III BOB. RAQAMLI IQTISODIYOT TEXNOLOGIYALARI 1 §
Raqamli iqtisodiyotni ilgʻor texnologiyalarini klassifikatsiyalash Reja: 1.
Katta hajmli ma’lumotlar (Big Data)
2.
Neyrotexnologiya va sun’iy intellekt
3.
Blokcheyn va kvant texnologiyalari
4.
Sanoat internet va robototexnika
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi raqamli inqilobdan boshlandi.
Raqamli inqilob 1950 yillarning oxirlarida paydo boʻlgan mexanik va
analog elektron texnologiyalardan raqamli elektronikaga oʻtish davridir.
Ushbu atama XX asrning ikkinchi yarmida raqamli hisoblash va
aloqa texnologiyalari sohasida amalga oshirilgan tub oʻzgarishlarni ham
anglatadi. Qishloq xoʻjaligi va sanoat inqiloblari singari, raqamlashtirish
yangi, ya’ni raqamli davrni boshlab berdi.
Raqamli iqtisodiyotning soʻnggi texnologiyalariga katta hajmli
ma’lumotlar, neyrotexnologiyalar, sun’iy intellekt, taqsimlangan reyestr
tizimlari (blockchain), kvant texnologiyalari, yangi ishlab chiqarish
texnologiyalari, sanoat Interneti, robototexnika, sensorika, simsiz aloqa,
virtual va toʻldirilgan voqelik kabilar kiradi.
Katta hajmli ma’lumotlar (Big Data) Katta hajmli ma’lumotlar 2000-yillarning oxirida paydo boʻlgan va
ma’lumotlar bazasini boshqarishning an’anaviy tizimlari va Business
Intelligence sinfidagi yechimlarga muqobil boʻlgan gorizontal miqyosli
(scale-out) dasturiy vositalar yordamida samarali ishlov berilgan yetarlicha
xilma-xillikda tuzilgan tarkiblangan va tarkiblanmagan ulkan hajmli
ma’lumotlarni anglatadi. Ular axborotni taqsimotli tahlil qilish imkonini
beradi.
Katta hajmli ma’lumotlarning tahlili avvaldan noma’lum boʻlgan
yangi axborotni olish uchun amalga oshiriladi. Bunday topilma-ixtirolar
topishmoq, tasodifiy anglashni bildiruvchi insayt deb yuritiladi.
Big data atamasini Nature jurnalining muharriri Klifford Linch
tomonidan 2008 yil jahon axborot hajmining jadal oʻsishiga bagʻishlangan
146
maxsus sonida qoʻllanilgan. Bungacha ham katta ma’lumotlardan
foydalanilgan. Kuniga 100 Gbt dan ortgan axborot oqimini Big data
guruhiga kiritiladi.