IMD-World Digital Competitiveness, WDC
IMD
WDC
Jahon raqamli raqobatbardoshlik reytingi 2019
natijalariga koʻra, uchinchi yil hisoblanayotgan boʻlib, u 63 ta mamlakat
iqtisodiyotining biznes, davlat va jamiyatda iqtisodiy oʻzgarishlarning
asosiy omili sifatida raqamli texnologiyalarni qabul qilish va oʻrganishga
tayyorligini oʻlchaydi.
2.11-rasm. WDC boʻyicha top-3 mamlakatlar
51
Texnologiyalar nafaqat biznes samaradorligiga, balki iqtisodiyotning
amal qilish holati va kelajakka tayyorlanishiga ham ta’sir koʻrsatadi. Jahon
mamlakatlari raqamli iqtisodiyotga qoʻshimcha qiymat yaratish va gullab-
yashnashni kuchaytirish uchun katta sarmoya kiritmoqdalar.
Top-5likka
kiruvchi
mamlakatlar
bilimlarni
shakllantirishga
yoʻnaltirilganligi jihatidan umumiy yoʻnalishlarga ega, ammo ularning har
biri raqamli raqobatbardoshlikka har xil yondashadi. Amerika Qoʻshma
51
www.Imd.org sayti ma’lumotlari
137
Shtatlari
va
Shvetsiya
bilimlarni
shakllantirish,
texnologiyalarni
rivojlantirish uchun qulay muhitni yaratish va innovatsiyalarni qabul
qilishga tayyorlik oʻrtasida muvozanatli yondashuvga amal qilmoqdalar.
Singapur, Daniya va Shveytsariya bir yoki ikkita omilga ustuvor ahamiyat
beradi.
“Noaniqlik va nobarqaror global vaziyatda, egiluvchan biznes va
jamiyatlar IMD Jahon Raqobatbardoshlik reytingi bilan chambarchas
bogʻliqdir. Shuningdek, bilim turli mamlakatlarning raqamli koʻrsatkichlari
uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi”deya ta’kidlaydi, IMD Jahon
raqobatbardoshlik markazi direktori, professor Arturo Bris.
2.4 – jadval
IMD WDC boʻyicha mamlakatlar reytingi
138
2020 yilgi IMD World Raqamli Raqobatbardoshlik Reytingida
pandemiyadan chiqish qobiliyatini bashorat qilishga yordam beradigan
iqtisodiyotning raqamli texnologiyalardan foydalanishini tahlil qilishda
Amerika Qoʻshma Shtatlari va Singapur birinchi va ikkinchi oʻrinni
egalladi. Jahon raqobatbardoshlik markazi reytingida Daniya uchinchi,
Shvetsiya toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
IMD Jahon raqobatbardoshlik markazining bosh iqtisodchisi Kristos
Kabolis fikriga koʻra, “Oʻz iqtisodiyotini COVID-19 zarbasidan qayta
tiklamoqchi boʻlgan mamlakatlar uchun bir paytning oʻzida ham
odamlarning, ham xususiy sektorning eguluvchan va moslashuvchan
boʻlishi katta jumboqdir.”
2020 yilgi natijalar 2019 yilning birinchi oʻntaligida biroz
oʻzgarishlarni koʻrsatmoqda. Biroq, 2020 yil natijalaridagi uchta aniq
tendentsiya yuqori darajadagi barcha top mamlakatlar iqtisodiyotiga
xosdir. Ulardan biri – raqamli iste’dodlardan samarali foydalanish, bu esa
texnologik infratuzilmaning mavjudligi va mavjud texnologiyadan
foydalanishning aksidir.
Jamiyatni raqamlashtirish koʻrsatkichlari statistikada oʻz ifodasini
topadi.
Xorijiy tahlilchilarning tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, qayta
ishlanayotgan ma’lumotlarning doimiy oshib borishi va biznesning
uzluksizligi uchun ma’lumotlarga egalik qilish imkoniyatining oʻsib
borishi soʻnggi yillarda ma’lumotlarni saqlash vazifasini diqqat markaziga
qoʻydi. Ushbu holatda yagona yechim boʻlib bajarilayotgan vazifalarga
toʻla mos keladigan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashni tashkil
etishga majmuaviy yondashuv xizmat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3165-sonli “Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi
qarori doirasida davlat statistika
organlarining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini zamonaviy server
va kommunikatsiya uskunalari bilan qayta jihozlashdagi kompleks
yondashuv shakllantirildi.
Axborot-hisoblash tizimining infratuzilmasini takomillashtirishning
asosiy maqsadlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
139
biznes-jarayonlar uzluksizligini ta’minlash va AKT xizmatlarining
ochiqligini oshirish;
ishonchlilikni oshirish;
unumdorlikni oshirish;
xizmat koʻrsatishga ketadigan umumiy harajatlarni kamaytirish;
axborot xavfsizligi darajasini oshirish;
statistik axborotlarning yagona ombori bilan ta’minlash;
ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlash.
Axborot-hisoblash infratuzilmasini takomillashtirish shunday keng
koʻlamli loyihani ifoda etadiki, uning asosida axborotlashtirishni
boshqarish tizimlarining uzoq muddatli taraqqiyotini belgilab beradigan
tashkiliy-texnologik poydevor quriladi. Takomillashtirish loyihasining
asosiy tamoyillari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
1. Lokal yechimlardan integratsiyalashgan jarayonli-yoʻnaltirilgan
amaliy yechimlarga oʻtish;
2. Axborot, hisoblash va tashkiliy resurslarni yagona tizim ostida
birlashtirish,
ularni
davlat
statistika
organlarining
faoliyatini
avtomatlashtirish va axborotlashtirishning muhim yoʻnalishlarida qoʻllash;
3. Ishbilarmonlik jarayonlarini axborot tahminoti funktsiyalarini
amalga oshiradigan rasmiy boʻlmagan (ma’lumotli) tizimlardan ana shu
tizimda saqlanadigan va qayta ishlanadigan ma’lumotlarni qoʻllash
imkoniyatini ta’minlaydigan elektron hisobga olish tizimlariga oʻtish. Bu
ma’lumotlar Davlat statistika qoʻmitasining ichki boshqarish jarayonlarini
tashkil etishda yuridik jihatdan ahamiyatli boʻladi va uning tashqi
kontragentlar (fuqarolar, xususiy, davlat va jamoat tashkilotlari) bilan
oʻzaro aloqasini tahminlaydi. Yagona axborot ta’minoti muhiti va
tizimlararo oʻzaro aloqa qilishning standartlari asosida zamonaviy
jarayonli-yoʻnaltirilgan yondashuvni qoʻllagan holda ishlab chiqiladigan
integrallashgan amaliy yechimlar tomonga avtomatlashtirish vektori
yoʻnaltirilishini anglatadi. Foydalanuvchilarni ta’minlashning dasturiy
mahsulotlari, ishlab chiqish vositalarini, asosiy dasturiy komponentlarni
tanlashga yondashuvni belgilab beradi. Texnik va tashkiliy resurslarni
yagona tizim ostiga birlashtirish tamoyili tashkiliy infratuzilmani
takomillashtirish boʻyicha yechimlar negizida yotadi. Davlat statistika
140
organlari faoliyatiga tadbiq etilayotgan axborot tizimlari printsipial
oʻzgarishlar bilan bogʻliqdir.
Tizimli infratuzilmani takomillashtirish jarayoni quyidagilarni
koʻzda tutadi:
1. Ishchi oʻrinlarida qoʻllaniladigan eskirib qolgan hisoblash
texnikasining asta-sekin oʻzgartirilishi;
2.
Hisoblash
resurslari
va
ma’lumotlar
omborlarini
masshtablashtirish salohiyatiga e’tibor bergan holda ma’lumotlarni qayta
ishlash markazini yangilash;
3.
Amaliy
va
asosiy
dasturiy-texnologik
infratuzilmani
takomillashtirish,
ma’lumotlarni
qayta
ishlash
markazi
texnik
parametrlarini
asta-sekin
kengaytirish.
