2
§
AKT rivojlanishining iqtisodiy qonunlari
Reja:
1.
Iqtisodiy axborot tushunchasi
2.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlanishida iqtisodiy qonunlarning
ahamiyati.
3.
AKT rivojlanishi iqtisodiy qonunlari.
4.
Gordon Mur, Artur Rok, Robert Metkalf, Bekstrom, Tsipf,
Devid Rid, Foton qonunlari.
Keng ma’noda
axborot
bu saqlash, oʻzgartirish, uzatish ob’ekti
boʻlgan va tashkilot zimmasiga yuklangan vazifalarni hal qilishga yordam
beradigan ma’lumotlar, bilimlar, xabarlardir.
“Axborot”
atamasi lotincha “information” soʻzidan kelib chiqqan.
“Axborot” soʻzining asl ma’nosi bu bilim, ma’lumot, xabarlar,
bildirishnomalar, ya’ni faqat inson ongi va muloqotiga xos boʻlgan
narsalardir.
Falsafiy ma’noda axborot - bu real dunyoning aksi boʻlib, ya’ni bir
haqiqiy ob’ekt boshqa real ob’ektni qamrab olishi haqidagi ma’lumotdir.
«Bizning bilimimiz haqiqiy dunyoning aksi ekanligini anglagan
materialistik bilish nazariyasi namoyondalari aks ettirish materiyaning
universal xususiyati ekanligini ta’kidlashgan». Aks ettirishning quyidagi
shakllari mavjud: ong – bu faqat odamlarga xos boʻlgan fikrlashning eng
yuqori shakli, ruhiy – nafaqat odamlarga, balki hayvonlarga ham xosdir,
ta’sirchanlik – oʻsimliklar va oddiy organizmlarni ham qamrab oladi va
nihoyat eng elementar shakl – noorganik tabiat va elementar zarralararo,
ya’ni butun materiyaga talluqli oʻzaro ta’sirdir. Shunday qilib, bilim real
23
dunyoning aksidir, shuning uchun aks ettirish materiyaning universal
xususiyati hisoblanadi. Ya’ni, bir ob’ektning holati boshqa ob’ektning
holatiga mos kelishi bilan, mazkur ob’ekt boshqasini aks ettirayotganligini
va u haqida ma’lumot berayotganligini tushunamiz.
Axborot iqtisodiyoti bir vaqtning oʻzida asosiy resurs va tovar
sifatida axborotga tayanadi.
Axborot resursi deganda ma’lumotlar korxona uchun ahamiyatli
shaklga aylantirilganligi tushuniladi.
Axborot resursi (AR) korxonani boshqarish uchun muhim boʻlgan
ma’lumotlarni anglatadi. AR bu muayyan parchalanish va yangilanish
qonuniyatlari bilan yaratilgan va (yoki) aniqlangan, roʻyxatdan oʻtgan,
baholangan axborotdir. Korxonalarning AR axborot tizimlari ma’lumot
tashuvchilarda, arxivlarda, fondlarda, kutubxonalarda hujjatlar massivi
sifatida taqdim etiladi.
Axborot texnologiyalari tarkibiga kiradigan axborot resurslari ushbu
ta’rifda
ularni
yaratish,
baholash
va
inventarizatsiya
qilish
metodologiyasiga muvofiq aniq tuzilishga ega. Bundan tashqari, AR
tuzilishini aniqlash asosida ARning statik va dinamik tarkibiy qismlari
hisobini yuritish mumkin.
Parchalanish va yangilanish qonunlari ARning IT bozoridagi
mavqeini tegishli metodologiyadan foydalangan holda aniqlashga imkon
beradi. Metodologiya texnik (aniqlik, ishonchlilik va boshqalar) va
iqtisodiy xususiyatlarni (roʻyxatdan oʻtgan ma’lumotni olish xarajatlari va
boshqalar) baholashni oʻz ichiga oladi.
