O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

 
Gordon Mur qonuni. 
Gordon Mur bir kristaldagi elementlar orasidagi masofa taxminan 
har 1,5 yilda qariyb 30% ga kamayishini kuzatdi. Mos ravishda bunday 
kristaldagi elementlar soni 2 x baravarga koʻpayadi (70% x 70% = 50%). 
Bitta kristalldagi elementlar sonining koʻpayishi, qoida tariqasida, soat 
chastotasi bilan aniqlanadigan unumdorlik oshishi bilan birga kuzatiladi. 
Yangi mikroprotsessor modelining chiqarilishi oʻrtacha 3-5 yilda bir marta 
sodir boʻladi va uning unumdorligi 2-4 baravar ortadi. 
Bozordagi yangi mikroprotsessorning narxi doimiy boʻlib, 500 dan 
800 dollargacha oʻzgaradi. Bundan kelib chiqqan holda, bitta kristaldagi 
elementlar sonining koʻpayishi haqidagina emas, balki bir xil ishlab 
chiqarishdagi mikroprotsessorlar narxining pasayishi haqida ham soʻz 
yuritish mumkin (1.3-rasm). 
1.3.-rasm. Bir xil ishlab chiqarishdagi mikroprotsessorlar 
narxining pasayishi 
 
Artur Rok va G. Mur qonunlari natijalari 
Tavakkalchiligi yuqori korxonalarda ishtirok etishga moyilligi bilan 
taniqli boʻlgan Artur Rok qonuni 1968 yilda Intel korporatsiyasini tashkil 


31 
topishiga yordam berdi. G. Mur qonuni Artur Rok qonunini biroz toʻldirib, 
“Yarimoʻtkazgichlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy vositalar 
qiymati har toʻrt yilda ikki baravar koʻpayadi”, degan fikrni ilgari suradi. 
 
Bill Makron qonuni. 
Bill Makron
(
Bill Machrone) - Yahoo! Internet Life muharriri 
bo’lgan.
B. Makron qonuni G. Mur qonuniga asoslanadi. Ushbu qonunga 
koʻra, foydalanuvchini toʻliq qoniqtirishi mumkin boʻlgan kompyuterning 
qiymati 5000$ dan kam boʻla olmaydi. Yoki boshqacha aytganda, agarda 
hozirgi vaqtdagi zamonaviy vosita va qurilmalar bilan ta’minlangan ShK 
sotib olmoqchi boʻlsak, uning tannarxi 5000$ dan kam boʻlmaydi.

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin