SH.M. Mirziyoev SOʻZ BOSHI Hozirgi vaqtda raqamli iqtisodiyot eng ko’p rivojlangan mamlakatlar
bu AQSH va Xitoy hisoblanib, dunyo bo’yicha blokcheyn texnologiyalarga
doir patentlarning 75 foizi aynan shu davlatlar hissasiga to’g’ri keladi. O’z
navbatida internet mahsulotlarining 50 foizini aynan shu davlatlar aholisi
iste’mol qiladi. Bugungi kunda, ayniqsa, beshinchi avlod (5G) mobil
texnologiyasi rivojlanib bormoqda. Aloqa sifati va ma’lumotlarni uzatish
tezligining yuqoriligi, energetik samaradorligi inson salomatligiga zararsiz
ekanligidan tashqari, bu texnologiya foydalanuvchilarga yangidan yangi
imkoniyatlarni beradi. Masalan, internet mahsulotlari, keng polosali
mediaservislardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi, tabiiy ofatlar
bo’lgan joylarda ham aloqa o’rnatish imkonini beradi.
Raqamli ma’lumotlar qimmatbaho iqtisodiy resurs hisoblansa-da, u
raqamli tafakkurga aylanganidagina foyda keltiradi. Raqamli iqtisodiyot kirib
kelishi bilan raqamli platformalar yaratish va tez sur’atlarda o’sib borayotgan
raqamli ma’lumotlarni monetizatsiya qilish muammolari vujudga kelmoqda.
Bunda qiymat yarata olish yo’llarini, mazkur jarayonlardagi to’siqlarni
bartaraf etish vositalarini aniqlash muhimdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Raqamli iqtisodiyot” fani talabalarga
o’quv kursi sifatida o’qitilishi dolzarb hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar
nisbatan yangi soha bo’lganligi uchun talabalar mazkur sohada bilim va
ko’nikmalarni egallashlari uchun o’quv adabiyotiga ehtiyoj seziladi.
“Raqamli iqtisodiyot” fani talabalarda raqamli yechimlar bazasida
inson faoliyatini tashkil qilishning ilg’or texnologik va iqtisodiy usullari
borasida istiqbolli fikrlashlarini shakllantirishga qaratilgan fan bo’lib, fanning
maqsadi raqamli iqtisodiyot determinantlariga asoslangan iqtisodiy,
texnologik, tashkiliy-boshqaruv bilimlaridagi qobiliyatlarini rivojlantirish,
talabalar uchun zarur bo’lgan raqamli iqtisodiyot qamrovi va mazmun
mohiyati to’g’risida nazariy va amaliy bilimlari majmuini shakllantirish,
yuqori ilg’or texnologiyalar va ularni tadbiq etish bilan tanishtirishdan iborat.