Asosiy
dasturiy-texnologik
infratuzilmani takomillashtirish quyidagilarni koʻzda tutadi:
1. Ishchi oʻrinlarini qayta jihozlagan sari foydalanuvchilarning ishchi
muhitini almashtirish;
2. Amaliy tizimlarning integratsiyasi uchun tizimlararo oʻzaro aloqa
qilish standartlarini ishlab chiqish;
3. Mavjud boʻlgan lokal tizimlar va ma’lumotlar bazalarining
integratsiyalashgan platformasi sifatida axborot portallari tizimini tadbiq
etish.
Amaliy dasturiy-texnologik infratuzilmani takomillashtirish taktikasi
mavjud boʻlgan amaliy tizimlarni bir vaqtning oʻzida ishbilarmonlik
jarayonlarining qamrovini kengaytirgan va shu bilan bir vaqtda ana shu
tizimlarni integratsiya qilgan holda faoliyat koʻrsatishning yangi
texnologiyalariga koʻchirishdan iboratdir. Ma’lumotlarni qayta ishlash
markazlari (MQIM) – barcha ma’lumotlar, servislar va ilovalar
markazlashgan holda kafolatlangan ishonchlilik, ochiqlilik va ma’lumotlar
xavfsizligi darajasiga ega boʻlgan yagona, yaxlit axborot resursida
saqlanishi va ijro etilishini koʻzda tutadi. MQIM ilovalar servislari
ma’lumotlarining xavfsiz markazlashgan holda qayta ishlanishi, saqlanishi
va taqdim etilishi uchun moʻljallangan hisoblash infratuzilmasini (oʻzaro
bogʻlangan dasturiy va qurilmaviy komponentlar, tashkiliy ishlar) ifoda
etadi.
MQIM ning asosiy vazifalari:
141
ma’lumotlardan samarali foydalangan holda saqlash va qayta
ishlash;
foydalanuvchilarga amaliy xizmatlarni taqdim etish;
amaliy tizimlarning faoliyat koʻrsatishini ta’minlash.
Davlat statistika qoʻmitasining ma’lumotlarni qayta ishlash
markazini avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan qayta jihozlash
axborot hisoblash tizimlari va ma’lumotlarning tartibli boʻlishi hamda
samarali qoʻllanilishini ta’minlaydi. MQIM oʻzgarayotgan va yuzaga
kelayotgan ma’muriy jarayonlar tomonidan keltirib chiqariladigan joriy va
istiqbolli vazifalarning yechilishini ta’minlaydi. Yagona MQIM bazasi
doirasida ma’lumotlarning markazlashuvi ma’lumotlarning xavfsizligi,
ishonchliligi va yaxlitligini ta’minlash borasidagi vazifalarning yechilishini
sezilarli darajada osonlashtiradi. Zamonaviy MQIMlarning xarakterli
xususiyati boʻlib, resurslarni boshqarishning yuqori darajasi va buning
oqibatida ana shu resurslarni maksimal toʻliqligi va ularni qoʻllashning
nazorati xizmat qiladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi yuqori
unumdor
axborot
infratuzilmasini
yaratish
va
ma’lumotlarning
kafolatlangan ishonchlilik, ochiqlilik va xavfsizlik darajasiga ega boʻlgan
yagona, yaxlit axborot resursini ta’minlash uchun moʻljallangan
majmuaviy tashkiliy-texnik yechim hisoblanadi.
2020-yil 1-iyuldagi PQ-4771-sonli “Boʻsh turgan ob’yektlardan
samarali
foydalanishni
tashkil
etish
va
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
keng
joriy
etish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq faoliyat
koʻrsatmayotgan, foydalanilmasdan turgan noturar ob’yektlardan oqilona
va samarali foydalanish hamda ularni tashkilotlarning xoʻjalik faoliyatiga
keng jalb etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini
boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini
ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonalari negizida Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi boʻsh
turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda
uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
hududiy boshqarmalarini tashkil etildi. Shuningdek, mazkur qaror bilan
boʻsh turgan obyektlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Markaz tomonidan
142
avtomatlashtirilgan tizim orqali tegishli davlat organlaridan olinadi hamda
boʻsh turgan obyektlar toʻgʻrisida ma’lumotlar (ob’yekt toʻgʻrisidagi qisqa
ma’lumot, geolokatsiya joylashuvi va boshqalar) Markazning rasmiy veb-
saytida joylashtiriladi va har oyda yangilab boriladi.
Dostları ilə paylaş: |