O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
Umumta’lim maktablarida “Sinf soati” mashg’ulotlarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv-mavzu reja, o‘quv dasturi hamda metodik qo‘llanma (sinf rahbarlari uchun)
Taqrizchilar: Yorbozorov – Toshkent shahar Olmazor tumani 224-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
L.Yaqubova –Toshkent shahar Uchtepa tumani 296-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
D.Tojiyeva – Toshkent shahar Uchtepa tumani 193-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Tushuntirish xati
Eng katta boylik-bu aql zakovat va ilm.
Sharq donishmandlari aytganlaridek, “Eng kata boylik-bu aql zakovat va ilm.”. “Eng katta meros – bu yaxshi tarbiya. “Eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir.”
Shavkat Mirziyoyev
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi
19-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalari sinf rahbari to‘g‘risidagi Nizom” asosida tashkil etiladi.
Mazkur dastur va metodik qo‘llanma yuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.