita oʻzaro hamkorlik qilish huquqiga ega.
“Elektron hukumat” tizimini joriy etishda uning samaradorligi va
shaffofligini oshirishni ta’minlaydigan, jumladan loyihalar boʻyicha
yagona milliy distribyutorni tashkil etish orqali yaxlit jarayon (ishlab
chiqish, loyihalashtirish, kelishish, loyihalar boʻyicha tovarlar, ishlar,
xizmatlar xarid qilish, shuningdek, ularni foydalanishga topshirishning
yagona tizimini) barpo etildi.
2019-yil 18-maydagi “Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat”
tizimi
infratuzilmalarini
yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi PQ-4321-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarorida “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-
quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “UZINFOCOM davlat
axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona
integrator” MChJning ustav kapitalidagi davlat ulushini kamida 51 foizga
oshirishni ta’minlash choralarini koʻrilib, uning ustav kapitalidagi davlat
ulushini keyinchalik “Universal Mobile Systems” MChJga ustav kapitalini
koʻpaytirish hisobiga belgilangan tartibda oʻtkazish taklifi ma’qullangan.
Dostları ilə paylaş: |