Raqamli iqtisodiyot –
bu
innovatsion gʻoya. Ushbu fikr Jahon banki
tomonidan 2016 yil “Jahon taraqqiyoti haqida ma’ruza – 2016: raqamli
dividendlar” ma’ruzasida ma’lum qilingan. Ushbu tadqiqot xulosalari
mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning naqadar
dolzarb va muhim masala ekanligini koʻrsatadi. Xususan, internet
tezligining 10 foizga oʻsishi mamlakat YaIM oʻsishiga olib keladi.
Rivojlangan davlatlarda bu koʻrsatkich 1,21 foizni tashkil etsa,
riojlanayotgan mamlakatlarda 1,38 foizga teng. Demak, internet tezligi 2
barobar oshadigan boʻlsa, YaIM hajmi 13-14 foiz ortishiga erishish
mumkin.
Hozirgi kunda xizmat koʻrsatish biznesida barqarorlikka erishish
ilgarigidan koʻra, misli koʻrilmagan darajada juda qiyin boʻlib ketgan.
Mustahkam raqobatli ustunlikka erishish, eng yuqori choʻqqiga chiqish
hamda bu maqomni saqlab qolish oson ish emas. Xususan, Amerika
statistika ma’lumotlariga koʻra, 2000 yil Fortune – 500 dan oʻrin olgan
kompaniyalarning 52 foizdan koʻprogʻi hozirgi kunga kelib mavjud emas.
16
Yana bir muhim koʻrsatkich: Standart & Pyurs 500 ga kiradigan
kompaniyalarning oʻrtacha umr uzunligi 1960 yilda 60 yilni tashkil qilgan
boʻlsa, 2019 yilga kelib 15 yilga qisqargan. Yetakchilik muddatining
bunday besh karra qisqarishining sababi – butun biznesning, jumladan,
servis biznesining raqamli asoslarga oʻtishi sanalib, biz hozirgi kunda bu
hodisaning guvohi va qatnashchisi boʻlib turibmiz.
Yuz minglab va hatto millionlab odamlarning faoliyatini
muvofiqlashtirishni talab qiladigan yirik tashkilotlar majmui va ishlab
chiqarish tizimlarini boshqarish qobiliyatining yangi sifat bosqichiga
oʻtildi. Alohida tashkiliy muammolar bilan bogʻliq boʻlgan axborot
nazariyasi, informatika, kibernetika, qarorlar nazariyasi, oʻyinlar nazariyasi
va boshqalar kabi yangi ilmiy yoʻnalishlarning jadal rivojlanishi davom
etmoqda.
Jamiyatni
axborotlashtirishning
salbiy
jihatlaridan
biri
bu
axborotlashgan jamiyat barqarorligining yoʻqotilishidir. Axborotning oʻsib
borayotgan ahamiyati tufayli kichik guruhlar barcha odamlarga sezilarli
ta’sir koʻrsatishi mumkin. Bunday ta’sirni, jumladan, ommaviy axborot
vositalarida faol yoritilgan terror orqali amalga oshirish mumkin.
Axborotlashishning
oqibatida
zamonaviy
terrorizm
jamiyatning
barqarorligini pasaytirishga sabab boʻladi. Axborotlashgan jamiyat
barqarorligini ta’minlash uchun, hisob siyosatini takomillashtirish orqali
erishish mumkin. Odamlarni hisobga olish siyosatini kuchaytirishning
yangi yoʻnalishlaridan biri bu biometriyadir. Biometriya odamlarni
mustaqil ravishda taniy oladigan mashinalarni yaratish bilan shugʻullanadi.
2001 yil 11 sentyabr voqealaridan soʻng, AQSh tashabbusi bilan, davlat
chegaralarini kesib oʻtishda avtomatik mashinalar yordamida odamlarni
biometrik identifikatsiyalash bilan xalqaro pasportlardan faol foydalanish
boshlandi.
Axborotlashgan jamiyatda hisob siyosatini kuchaytirishning ikkinchi
muhim yoʻnalishi kriptografiyadan keng foydalanish hisoblanadi. Bunga
misol uyali telefonda SIM-karta boʻlib, unda operatordan ijaraga olingan
raqamli aloqa kanalining abonentlari tomonidan toʻlovlarni hisobga
olishning kriptografik himoyasi mavjud. Uyali telefonlar raqamli
boʻlganligi uchun raqamli tizimga oʻtish barchaga aloqa kanallariga
ulanish imkonini berdi, ammo SIM-kartalardagi kriptografiyasiz uyali
17
aloqa ommaviylasha olmasdi. Ya’ni, uyali aloqa operatorlari abonent
hisobida pul mablagʻlari mavjudligini va aloqa kanalidan foydalanish
uchun pul mablagʻlari echib olinganini ishonchli nazorat qila olmasdilar.
Soʻnggi paytlarda “shon-sharaf odamlari”
4
tobora sezilarli va
ta’sirchan boʻlib bormoqda. Ushbu ijtimoiy qatlam katta daromadlari bilan
ajralib turadi, ularning asosiy qismi shon-shuhratga bogʻliq. Shaxsiy
mashhurlik ular tomonidan pul, aloqalar, manfaatli lavozim va boshqa
imtiyozlarga almashinilishi mumkin. Axborotlashgan jamiyatda shaxsiy
shon-sharaf muhim manbaga aylanadi. Rayt Mills birinchi marta ushbu
yangi ijtimoiy qatlamga e’tibor qaratdi.
Rossiya Federatsiyasida hokimiyat organlarining axborotlashgan
jamiyatni rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatini ishlab chiqish va
amalga oshirish boʻyicha faoliyatida bir necha bosqichlarni ajratish
mumkin. Dastlabki (1991-1994) yillarda axborotlashtirish sohasida
poydevorlar shakllandi. Ikkinchi bosqich (1994-1998 yillar) ustuvorlik
axborotlashtirishdan axborot siyosatini ishlab chiqishga oʻzgartirilganligi
bilan tavsiflanadi. Bugungi kungacha davom etayotgan uchinchi bosqich –
bu axborotlashgan jamiyatni qurish sohasidagi siyosatni shakllantirish
bosqichidir. 2002 yilda Rossiya Federatsiyasi hukumati “Elektron Rossiya
2002-2010” Federal maqsadli Dasturini qabul qildi, bu Rossiya
mintaqalarida axborotlashgan jamiyatning rivojlanishiga kuchli turtki
boʻldi. 2008 yilda Axborotlashgan jamiyatni 2020 yilgacha rivojlantirish
strategiyasi qabul qilindi.
Shaxsiy biometrik ma’lumotlarning maxfiyligi va anonimligini
ta’minlash maqsadida Rossiya rivojlangan davlatlar ichida birinchilardan
boʻlib milliy standartlarning maxsus toʻplamini yaratdi: GOST R 52633.0-
2006; GOST R 52633.1-2009, GOST R 52633.2-2010; GOST R 52633.3-
2011; GOST R 52633.4-2011; GOST R 52633.5-2011. Boshqa
mamlakatlarda inson biometriyasini shaxsiy kriptografik kalitlariga
aylantirish boʻyicha milliy standartlar hali mavjud emasligi sababli,
kelajakda GOST R 52633.xx paketi standartlari tegishli xalqaro standartlar
uchun asos sifatida ishlatilishi kutilmoqda.
4
Гринин Л. Е. Информационное общество и феномен известности. История и современность. № 2-2009.
С. 3-33.
18
2010 yilda Belorusiya Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan
Belorusiyada 2015 yilga qadar Axborotlashgan jamiyatni rivojlantirish
Strategiyasi
5
va uni amalga oshirish boʻyicha 2010 yilga moʻljallangan
ustuvor tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Ushbu mamlakatda axborotlashgan
jamiyatni rivojlantirish
umummilliy ustuvor yoʻnalishlardan biri
hisoblanib,
axborotlashgan
jamiyatning
asoslarini
shakllantirish
yakunlandi, axborotlashtirishning huquqiy asoslari yaratildi. Belarus
Respublikasida 2015 yilgacha Axborotlashgan jamiyatni rivojlantirish
strategiyasiga muvofiq, elektron xizmatlarni taqdim etish (elektron
hukumat) davlat tizimini rivojlantirish uchun axborot-kommunikatsiya
infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismlarini yaratilib, uni rivojlantirish
boʻyicha ishlar tugallangan. Mazkur Strategiya elektron xizmatlarni taqdim
etish maqsadida davlat axborot resurslarini birlashtirgan umummilliy
axborot tizimini; axborotning oʻzaro ta’siri uchun yagona xavfsiz muhitni;
ochiq kalitlarni boshqarishning davlat tizimini; jismoniy va yuridik
shaxslarni identifikatsiyalash tizimini, shuningdek, toʻlov operatsiyalari
amalga oshiriladigan yagona hisob-kitob axborot makoni bilan
integratsiyalashgan toʻlov platformasini oz ichiga oladi.
Axborotlashtirish rejasiga koʻra, Belorussiya Respublikasida 2015
yilda har bir universitetda keng polosali Internetga ulanish imkoniyati
mavjud boʻlib, Internetga keng polosali ulanish portlari 3 milliongacha
yetgan. 2020 yilda mobil Internetdan foydalanuvchilar soni 4,4 millionga
etdi. Bugungi kunda Belorusiya maktablarining 87% dan ortigʻida
Internetga ulanishning biron bir shakli mavjud, 21% dan ortigʻi esa keng
polosali ulanish imkoniyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: |