Muayyan vaqt birligi uchun ARni baholash uning yaratilishidan (sh.j.
yangilanish (parchalanish) qonunini, yangilash darajasini va rivojlanish
qobiliyatini aniqlash) soʻng amalga oshiriladi va IRga boʻlgan ehtiyojni
baholashga asoslanadi.
Tashkiliy boshqaruv tizimlarida
iqtisodiy
(mahsulot ishlab chiqarish,
ish, xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanadigan odamlar jamoalarini
boshqarish bilan bogʻliq) va
texnik
(texnik ob’ektlarni boshqarish bilan
bogʻliq) axborot farqlanadi.
Iqtisodiy axborotlar ijtimoiy ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan
moddiy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlah va
iste’mol qilish jarayonlarini aks ettiradi, shuning uchun iqtisodiy
24
axborotlar ishlab chiqarish axboroti deb ham ataladi. Iqtisodiy axborotlar
katta hajmi, koʻp marta foydalanilishi, davriy yangilanishi va
oʻzgartirilishi, mantiqiy operatsiyalardan foydalanilishi va nisbatan oddiy
matematik hisob-kitoblarni bajarishi bilan tavsiflanadi.
Iqtisodiy axborotlar ma’lum tuzilishga ega, iqtisodiy axborotlarning
asosiy tarkibiy birligi koʻrsatkichdir. Boshqarish maqsadlari uchun
indikator toʻliq semantik tarkibga va iste’molchi qiymatiga ega hamda
ma’noni buzmasdan uni kichik birliklarga boʻlish mumkin emas.
Koʻrsatkich rekvizitlar toʻplamidan iborat. Rekvizit – ob’ekt yoki
xoʻjalik jarayonining muayyan xususiyatlarini aks ettiradigan mantiqiy
boʻlinmas elementdir. Har bir indikator bitta tayanch rekvizit va bir yoki
bir nechta atribut rekvizitlaridan iborat. Tayanch rekvizit qoida tariqasida,
indikatorning miqdoriy qiymatini tavsiflaydi (ogʻirlik, qiymat, vaqt
me’yori va boshqalar); atribut rekvizit - indikatorning semantik ma’nosi
tavsiflaydi va uning nomlanishini aniqlaydi.
XX asrgacha mehnatning asosiy predmetini moddiy ob’ektlar tashkil
etgan. Insonning moddiy ishlab chiqarish va xizmatlardan tashqari
faoliyati, odatda, «noishlab chiqarish xarajatlari»ga kiritilgan. Davlatning
iqtisodiy qudrati u boshqaradigan moddiy resurslar bilan oʻlchangan. XX
asrning oxirida, insoniyat tarixida birinchi marta, axborot sanoati
rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy ishlab chiqarishida mehnatning asosiy
predmetiga aylandi, tez orada yangi iqtisodiy kategoriya «milliy axborot
resurslari»ning mutlaqo yangi kontseptsiyasi paydo boʻldi. Ushbu hodisani
tavsiflash uchun miqdoriy xususiyatlarni tanlash ancha qiyin kechdi.
Bunday tavsifni topish uchun bir nechta yondashuvlar ma’lum, ulardan
birini IBMning taniqli mutaxassisi Jeyms Martin taklif qilgan. Uning
mohiyati shundan iboratki, inson bilimlarining umumiy yigʻindisi ikki
baravar koʻpayadigan vaqt oraligʻini aniqlashdir (1800 yilda u har 50 yilda
ikki baravar, 1950 yilda – har 10 yil, 1970 yilda – 5 har yil, hozirgi vaqtda
- har 1 yil ikki baravar ortadi). Axborot hajmining bunday oʻsishi axborot
xizmatlari sohasiga qoʻshimcha mehnat resurslarini jalb etish va
zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlashni talab qildi.
Rossiyada
axborot
texnologiyalariga
asoslangan
jamiyatni
rivojlantirishga siyosiy yondoshuvlar ma’lum ma’noda toʻsqinlik qildi va
ushbu sohadagi tadqiqotlar soni u qadar koʻp emas. Lekin shunga qaramay
25
D.I. Blumenau, G.R. Gromov, V.V. Dik, A.M. Karminskiy, A.I. Rakitov,
A.D. Ursul kabi olimlar tomonidan tadqiqotlar olib borildi.
Rossiyaning global axborot iqtisodiyotiga kirishining asosi 1992 yil
iyun oyida Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan BMTning atrof-muhit va
rivojlanish boʻyicha II konferentsiyasi qarorlarining amalga oshirishilishi
boʻldi. 1992 yilda konferentsiyada erishilgan kelishuvlarni bajarish
maqsadida Rossiya Prezidenti hukumatning «Rossiya Federatsiyasining
barqaror rivojlanishga oʻtish konsepsiyasi»ni tasdiqladi. Bundan tashqari,
bir qator fundamental qonun hujjatlari, xususan, “Axborotlashtirish
toʻgʻrisida”gi qonun, “Axborot xavfsizligi kontseptsiyasi”, “Rossiyaning
yagona axborot makoni kontseptsiyasi”, “Rossiyada Axborotlashgan
jamiyatni shakllantirish kontseptsiyasi” va boshqalar qabul qilingan.
Ularning
asosida
«2010 yilgacha boʻlgan davrda Rossiyada
axborotlashtirishni
rivojlantirish»
federal
maqsadli
dasturining
kontseptsiyasi ishlab chiqilgan. Ushbu dastur axborotlashgan jamiyatning
oʻziga xos xususiyatlari va belgilariga quyidagilarni kiritadi:
global axborot makonini yaratish;
iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng
foydalanishga asoslangan yangi texnologik tuzilmalarning shakllanishi va
ustuvorlik kasb etishi;
axborot va bilim bozorini yaratish va rivojlantirish;
kasbiy va umummadaniy rivojlanish darajasini oshirish;
fuqarolarning axborotni erkin olish, tarqatish va undan foydalanish
huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning samarali tizimini yaratish.
Dastur doirasida uchta ustuvor yoʻnalish, shu jumladan, axborot
texnologiyalari industriyasini shakllantirishni belgilab olingan.
Zamonaviy iqtisodiyotda axborot resurslari, axborot texnologiyalari
va axborot tizimlari birligida quyidagi omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega:
zamonaviy
axborot
texnologiyalariga
asoslangan
biznes
infratuzilmasining mutlaqo yangi turini yaratish;
axborot texnologiyalari va mahsulotlariga investitsiyalar ulushining
koʻpayishi, chunki hozirgi kunda korxonaning muvaffaqiyati uning
hajmiga emas, balki tezligi, moslashuvchanligi va global tarmoqlardan
foydalanish qobiliyatiga bogʻliq;
26
zamonaviy aloqa vositalaridan foydalangan holda, kompaniyalararo
va ularning ichidagi aloqalar sonining koʻpayishi, ierarxik tuzilmalar asta-
sekin gorizontal tizimlar bilan almashtirilmoqda;
axborot qurilmalari narxini keskin pasayishtirishga qaratilgan
yakuniy foydalanuvchilar uchun axborot mahsulotlari va xizmatlari
sektorining ortishi;
mahsulotlar va xizmatlarning elektron bozorlarini jadal rivojlantirish;
xalqaro biznes yuritish shartlarini erkinlashtirilishi natijasida global
miqyosda axborot oqimi ustidan davlat nazoratining kamayishi;
yangi faoliyat turlarining vujudga kelishi va yangi iqtisodiyotda talab
qilinadigan mutaxassislar nomenklaturasining oʻzgarishi.
Axborotni strategik manba sifatida tan olinishi axborotlashgan
jamiyat
tushunchasini
aniqlashtirishga
asos
boʻldi.
Raqamli
iqtisodiyotning negizini axborotlashgan jamiyat tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |