92
koʻrsatadiki,
ma’lumotlar
toʻplash
jarayoni
iqtisodiyotning
turli
sektorlariga ekspansiya uchun oʻta raqobatli ustunliklar yaratadi.
Alibaba
bu – oddiygina raqamli platforma emas, balki platformalar ekotizimidir.
Tushunarliki, bunday ekotizim qudrati alohida platformalar kuchidan katta
boʻladi. Hatto AQSH ham hozirgi kunda bu poygada yutqazmoqda, chunki
u yerda turli platformalarni integratsiya qilishga toʻgʻri keladi, Xitoyda esa
bu sohada rivojlanish samaradorlikni oshirish hisobiga – bir platformadan
boshqa platformaga qarab oʻtish asta-sekinlik bilan roʻy berdi.
Ekotizimlarning rivojlanishiga quyidagilar ta’sir etadi:
Investisiyalarning oʻsishi;
Ma’lumotlarni saqlash tizimlarini takomillashtirish;
Internet-bogʻlanish tezligini oshirish;
Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar;
Giperkonvergent bozor infratuzilmasinin rivojlanishi;
Bulutli xizmat koʻrsatishni oʻsishi (IaaS).
Raqamli transformatsiya manfaatdor tomonlar tomonidan qoʻllab-
quvvatlanadi:
•
davlat tomonidan – sohani tartibga solish,
normalar va tartib-
qoidalarni belgilash, qoʻllab-quvvatlash choralarini ta’minlash nuqtai
nazaridan, shuningdek, raqamli paradigmaga oʻtish uchun ishlab chiqarish
liderlarini ragʻbatlantirish;
•
iqtisodiyot tarmoqlarining etakchi korxonalari tomonidan –
ekspertlar hamjamiyatini birlashtirish, ma’lumot almashish doirasida
rivojlanish uchun resurslar va ularga kirishda raqamli xizmatlar,
standartlashtirish, ishonch va xavfsizlik darajasini ta’minlash;
•
innovatsion kompaniyalar tomonidan –
yangi raqamli
xizmatlar
va
iste’molchilarga
moʻljallangan
mahsulotlar
paydo
boʻlishining asosiy drayveri sifatida koʻrish.
Shunday qilib, raqamli rejimga oʻtish uchun ochiqlik va
jamoatchilikning ishtiroki printsipial jihatdan muhimdir va raqamli
sanoatning ekotizimlarini shakllantirish raqamli iqtisodiyotning asosiy
echimiga aylanmoqda.
Raqamli sanoatning ekotizimi – bu raqamli xizmatlarning
innovatsion
rivojlanishi
va
tarqalishi
uchun
shart-sharoitlarni
93
ta’minlaydigan muhit, raqamli mahsulotlar,
dasturlar va qurilmalardan
iborat.
Ekotizimni yaratish nafaqat tashkiliy, balki texnologik jarayondir.
Chunki aynan raqamli texnologiyalar ekotizim ishtirokchilari oʻrtasidagi
oʻzaro munosabatlarni avtomatlashtirishga, biznesni global miqyosda
kengaytirishga imkon beradi
46
.
Gartner, Inc. (NYSE: IT) – etakchi global tadqiqot va konsalting
kompaniyasi – har qanday biznesni aktivlari,
jarayonlari va funktsional
boʻlinmalari yopiq tizim sifatida emas, balki tashkilotdan tashqarida ham
ochiq chegaralari boʻlgan platformalar toʻplami sifatida koʻrib chiqishga
chaqiradi. Hozirgi rivojlanayotgan texnologik yoʻnalishlar beshligida
«ekotizim kuchi» ikkinchi oʻrinni egallaydi.
Ekotizimdagi
munosabatlar
va
aloqalar
kompleksi
nafaqat
biznesning muvaffaqiyatiga, balki
inson atrof-muhiti holatiga, insonning
ushbu muhitni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish qobiliyatiga ham ta’sir
qiladi. Ushbu ta’sir kompleksi biznes ekotizimining institutsional
xususiyatini oʻz ichiga oladi.
Shu sababli, tashkiliy hodisa – biznes ekotizimi – ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan maqsadga muvofiqligi, texnologik xavfsizligi va kasbiy layoqat
nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi.
Jamiyatda faol takrorlanadigan “Biznes raqamli tizimga oʻtadi”
shiori
bir tomonlama, tor darajada fikr yurituvchilar tomonidan barcha
ma’lumotlarning raqamli shaklga oʻtkazilishi sifatida qabul qilinadi.
Ammo biznes aloqalari sohasida ushbu shior raqamli ma’lumotlar bilan
toʻgʻri ishlash va undan analitik qimmatliklarni – yangi gʻoyalar va
bilimlarni chiqarib olish qobiliyatiga aylanmoqda. Raqamlashtirish
ishbilarmonlik muvaffaqiyatining drayveriga, biznesdagi raqobatbardosh
ustunlikka aylanmoqda. Bugungi kunda ushbu qimmatliklarga kerakli vaqt
oraligʻida osongina «erishish» mumkin emas.
Innovatsion jarayonlarni
jadallashtirish uchun tashqi kuchlarni birlashtirish – oʻzlarining ekotizimini
shakllantirish – tashkilotlarga raqobat kurashida kuchli mavqega ega
boʻlishga imkon beradi.
Jamiyat
raqamli
transformatsiyasining
muqarrarligi
(«Raqamlashtirilishi mumkin boʻlgan hamma narsa raqamlashtiriladi» –
46
https://studme.org/339535/ekonomika/postroenie_ekosistemy_organizatsionno_tehnologicheskiy_protsess
94
Den Reymer, 2016) va ushbu oʻzgarish natijasida tashkiliy sohadagi
agentlar uchun qanday kasbiy mahoratlarni rivojlantirish kerak?, qanday
tashkiliy modellarni joriy etish kerak? qaysi harakatlar algoritmlarini
qoʻllash kerak? qanday xatti-harakatlar eng moslashuvchan hisoblanadi?
kabi yangi savollar tugʻiladi.
Dostları ilə paylaş: