34
bunda roʻyhatdgi n- soʻzining chastotasi taxminan uning n tartib raqamiga,
ya’ni shu soʻz rangi deb ataluvchiga teng boʻladi. Tarmoqning foydaliligini
ifodalovchi Tsipf qonunining formulasi quyidagicha:
NE=n log (n) (1.2)
bunda NE- Tarmoqning foydaliligi,
n- tarmoq elementlari soni.
Internet – biznesga qilingan investitsiyalar qaytimi misolida. Agar
tarmoqda 10 nafar foydalanuvchi boʻlsa,
tarmoqdagi aloqalar soni
maksimum 90 ga teng boʻladi. Agar foydalanuvchilar soni 2 marta ortib 20
ga yetsa tarmoqdagi aloqalar soni 4 baravargacha ortib 360 tagacha yetadi.
Demak, internet biznesga chiziqli investitsiyalarning qaytimi geometrik
progressiya koʻrinishida oʻsadi. (1.6. – rasm.)
1.6. – rasm. Investitsiyalar qaytimi
Devid Rid qonuni
(Mass qonuni)
Devid Rid – Garvard biznes maktabining professori.
D. Rid qonuni Metkalf qonunining mantiqiy davomidir.
Rid IT
rivojlanishining uch bosqichini aniqlaydi: translyatsiya (broadcast),
tranzaksiya (transaction) va guruhlarni shakllantirish (group forming).
35
Axborot tarqatish tamoyillari:
1.
Eshittirish tamoyili “ birdan koʻplarga ” tarqatishni nazarda
tutadi, mazkur tamoyilga koʻra, barcha OAVlari, oʻrta asr xabarchilaridan
tortib zamonaiy televizorgacha ishlaydi.
2.
Tranzaksiya “birdan boshqasiga” bitim tamoyili odatiy pochta
orqali boshlanib, telefoniya, faks va elektron pochtalarda davom etadi.
3.
Intranet va internet yangi tarmoq texnologiyalarining guruhlash
tamoyilini amalga oshirish imkoniyati paydo boʻldi.
Rid termonologiyasida GFN (Group Forming Network)
haqida fikr
yuritiladi.
Metkalf
qonuni
koʻpincha
tranzaksion
tarmoqlarning
samaradorligini namoyish etish uchun ishlatiladi. “Tarmoq samarasi”
mumkin boʻlgan ulanishlar soniga mos keladi va agar tarmoqdagi har bir
ishtirokchi har biri bilan aloqa oʻrnatsa, ta’sir
tarmoq ishtirokchilari
sonining kvadratiga mutanosib boʻladi.
Dostları ilə paylaş: