O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

 
Jamiyatning axborot resurslari 
Jamiyatning an’anaviy resurslari moddiy, xom-ashyo, tabiiy, 
energetika, mehnat, moliyaviy resurslar shaklida boʻladi. Zamonaviy 
jamiyatning eng muhim resurs shakllaridan biri bu – axborot resurslaridir.
Axborot resurslari— bu alohida hujjatlar yoki hujjatlar massividir
shuningdek, axborot tizimlari: kutubxonalar, arxivlar, fondlar, bank 
ma’lumotlari va boshqalardagi hujjat va hujjatlar massividir.
Axborot 
resurslariga 
shuningdek, 
ixtiyoriy 
koʻrinishda 
shakllantirilgan va istalgan tashuvchidagi ilmiy-texnik bilimlarning 
barchasi, adabiyot va san’at asarlari, jamiyat-davlat ahamiyatiga ega 
axborotlar toʻplami kiradi. 
Jamiyatning axborot resurslari hozirgi paytdagi ahamiyatiga koʻra, 
moddiy, homashyo, energetika, mehnat va moliyaviy resurslar strategik 
resurslar sifatida qaralmoqda. 
 
Axborot resurslari klassifikatsiyasi: 
1.Kutubxona 
resurslari. 
Katta 
hajmli 
axborot 
resurslari
kutubxonalarda yashiringan. Asosan an’anaviy resurs shakllari yetakchilik 
qilsada, keyingi yillarda kutubxona resurslari raqamli (qogʻozsiz) 
koʻrinishiga oʻtkazilmoqda. 
2. Arxiv resurslari. Arxivlar mamlakatning tarixi va madaniyati bilan 
bogʻliq (ba’zida koʻp asrlik) ma’lumotlarni yashirib turadilar. Arxiv 
ma’lumotlarning hajmi juda katta. 
3. Ilmiy-texnik axborot. Hamma rivojlangan mamlakatlarda ilmiy- 
texnik axborortlarning maxsus tizimi mavjud. Ular koʻp sonli maxsus 


15 
nashrlarni, 
patent 
xizmatlarini 
va 
boshqalarni 
qamrab 
oladi. 
Ma’lumotlarning 
bu 
koʻrinishi 
koʻpchilik 
hollarda 
qimmatbaho 
hisoblanadi.
4. Davlat boshqaruvi va huquqiy axborot. Qonunlar toʻplami, 
kodekslar, normativ aktlar, huquqiy axborotning boshqa shakllari, qaysiki 
hech bir davlat ularsiz mavjud boʻla olmaydi. 
5. Tarmoq axboroti. Ijtimoiy, sanoat, agrar yoki jamiyatning ixtiyoriy 
sohasida tarmoq axborot resurslari mavjud boʻladi. 
6. Moliyaviy va iqtisodiy axborot 
7. Tabiiy resurslar toʻgʻrisidagi axborot va sh.k. 
Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “Yangi raqamli iqtisodiyot” turli 
xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan, “postindustrial iqtisodiyot” 
(D.Bell), “Axborotlashgan iqtisodiyot” (O.Toffler), “Megaiqtisodiyot” 
(V.Kuvaldin), “axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot” (I. Niiniluto), 
“texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot” (B. Geyts), “bilimlarga 
asoslangan iqtisodiyot” (D. Tapskott). Ushbu tushunchalarni bogʻlab 
turadigan omil – bu iqtisodiy jarayonlarning globallashuv jarayonida 
axborot texnologiyalarning birlamchi oʻrinni egallashi boʻlib hisoblanadi. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin