O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

 
Robert Metkalf qonuni. 
Robert Metkalf - Massachusets texnologiya institutida faoliyat 
yuritgan, Ethernet kashfiyotchisi hisoblanadi. Robert Metkalf qonuni 
tarmoq samarasi tushunchasini tavsiflaydi va koʻp darajali tarmoqlashgan 
marketingda, ijtimoiy tarmoqlarda va shu kabi marketingda qoʻllaniladi. 
Ushbu jarayon amalda shuni anglatadiki, agar tarmoqdagi bitta 
ulanish kishiga 1 ta shartli foyda keltiradigan boʻlsa, unda 10 kishilik 
guruh bilan ushbu imtiyoz 45 ta shartli birlikni, 100 kishi - 4950 ta shartli 
birlikni tashkil etadi va shu tariqa ikkilangan daraja (N
2-
kvadratik) da ortib 
boradi. (1.4.-rasm)
1.4.-rasm. Metkalf qonunlari grafigi 


32 
Tarmoqning barcha abonentlari uchun tugunlardan iborat umumiy 
qiymati (Pn) quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi mumkin: 
Р
n
= n(n - 1)с (1.1) 
Tarmoqning tarkibiy qismlari n-lar soni qanchalik koʻp boʻlsa, uning 
qiymati shunchalik yuqori boʻladi. Boshqacha aytganda, tarmoqlar yangi 
qiymat yarata oladi. 
Demak, kompyuter tarmogʻining tarkibiy qismlari (masalan, 
Internet) qancha koʻp boʻlsa, foydalanuvchi uchun shunchalik qadrli 
boʻladi va foydalanuvchilar shunchalik koʻp ulanishga intilishadi (1.5-
rasm). 
 
1.5. – rasm. Tarmoqning umumiy qiymatliligi 
Keyingi bir necha yil ichida Internetdan foydalanuvchilar soni 1 
milliarddan 5 milliardgacha oʻsib, ushbu tarmoqning ma’lumot almashish, 
aloqa va tijoratga kirish vositasi sifatidagi qiymati yanada ortdi.
 
Bekstrom qonuni 
Bekstrom qonuni belgilangan maqsadga erishishda an’anaviy 
usullarga qaraganda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning 
afzalligini baholashga yordam beradi. Bekstrom qonuniga koʻra, 
tarmoqning ahamiyati uning afzalliklaridan xarajatlarni chegirib tashlash 
natijasida aniqlanadi.
Tarmoqlashgan 
samara, 
ya’ni 
network 
effect
– bu 
foydalanuvchi uchun tarmoqqa ulanish qiymati, ya’ni avvaldan shu 
tarmoqqa ulangan boshqa foydalanuvchilar soniga bogʻliq boʻladi. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin